08.05.2021 yildagi 292-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati prokuraturasi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun infratuzilma obyektlarini qurish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4936-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Navoiy viloyati hokimligining Navoiy viloyati prokuraturasi maʼmuriy binosini (keyingi oʻrinlarda — maʼmuriy bino) davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va jihozlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maʼmuriy binoni davlat-xususiy sheriklik asosida qurish va jihozlash uchun xususiy sherikni tanlash boʻyicha Bosh prokuratura, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Navoiy viloyati hokimligi va Navoiy viloyati prokuraturasi vakillaridan iborat ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bosh prokuraturaga ishchi guruh xulosasi asosida maʼmuriy binoni qurish va jihozlash uchun tender oʻtkazmasdan, toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish orqali xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tuzishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish doirasida Navoiy viloyati prokuraturasiga tegishli Navoiy viloyati, Navoiy shahri, “Yoshlik” MFY hududidagi 3,5 gektar yer uchastkasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 gektarida xususiy sherik tomonidan maʼmuriy bino quriladi (jihozlanadi) va davlat sherigi — Bosh prokuraturaga davlat mulki sifatida bepul topshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2,5 gektari maʼmuriy bino qurilib (jihozlanib), belgilangan tartibda topshirilgandan soʻng xususiy sherikka doimiy foydalanish huquqi bilan bepul ajratib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Navoiy viloyati hokimligi va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida loyiha konsepsiyasi va davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi maʼmuriy binoning loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Navoiy viloyati hokimi Q.B. Tursunov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 8-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
292-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2021-y., 09/21/292/0442-son)