Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Baxshichilik sanʼatini respublika va xalqaro miqyosida keng targʻib etish, Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini respublikaning boshqa hududlarida tashkil etishga imkoniyat yaratish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida mavjud oʻziga xos ijro uslublari asosida ijodiy maktablarni “ustoz-shogird” anʼanalari asosida qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-aprel,
228-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-apreldagi 228-son qaroriga
ILOVAXalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Festival har ikki yilda bir marta Tashkiliy qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda belgilangan hududda va muddatda oʻtkaziladi”.
2. 5-bandning yettinchi xatboshisidagi “Surxondaryo sanʼat saroyi” davlat muassasasida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. 12-bandning uchinchi xatboshisidagi “Surxondaryo viloyati” soʻzlari “Festival oʻtkazilishi belgilangan hududning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 09/21/228/0363-son)