Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.12.1996 yildagi 432-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIShLOQ XOʻJALIGIGA IShLAB ChIQARISh-TEXNIKA XIZMATI KOʻRSATISh SOHASIDA ShARTNOMA MUNOSABATLARINI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish-texnika xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish, traktorlar, mashinalar va mexanizmlarning mavjud parkidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining respublikaning barcha tumanlarida 1-ilovaga* muvofiq mashina-traktor parklarini tashkil etishni asosan 1997-yilda tugallash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari mashina-traktor parklari tashkil etish boʻyicha ishlarni tashkil qilish va ularga berilgan texnika vositalaridan yuqori unum bilan foydalanish uchun shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari mashina-traktor parklarida birinchi navbatda haydov traktorlari va pluglarni, gʻalla, sholi va yem-xashak oʻrish-yigʻish kombaynlarini, ularni xoʻjaliklardan shartnoma narxlarida sotib olgan yoki uzoq muddatli ijaraga olgan holda jamlasinlar, bunda sotib olinayotgan texnikaning resursiga, texnik holatiga va ish unumiga alohida eʼtiborni qaratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi olinadigan barcha yangi traktorlar, gʻalla oʻrish kombaynlari va paxta terish mashinalarini butlash uchun mashina-traktor parklariga yuborsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yilda sotib olinadigan 400 ta “Magnum–7240” traktori va 200 ta “Keys” kombayni mashina-traktor parklari boʻyicha 2-ilovaga* muvofiq taqsimlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Texnikani tayyorlash, ehtiyot qismlar va tuzatish materiallari yetkazib berishga doir vazifalarni operativ hal etish uchun tumanlarda “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasining tuman boʻlinmalari va ularning tarkibiy tuzilmalari negizida aksionerlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlarining qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish texnika xizmati koʻrsatish boʻyicha uyushmalarini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. Shu sababli “Oʻztexchorvaservis” respublika birlashmasi va viloyatlardagi tegishli xizmatlar tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1997-yilda yangidan tashkil etiladigan mashina-traktor parklariga zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi, shuningdek ularga ehtiyot qismlar sotib olish va ularni yangilash uchun zarur aylanma mablagʻlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 1995-1996-yillarda mashina-traktor parklarining toʻplangan ish tajribasini hisobga olib Mashina-traktor parklarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisidagi Nizomga va Mexanizatsiyalashtirilgan ishlar bajarilganligi uchun xoʻjaliklar bilan hisob-kitob qilish Tartibiga bir oy muddatda aniqliklar va oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va Moliya vazirligi Dehqonchilik sanoati majmuini lizing asosida mashinasozlik mahsulotlari bilan taʼminlash tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi mashina-traktor parklari xoʻjaliklarga shartnoma narxlarida xizmatlar koʻrsatajagini oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarga maʼlum qilsinlar. Iqtisodiy jihatdan asoslanmagan (monopol) narxlar (xizmatlarga tariflar) qoʻllanilgan taqdirda ularga nisbatan raqobat va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-maydagi 152-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 23-son, 302-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qishloq xoʻjaligi korxonalari, fermer xoʻjaliklari va boshqa xoʻjaliklarning rahbarlariga mashina-traktor parklariga ishga oʻtgan mexanizatorlar va boshqa xodimlarga tomorqa uchastkasi, yaylovlardan foydalanish, kommunal xizmatlar, mazkur xoʻjalikda bajarilgan ishlar hisobiga naturada haq toʻlash boʻyicha imtiyozlarni saqlab qolish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi “Keys-korporeyshn” korporatsiyasi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda ushbu korporatsiyaning hamda traktorlar va qishloq xoʻjaligi mashinalari yetkazib beruvchi boshqa xorijiy firmalarning qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmati koʻrsatish boʻyicha texnik markazlar tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-martdagi 95-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Q.Gʻ. Obidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 6 dekarb,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
432-son