Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 14-bandi va “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Qonunning 5 va 30-moddalariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 6-avgustdagi qarori bilan Xolmoʻmin Buvraboyevich Yodgorov Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi etib tayinlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagi oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzolari:
Umidaxon Adxamovna Imomova — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining kotibi;
Sherzod Yokubjonovich Abdukodirov;
Muzaffar Maxmudjanovich Axmedov;
Sandjar Abdujalolovich Dusmanov;
Joʻrabek Murotovich Karaboyev;
Bahodir Xusainovich Polvanov;
Nodirjon Tursunboltayevich Rajabov;
Raxmatulla Parmonkulovich Gʻulomovlarning — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyasi vakolatlari tugatilsin.
Quyidagi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzolari:
Paraxat Aytniyazovich Aytniyazov;
Hoji-Murod Isroilovich Isoqov;
Abdil Kasimovich Toʻxtashev;
Jaxongir Inomovich Yuldashevlarning vakolatlari tugatilsin.
3. Quyidagilar:
Alisher Abduxalimovich Jalilov — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlansin;
Xurshid Primkulovich Sodikov oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzosi — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi kotibi lavozimiga tasdiqlansin;
Turgʻunboy Madaminjonovich Buvayev oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzosi — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyasi lavozimiga tasdiqlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Xalq qabulxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish shuʼbasi bosh inspektori lavozimidan ozod etilsin;
Janagul Ismaylovna Balkibayeva;
Nodira Aloxonovna Boboxonova;
Malikaxon Pirnazarovna Kalandarova;
Otabek Tursunpoʻlatovich Mirzamaxmudov;
Baxram Nizamatdinovich Sabirov;
Vahhobjon Abdikarimovich Fayzullayev;
Elza Rifovna Shamsutdinovalar oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzosi — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyasi lavozimiga tasdiqlansin;
Ubaydulla Kurbonovich Mnngbayev;
Sodiqjon Turdiyev;
Feruza Farxodovna Eshmatova;
Qahramon Oʻljayevlar oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzolari etib tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi adliya va sud organlari faoliyati masalalari boʻyicha shuʼbasi bosh inspektori oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzoligiga lavozimiga koʻra kirishi belgilansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4096-son qaroridagi 6-bandining beshinchi xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-aprel,
PF-6206-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2021-y., 06/21/6206/0339-son)