Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2020-yil 24-noyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan quyidagi xalqaro shartnomalar:
2012-yil 5-sentabr kuni imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumati oʻrtasida Buyuk Britaniyaning Afgʻoniston Islom Respublikasi xavfsizligini taʼminlash, uni barqarorlashtirish va qayta tiklash boʻyicha saʼy-harakatlardagi ishtiroki munosabati bilan Afgʻoniston Islom Respublikasidan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib ketiladigan yuklarning quruqlikdagi tranzitini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasini majburiy tartibda jalb qilgan holda amalga oshirish toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma;
2012-yil 5-sentabr kuni imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumati oʻrtasida Buyuk Britaniyaning Afgʻoniston Islom Respublikasi xavfsizligini taʼminlash, uni barqarorlashtirish va qayta tiklash boʻyicha saʼy-harakatlardagi ishtiroki munosabati bilan motorli zirhlangan (qurol-aslaha bilan jihozlanmagan) transport vositalarining Afgʻoniston Islom Respublikasidan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin ularning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-aprel,
PQ-5080-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 07/21/5080/0359-son)