O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING IQTIDORLI YoShLARNING ChET ELDA TA’LIM OLIShLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASh “UMID” JAMG‘ARMASI HOMIYLARINI SOLIQLARDAN OZOD QILISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash “Umid” jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida” 1997-yil 7-yanvardagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash “Umid” jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasining xayriya jamg‘armalari sirasiga kiritilsin.
2. Belgilansinki, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek jismoniy shaxslarning “Umid” jamg‘armasi dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan mablag‘lari foyda (daromad)ga soliq solish bazasidan chiqarib tashlanadi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 27-iyun,
328-son