Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2024 20.04.2021 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellyatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirishlar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, jinoyat ishlarini apellyatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish sud protsessi ishtirokchilarining qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlari ustidan shikoyat berishga boʻlgan huquqini kafolatlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) 4972-moddasiga muvofiq, apellyatsiya tartibida ish yuritish mahkum, oqlangan shaxs, uning himoyachisi, qonuniy vakili, jabrlanuvchi, uning vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ular vakillarining shikoyati, shuningdek, prokuror va uning oʻrinbosari protesti boʻyicha qoʻzgʻatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya tartibida ish yuritish JPK 4972-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq, hukmning oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga daxldor qismi ustidan shikoyat berish huquqiga ega boshqa shaxslar tomonidan ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Ular jumlasiga qonunda belgilangan tartibda protsessning u yoki bu ishtirokchisi sifatida eʼtirof etilmagan, biroq oʻzining haqiqiy holatiga koʻra, sud himoyasiga muhtoj boʻlgan shaxslar (garov beruvchi, mulki xatlangan shaxs va boshqalar) kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan birinchi instansiya sudi shikoyat (protest)ni qabul qilish paytida apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning bunday huquqqa egaligini tekshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonunga koʻra, apellyatsiya shikoyati (protesti) hukm chiqargan sud orqali beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudi hukmi ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran yigirma sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa, ularga hukm nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran shunday muddat ichida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bevosita apellyatsiya instansiyasi sudiga berilgan shikoyat (protest) JPK 4976-moddasi talablarini bajarish uchun hukm chiqargan sudga yuborilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir apellyatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan holda roʻyxatga olinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud tomonidan JPK 4975-moddasi birinchi qismiga muvofiq, koʻrib chiqiladi va bu haqda ajrim chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan JPK 49711-moddasi birinchi qismiga koʻra, yigirma kun ichida xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berilganda, apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) asosli deb topsa, birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilib, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklaydi va ishni apellyatsiya shikoyati, protesti (xususiy shikoyat yoki xususiy protest) boʻyicha mazmunan koʻradi. Bunda koʻrsatilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ajrim eʼlon qilingandan soʻng apellyatsiya instansiyasi sudining majlisi JPK 4976-moddasi ikkinchi qismi talablarini bajarish uchun keyinga qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda apellyatsiya tartibida ish yuritish predmeti boʻyicha muayyan istisnolar belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, protsess ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga, shuningdek, sud majlisi zalida tartib saqlashga oid ajrimlar ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin emas. Ushbu ajrimlar boʻyicha eʼtirozlar apellyatsiya shikoyati (protesti)ga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukm chiqarilgandan soʻng qabul qilingan amnistiya aktini tatbiq etish, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash masalalari yuzasidan, shuningdek, mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud boʻlib, keyingi hukmni chiqargan sud bundan bexabar boʻlgan va h.k. hollarda berilgan shikoyat (protest), agar unda ayni bir paytda jinoyat ishining mazmuni yoki hukm (ajrim)ning qonuniyligi va asosliligi boʻyicha boshqa masalalar qoʻyilgan boʻlmasa, apellyatsiya tartibida alohida koʻrilmaydi. Bu masalalar birinchi instansiya sudi tomonidan JPK 540-moddasi va 541-moddasi birinchi qismi qoidalariga muvofiq hal etiladi. Bunday masalalar yuzasidan chiqarilgan sud ajrimi ustidan umumiy asoslarda xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. JPK 4978-moddasida apellyatsiya shikoyati (protesti)ning mazmuni yuzasidan muayyan talablar belgilanganligi tufayli, birinchi instansiya sudi shikoyat (protest) beruvchi shaxs tomonidan ularga rioya etilganligini tekshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shikoyat (protest)ning mazmuni qonun talablariga javob bermasa va bu keyinchalik ishni mazmunan koʻrishga toʻsqinlik qilsa, sudya uch kunlik muddat ichida ajrim bilan uni bergan shaxsga qaytaradi. Bunday holda shikoyat (protest) qayta rasmiylashtirish uchun JPK 4977-moddasida belgilangan doirada muddat belgilanadi. Mazkur muddat shikoyat (protest)ni uni bergan shaxsga qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim topshirilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat (protest), jumladan, unda quyidagilar boʻlmasa qaytarilishi mumkin, yaʼni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) shikoyat (protest) yoʻllanayotgan sudning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) shikoyat bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, yashash joyi yoki turish manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) hukmni chiqargan sudning nomi, sud ishining raqami, hukm chiqarilgan sana, shikoyat berilayotgan va protest bildirilayotgan hukm kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(6-bandning uchinchi xatboshisi 3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) shikoyat (protest) bergan shaxsning vajlari, uning fikriga koʻra, hukm yoki boshqa qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi hamda iltimosining mohiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) shikoyat (protest) bergan shaxs oʻz talablarini asoslayotgan, shu jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) yangidan taqdim etilayotgan dalillar va ularning birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligi sabablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) shikoyat (protest) berilgan sana hamda shikoyat (protest) berayotgan shaxsning imzosi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shikoyat (protest) bergan shaxs sud tomonidan belgilangan muddatda ajrimda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etsa, shikoyat (protest) sudga dastlab taqdim etilgan kundan boshlab berilgan hisoblanadi. Sud koʻrsatmalaridan biri bajarilmagan holda shikoyat (protest) berilmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, qonun apellyatsiya shikoyati berish huquqini amalga oshirish muddatini mahkum, oqlangan shaxs va jabrlanuvchiga hukm nusxasini topshirish fakti bilan bogʻlaydi. Shu munosabat bilan ishdagi materiallar (masalan, sud majlisi bayonnomasi) bilan tanishgandan soʻng “asosiy” shikoyat (protest) taqdim etilishini koʻrsatib, “dastlabki” apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi qonunda nazarda tutilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jinoyat protsessi ishtirokchisining oʻz shikoyati (protesti)ga oʻzgartirish kiritish huquqi apellyatsiya instansiyasi sudi majlisi boshlangunga qadar amalga oshirilishi mumkin. Biroq, JPK 4979-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, apellyatsiya shikoyati (protesti) vajlarini mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan tomonga faqat sud qarori ustidan shikoyat (protest) berish uchun belgilangan muddatda oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JPK 4974-moddasida belgilangan muddatlar oʻtgandan soʻng berilgan, mahkumning ahvolini ogʻirlashtirishga qaratilgan talablar apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrib chiqilmaydi, shu jumladan, oʻtkazib yuborilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddati tiklangandan soʻng berilgan bunday talablar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. JPK 49710-moddasiga muvofiq, apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs oʻz shikoyati (protesti)ni, mahkum esa, himoyachisi bergan shikoyatni ham qaytarib olish huquqiga ega. Protestni qaytarib olish huquqi yuqori turuvchi prokurorga ham tegishli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun mazmuniga koʻra, apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirgunga qadar qaytarib olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya shikoyati (protesti)ning qaytarib olinishi, agar ish boʻyicha boshqa protsess ishtirokchilari tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻlmasa, apellyatsiya tartibida ish yuritish tugatilishiga olib keladi. Bunday holda sud apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olgan shaxsga nisbatan apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi va boshqa shaxslarga nisbatan davom ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilgunga qadar apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olayotgan shaxsga apellyatsiya tartibida ish yuritish tugatilishi apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan takroran murojaat qilishga toʻsqinlik qilishini tushuntirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, JPK 4977-moddasi ikkinchi qismi talablarining bajarilishi protsess ishtirokchilari huquqlarining taʼminlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan apellyatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida koʻrishga tayyorlash paytida quyidagilarni tekshirishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkum (oqlangan shaxs)ga, jabrlanuvchiga birinchi instansiya sudi qarorlari nusxasining topshirilganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
protsess ishtirokchilariga apellyatsiya shikoyati (protesti), shuningdek, qoʻshimcha materiallar kelib tushganligi toʻgʻrisida xabar berilganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan protsess ishtirokchilari tanishtirilganligi hamda ularga ushbu hujjatlar nusxasi topshirilganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻgʻrisida JPK 4972-moddasida koʻrsatilgan shaxslar xabardor qilinganligini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya instansiyasi sudi sud qarorining ishda taraf boʻlmagan shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi yuzasidan apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan kelib tushgan ishni koʻrishga tayyorlash paytida quyidagilarni tekshirishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga sud qarori nusxasi topshirilganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga shikoyat (protest) berilganligi toʻgʻrisida xabar berilganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelib tushgan shikoyat (protest) nusxasi unga berilganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etish huquqi tushuntirilganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻgʻrisida unga xabar qilinganligini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu talablar bajarilmaganligi aniqlangan va ularni oʻzi amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlmagan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi ishni qayta rasmiylashtirish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga haqli. Birinchi instansiya sudi tomonidan ishni qayta rasmiylashtirish JPK 4977-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan va apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashish istagini bildirgan mahkumning unda ishtirok etishini taʼminlash ushbu sudning majburiyati hisoblanadi. Shuning uchun jinoyat ishi kelib tushganidan keyin mahkum apellyatsiya instansiyasi sudida ishtirok etish istagini bildirgan yoki bildirmaganligini aniqlash va natijasiga qarab, uni sud majlisiga olib kelish boʻyicha choralar koʻrish yoki videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali sud majlisida ishtirok etishi huquqini taʼminlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻllanilgan ehtiyot chorasi turidan qatʼiy nazar, mahkumning apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashish huquqidan mahrum etilishi jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi deb baholanadi va apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimi yoki hukmining bekor boʻlishiga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. JPK 49716-moddasi birinchi qismida apellyatsiya sudi majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan taraflar nazarda tutilgan. Shu sababli apellyatsiya instansiyasi sudi har bir ish boʻyicha ularni sud majlisi joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida oldindan xabardor etish choralarini koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror yoki himoyachi sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda jinoyat ishini koʻrib chiqish keyinga qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etish huquqiga ega jinoyat protsessi ishtirokchilari doirasi qonunda belgilangan (JPK 49715-moddasi birinchi qismi 2-bandi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya instansiyasi sudida ishning koʻrilish joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning sud majlisiga kelmasligi jinoyat ishini koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi, sud majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan shaxslar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Apellyatsiya instansiyasi sudi xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflarga oʻz protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratib berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JPK 49717-moddasi birinchi qismiga muvofiq, apellyatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishi birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha, JPK 552-bobida nazarda tutilgan qoidalar inobatga olingan holda, koʻriladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. JPK 49725-moddasiga muvofiq, sud jinoyat ishini apellyatsiya tartibida koʻrishda apellyatsiya shikoyati, protesti vajlari bilan chegaralanmasdan, sud qarorlari qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini barcha mahkumlarga, shu jumladan, apellyatsiya shikoyati bermagan shaxslarga yoki oʻziga nisbatan shikoyat, protest berilmagan mahkumlarga nisbatan ham toʻla hajmda tekshiradi. Biroq, agar bu mahkum (oqlangan shaxs) ahvolining ogʻirlashuviga olib kelsa, prokuror protesti yoki jabrlanuvchining, uning vakilining shikoyati boʻlmagan hollarda, sud shikoyat (protest)da keltirilgan vajlar doirasidan chetga chiqishga, shuningdek, apellyatsiya shikoyati bermagan mahkumlar (oqlangan shaxslar)ga nisbatan ishni koʻrishga haqli emas (JPK 49729-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar birinchi instansiya sudi tomonidan sud tergovining toʻliq emasligiga yoki bir yoqlamaligiga yoxud protsessual buzilishlarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi toʻliq yoki qisman sud tergovini oʻtkazish yoʻli bilan boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish, protsessual buzilishlarni bartaraf etish choralarini koʻradi. Shu maqsadda apellyatsiya instansiyasi sudi ish holatlari toʻla, har tomonlama va xolisona tekshirib chiqilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan, JPK 49725-moddasi uchinchi qismi 1 — 7-bandlarida nazarda tutilgan harakatlarni bajarishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya instansiyasi sudi taraflarning iltimosnomalarini (yangi guvohlarni soʻroq qilish, ekspertizalar oʻtkazish, ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish va boshqalar haqida), ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas. Zarur hollarda sud qoʻshimcha dalillarni talab qilib olishda tashabbus koʻrsatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JPK 49725-moddasiga muvofiq, qoʻshimcha materiallar sud tomonidan tergov organlariga muayyan tergov harakatlarini oʻtkazish toʻgʻrisida topshiriq berish yoʻli bilan ham olinishi mumkin. Bu haqda apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi, ishning muhokamasi esa keyinga qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillarni ham, apellyatsiya instansiyasi sudiga taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki u tomonidan talab qilib olingan va tekshirib chiqilgan yangi dalillarni ham eʼtiborga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Apellyatsiya shikoyatida (protestida) protsess ishtirokchilarining sud majlisi bayonnomasida qayd etilgan koʻrsatuvlari ularning birinchi instansiya sudida aslida bergan koʻrsatuvlariga mos emasligi toʻgʻrisida keltirilgan vajlar bu shaxslarni apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida soʻroq qilish yoʻli bilan tekshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Apellyatsiya instansiyasi sudida taraflar muzokaralari JPK 449-moddasi qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi, biroq bunda shikoyat (protest) bergan shaxs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish boʻyicha bir necha apellyatsiya shikoyati (protesti) mavjud boʻlganda, birinchi boʻlib ayblov tarafiga tegishli protsess ishtirokchilari soʻzga chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qonunga koʻra, apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etayotgan mahkumga oxirgi soʻz berilmasligi jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi sanaladi va apellyatsiya hukmi yoki ajrimining bekor boʻlishiga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. JPK 49729-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, apellyatsiya instansiyasi sudi jazoni kuchaytirishga, shuningdek, unga eʼlon qilingan ayblov doirasida ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllashga faqat shu asoslarga koʻra jabrlanuvchi yoki uning vakili tomonidan shikoyat berilgan yoxud prokuror tomonidan protest bildirilgan hollardagina haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya instansiyasi sudi faqat prokuror tomonidan protest bildirilgan, jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilgan hollardagina oqlov hukmini bekor qilib, ayblov hukmi chiqarishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ishni koʻrish vaqtida sudlanuvchining unga ilgari ayblov qoʻyilmagan jinoyatni sodir etganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, apellyatsiya instansiyasi sudi yangi ayblov boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi (JPK 416-moddasi birinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ishni koʻrish vaqtida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi (JPK 417-moddasi birinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jinoyat ishini apellyatsiya tartibida koʻrish chogʻida JPK 416-moddasi ikkinchi — beshinchi qismlarida, JPK 417-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlansa, sud prokurorning, jabrlanuvchining, uning vakilining, mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining iltimosnomasiga koʻra, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa shaxsni ish boʻyicha ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida ajrim chiqaradi va uning ijrosini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro muddatini bir oygacha doirada koʻrsatgan holda topshiradi. Bunda koʻrilayotgan jinoyat ishi sudning ish yurituvida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday iltimosnoma kiritilmagan, sudning ajrimi JPK 416, 417-moddalarida belgilangan muddatda bajarilmagan, prokurorning ayblovga qoʻshimcha kiritish yoki yangi shaxsni ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun jalb etish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi xulosasi kelib tushgan holda, apellyatsiya instansiyasi sudi sud muhokamasini eʼlon qilingan ayblov doirasida va jinoyat ishida mavjud boʻlgan dalillar asosida davom ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkumga yangi ayblovning qoʻyilishi yoki yangi shaxs ayblanuvchi sifatida ishda ishtirok etish uchun jalb etilishi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ayblov hukmi bekor qilinishiga va ish birinchi instansiya sudiga yangidan koʻrish uchun yuborilishiga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qandaydir sababga koʻra, ayrim mahkumlarga nisbatan qonunda belgilangan muddatda berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) boshqa mahkumlarga nisbatan ish koʻrilgandan soʻng kelib tushsa yoki oʻtkazib yuborilgan muddat JPK 4975-moddasi tartibida tiklansa yoxud mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellyatsiya shikoyati shu mahkumga nisbatan protsessning boshqa ishtirokchisi tomonidan berilgan shikoyat (protest) koʻrilgandan soʻng kelib tushsa, apellyatsiya instansiyasi sudi JPK 49735-moddasida belgilangan qoidalarga rioya qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Apellyatsiya instansiyasi sudi, agar chiqarilgan hukm JPK 455-moddasi talablariga muvofiq ekanligini aniqlasa, uni oʻzgarishsiz qoldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukmni oʻzgarishsiz qoldirganda apellyatsiya instansiyasi sudi quyidagilarga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JPK 533-moddasi birinchi qismi 3-bandida koʻrsatilgan asos mavjud boʻlganda, hukmning ijrosini kechiktirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amnistiya aktini qoʻllashga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. JPK 49719-moddasida hukm bekor qilinishi va oʻzgartirilishi uchun bir xil asoslar belgilangan boʻlib, apellyatsiya instansiyasi sudi, ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda, bu asoslarni u yoki bu tarzda qoʻllashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukm quyidagi hollarda oʻzgartirilishi shart, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tergovi toʻliq boʻlmasa yoki bir yoqlama olib borilgan boʻlib, biroq yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar toʻldirilganidan soʻng apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat kvalifikatsiyasini oʻzgartirish zarurligi haqida xulosaga kelsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukmda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq boʻlmay, biroq apellyatsiya instansiyasi sudi ularga mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmagan holda tegishli baho bera olsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish boʻyicha JPK normalari buzilgan boʻlib, biroq ularning apellyatsiya instansiyasida bartaraf etilishi hukmni bekor qilishni talab etmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) normalari notoʻgʻri qoʻllanilgan boʻlib, biroq apellyatsiya instansiyasi sudi bu xatoni mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmagan holda tuzatishi mumkin boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellyatsiya instansiyasi sudi tayinlangan jazo yengillashtirilishi lozim deb hisoblasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Apellyatsiya instansiyasi sudi hukmni oʻzgartirish uchun asoslar mavjud boʻlganda quyidagilarga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qilmishni JK boshqa moddasiga (bir necha moddalariga) qayta kvalifikatsiya qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukmdan ayblovning bir qismini (ayrim epizodlarini) yoki mahkumning javobgarligini ogʻirlashtiruvchi belgilarni chiqarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukmdan jinoyatlarning ideal majmui tariqasida qilmishni notoʻgʻri baholash tufayli ortiqcha eʼlon qilingan JK moddasini chiqarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JK 70 — 72-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, mahkumni jazodan ozod qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazo miqdorini oʻzgartirishga va JK Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida boshqa yengilroq yoxud JK 57-moddasini qoʻllagan holda jazo tayinlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmagan holda JK 59 yoki 60-moddasini qoʻllab, jazo miqdorini oʻzgartirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat natijasida yetkazilgan zarar, shuningdek, maʼnaviy ziyonning kompensatsiyasi miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirishga, shuningdek, ushbu masala birinchi instansiya sudi tomonidan hal etilmagan hollarda, bunday zararni qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishga yoki hukmdan uni oʻta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qarorni chiqarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumga nisbatan jazoni ijro etish koloniyasining boshqa, shu jumladan, qattiqroq turini belgilashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ashyoviy dalillar, protsessual chiqimlar toʻgʻrisidagi masalalarni va boshqa masalalarni hal etishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Asosiy jazo yengillashtirilganda, shu jumladan, JK 57-moddasi qoʻllanilganda ham, apellyatsiya instansiyasi sudi hukmning qoʻshimcha jazo tayinlash haqidagi qismini oʻzgarishsiz qoldirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. JPK 49729-moddasi birinchi va ikkinchi qismlari talablariga rioya etgan holda mahkumning qilmishini JK bir moddasidan ikki va undan ortiq moddalariga qayta kvalifikatsiya qilganda, apellyatsiya instansiyasi sudi hukmga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi va JK 59-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq jazo tayinlashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar JK bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi shart boʻlgan ikki yoki undan ortiq qilmish JK bir necha moddasi bilan notoʻgʻri kvalifikatsiya qilingan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi ushbu qilmishlarni JK tegishli moddasiga qayta kvalifikatsiya qilib, shu modda boʻyicha yangi jazo belgilashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Birinchi instansiya sudi tomonidan jazolarni qoplash prinsipi (JK 59-moddasi ikkinchi qismi) notoʻgʻri qoʻllanilganligi aniqlanganda, apellyatsiya instansiyasi sudi jazolarni qoʻshish prinsipiga oʻtishi mumkin. Bunda yangi jazo hukm boʻyicha tayinlangan uzil-kesil jazo miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Boshqa epizodlar bilan umumiy kvalifikatsiya qilingan bir yoki bir necha epizod (masalan, bir necha marta pora olganlik) boʻyicha ish holatlari toʻliq tekshirilmagan deb topilganda, agar yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻldirish uchun imkoniyat boʻlmasa, apellyatsiya instansiyasi sudi hukmni oʻzgartirib, ularni hukmdan chiqarishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mahkum JK turli moddalari boʻyicha kvalifikatsiya qilingan bir necha jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi hukmning bir yoki bir necha jinoyatga oid qismini oʻzgartirib, oʻsha mahkumga nisbatan hukmning qolgan qismini oʻzgarishsiz qoldirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Jinoyat-protsessual qonuni normalarining hukm soʻzsiz bekor qilinishiga sabab boʻladigan darajada jiddiy buzilishi tushunchasi JPK 49722-moddasida koʻrsatilgan. Bunday qonun buzilishini aniqlaganda, apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishi kimning shikoyati (protesti)ga koʻra koʻrilayotganligidan qatʼiy nazar, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi daxl etgan barcha mahkumlarga nisbatan hukmni bekor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish lozimki, jinoyat-protsessual qonuni normalari jiddiy buzilganligining aniqlanishi apellyatsiya instansiyasi sudini shikoyat, protestda keltirilgan boshqa vajlarni ham (ayblovning isbotlanganligi, kvalifikatsiyaning toʻgʻriligi, jazoning adolatliligi toʻgʻrisida va h.k.) mazmunan koʻrib chiqish va ular boʻyicha ajrimda tegishli xulosa chiqarish majburiyatidan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat ishi boʻyicha yoʻl qoʻyilgan jinoyat-protsessual qonuni jiddiy buzilishi hollari apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan hukm bekor qilinib, yangi hukm, shu jumladan, ayblov yoki oqlov hukmi chiqarilishiga yoki ishning JPK 84-moddasiga muvofiq tugatilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etishni nazarda tutuvchi amnistiya aktiga zid ravishda yoki jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtgandan soʻng jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hollarda, hukm, garchi unda mahkum jazodan ozod qilingan boʻlsa-da, bekor qilinib, ish tugatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar apellyatsiya instansiyasi sudi mahkumning harakatlarini JK boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish kerakligi toʻgʻrisida xulosaga kelsa va bu modda shaxsni jazodan ozod etishni nazarda tutuvchi yoki jazo qoʻllanilishini istisno etuvchi amnistiya akti taʼsiri doirasiga tushsa, apellyatsiya instansiyasi birinchi instansiya sudi qabul qilishi shart boʻlgan qaror chiqarishi kerak. Mahkumning harakatlari JK boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilinib, bu modda boʻyicha shaxs JPK 463-moddasi ikkinchi qismi 2-bandi hamda uchinchi qismi 2 va 5-bandlariga koʻra, jazodan ozod qilinishi lozim boʻlgan yoki unga nisbatan jazo tayinlanishi istisno etilgan hollarda ham shunday qaror qabul qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Agar amnistiya akti birinchi instansiya sudi tomonidan qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan mahkumga nisbatan qoʻllanilgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi, jabrlanuvchi yoki uning vakilining shikoyati yoki prokuror protesti boʻlgan taqdirda, hukmni bekor qiladi va yangi hukm chiqarish orqali amnistiya aktini qoʻllamagan holda yangi jazo tayinlaydi (JPK 49729-moddasi birinchi va ikkinchi qismlari). Agar apellyatsiya instansiyasi sudi amnistiya akti qoʻllanilgan holda hukmda tayinlangan jazo amnistiya akti qoʻllanilmagan holda ham mahkum uchun yetarli deb topsa, u hukmdan amnistiya aktini qoʻllash haqidagi xulosa va qarorni chiqarib, hukmda amnistiya akti qoʻllanilgan holda tayinlangan jazoni qoldirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Apellyatsiya instansiyasi sudi mahkumga nisbatan unga eʼlon qilingan ayblov doirasida jabrlanuvchi, uning vakili shikoyatida yoki prokuror protestida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha jazoni kuchaytirish yoki ogʻirroq jinoyatga oid qonunni qoʻllash lozimligi toʻgʻrisida xulosaga kelsa, birinchi instansiya sudi hukmini bekor qiladi va yangi ayblov hukmi chiqaradi. Masalan, shikoyat (protest)da faqat mahkumning harakatlari notoʻgʻri kvalifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilgan boʻlsa, sud hukmni jazoning yengilligi sababli bekor qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzga mahkumlar yoki ular himoyachilarining ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash zarurligi yoki jazoning yengilligi toʻgʻrisidagi shikoyatlari hukmni mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga bekor qilish uchun sabab boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Apellyatsiya instansiyasi sudi hukmni bekor qilish uchun asoslar mavjud boʻlganda quyidagilarga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmi chiqarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmi chiqarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmi chiqarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini tugatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) JPK 416-moddasi oʻn ikkinchi qismida yoki 417-moddasi yettinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlanganda, ayblov hukmini bekor qilish va ishni birinchi instansiya sudiga yuborishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning 1 — 3-kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya hukmini chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Jinoyat-protsessual qonuni mazmuniga koʻra, ishni xususiy shikoyat (protest) boʻyicha koʻrganda apellyatsiya instansiyasi sudi quyidagilarga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) birinchi instansiya sudi ajrimini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni (protestni) esa, qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilish va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilish va ishni umumiy asoslarda dastlabki tergov oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilish va amnistiya aktini qoʻllashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilish va ishni tugatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) birinchi instansiya sudi xususiy ajrimini bekor qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) birinchi instansiya sudi ajrimini oʻzgartirishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya instansiyasi sudining xususiy shikoyat (protest) boʻyicha chiqargan ajrimi uzil-kesil hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, oqlov hukmining oqlov asoslariga doir qismi faqat oqlangan shaxs, uning himoyachisi, qonuniy vakilining shikoyatiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin (JPK 49730-moddasi ikkinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oqlov hukmi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan, faqat, shaxsning asossiz oqlanganligi toʻgʻrisida jabrlanuvchi (uning vakili)ning shikoyati yoki prokurorning protesti boʻlgan holda bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim oqlangan shaxslarga nisbatan shikoyat (protest) berilishi boshqa oqlangan shaxslarga nisbatan hukmning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Agar mahkum oʻzi yoki protsessning boshqa ishtirokchilari tomonidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgandan soʻng, biroq ish apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrilgunga qadar vafot etsa, ish yuritish umumiy asoslarda davom ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Marhumni reabilitatsiya qilish uchun asoslar boʻlgan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi ayblov hukmini bekor qilib, oqlov hukmi chiqaradi, boshqa hollarda esa, hukmni bekor qilib, ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishini JPK 84-moddasi birinchi qismi 3-bandiga muvofiq tugatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar marhumning yaqin qarindoshlaridan birortasi jinoyat ishi JPK 84-moddasi birinchi qismi 3-bandiga asosan tugatilishiga eʼtiroz bildirsa, jinoyat ishini yuritish umumiy tartibda olib boriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish tugatilganda ashyoviy dalillar taqdiri haqidagi masala JPK 211-moddasiga muvofiq, ularning tegishliligi toʻgʻrisida nizo kelib chiqqanda esa — fuqarolik ish yurituv tartibida koʻrilishi mumkin. Marhumning harakatlari bilan yetkazilgan zararni undirish masalasi ham jabrlanuvchi yoki prokuror tomonidan marhumning vorislariga yoki uning mulkini boshqarish huquqini oʻziga olgan shaxsga nisbatan qoʻzgʻatilgan daʼvo boʻyicha fuqarolik ish yurituv tartibida koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi va ajrimi JPK 49731-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi, jumladan, unda apellyatsiya shikoyati (protesti)da keltirilgan har bir vaj muhokama etilib, uning asosliligi yoki asossizligi yuzasidan xulosalar bayon etilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi u eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va birinchi instansiya sudi tomonidan ish apellyatsiya instansiyasi sudidan kelib tushgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida ijroga qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. JPK 298-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov yuritilgan yoki sud muhokamasi vaqtida qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilganligini aniqlagan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan tegishli organ yoki mansabdor shaxsning eʼtiborini bunga jalb etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud qarori oʻzgarishsiz qoldirilganda, apellyatsiya instansiyasi sudi uning qonuniyligi va asosliligini shubha ostiga oluvchi xususiy ajrim chiqarishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Odil sudlov sifatini oshirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlarga ishlarning apellyatsiya instansiyasida sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona koʻrib chiqilishi uchun qonunda berilgan barcha imkoniyatlardan foydalanish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida” 2018-yil 24-avgustdagi 25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 20-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-son