Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 28.09.1995 yildagi 379-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA AHOLISINI QISHLOQ XOʻJALIGI HAYVONLARIDA UCHRAYDIGAN YUQUMLI KASALLIKLARDAN MUHOFAZA QILISH HAMDA GOʻSHT VA SUT MAHSULOTLARINI YETKAZIB BERISH VA SOTISH CHOGʻIDA VETERINARIYA-SANITARIYA TALABLARIGA RIOYA ETISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika aholisini qishloq xoʻjaligi hayvonlarida uchraydigan yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish, mol soʻyish, sut va sut mahsulotlari tayyorlash va sotishni tashkil etishda veterinariya-sanitariya qoidalariga qatiy rioya qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbeksavdo”, “Oʻzgoʻshtsutsanoat”, “Oʻztayyorlovsavdo” uyushmalari va ularning boʻlinmalari, qayta ishlovchi korxonalar, fuqarolar yigʻini raislari:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar va fermerlarning mollari sanitariya talablariga toʻliq javob beradigan va mol soʻyish uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan mol soʻyish korxonalari yoki sexlarida soʻyilishini tashkil etishni taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
goʻsht veterinariya-sanitariya ekspertizasi oʻtkazilgandan keyingina soʻyilgan mol tanasiga maxsus muhr bosilgan holda korxonalarga va boshqa tashkilotlarga berilishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjaliklarda sogʻilgan, fermerlar va fuqarolar tomonidan sogʻib olingan sutni sut zavodlarida yoki sut qabul qilish punktlarida majburiy termik ishlovdan oʻtkazsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sut savdo korxonalariga, maxsus isteʼmolchilarga va boshqa tashkilotlarga sifati toʻgʻrisida guvohnoma mavjud boʻlgan taqdirdagina yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi barcha ishlab turgan va yangidan tashkil etilayotgan qushxonalarning ishlashi hamda mollar sanitariya talablariga toʻliq javob beradigan qushxonalarda soʻyilishiga maxsus ruxsatnoma berilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 20-oktabrdan boshlab barcha dehqon bozorlarida, shahar va qishloq doʻkonlarida majburiy tartibda veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtgan, soʻyilgan mol tanasiga maxsus muhr bosilgan goʻsht sotilishi taʼminlansin. Oldindan veterinariya koʻrigidan oʻtkazilmagan goʻsht sotilishi qatʼiyan taqiqlansin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi veterinariya-sanitariya qoidalarini buzishga yoʻl qoʻyayotgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz hududlarida joylashgan barcha goʻsht va sut doʻkonlari va doʻkonchalari nazoratdan oʻtkazilishini hamda goʻsht va sut mahsulotlari veterinariya-sanitariya talablariga javob beradigan joylardagina sotilishini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 28-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
379-son