Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2017 06.04.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1466
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qarori, 06.04.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1466
Kuchga kirish sanasi
16.04.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2017
Hujjat 04.12.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XOʻJALIK SUDI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YuRIDIK ShAXSLAR TOMONIDAN ISTEʼMOL QILINGAN ELEKTR ENERGIYASI UChUN TOʻLOV MUDDATI OʻTGAN DEBITOR QARZLARNI MAJBURIY TARTIBDA UNDIRISh TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 6-aprelda 1466-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy sudi va Adliya vazirligining 2017-yil 28-avgustdagi 2017-45, 08/UM-156-17, 8-sonli “Yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni majburiy tartibda undirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1466-2, 04.09.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-sonli qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy xoʻjalik sudi va Adliya vazirligi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni majburiy tartibda undirish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma ilovaga asosan tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgandan oʻn kundan soʻng kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 17-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-35-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy xoʻjalik sudi raisi A. IShMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 17-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vaziri B. MUSTAFOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 17-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-21-3-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligining 2005-yil 17-martdagi 2005-35, 103 va 20-21-3-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni majburiy tartibda undirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qism
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Yoʻriqnoma Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 511-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, unda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun yuridik shaxslardan (keyingi matnlarda — “isteʼmolchi” deb ataladi) toʻlov muddati oʻtgan debitor qarz summalarini majburiy undirish boʻyicha vakolatli idoralarning arizalari asosida xoʻjalik sudlari tomonidan berilgan ijro hujjatlarini bajarilishini taʼminlashda soliq idoralari, “Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi va Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti (keyingi matnlarda — “Departament” deb ataladi) oʻrtasidagi faoliyatni tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Qarzlarni undirish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yuridik shaxslar roʻyxatga olingan joydagi davlat soliq idoralari elektr energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan reyestr asosida, isteʼmol qilingan va toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni isteʼmolchilarning mol-mulki hisobidan undirish ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (keyingi matnlarda — “XPK” deb yuritiladi) 102—111-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Elektr energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan reyestrda keltirilgan isteʼmolchilar roʻyxatini olgan soliq idorasi uch ish kuni davomida undiruvni ularning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qiladi (ariza namunasi 1-ilovada keltirilgan).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, qarzdorlikni mol-mulkka qaratish toʻgʻrisidagi arizaning bir nusxasi soliq idorasi tomonidan isteʼmolchiga topshirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ariza soliq idorasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanib, unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) arizaning bir nusxasi isteʼmolchiga topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) isteʼmolchi bilan elektr bilan taʼminlovchi korxona oʻrtasida tuzilgan hamda ularning mansabdor shaxslari (rahbarlik funksiyalarini bajaruvchi vakolatli shaxslar hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi shaxslar) tomonidan tasdiqlangan oʻzaro hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi taqqoslash dalolatnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzni undirish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etilgan va bank tomonidan qabul qilinganligi hamda qarzdorning hisob varaqasida pul mablagʻi yoʻqligi haqida belgi qoʻyilgan toʻlov topshiriqnomasining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) elektr energiyasi yetkazib berish hamda oʻzaro hisob-kitoblar toʻgʻrisida energiya bilan taʼminlovchi tashkilot va isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xoʻjalik sudi soliq idorasi tomonidan taqdim etilgan arizani qonunda belgilangan tartib va muddatlarda undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisida sud buyrugʻi berish masalasini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur toifadagi arizalarning koʻrib chiqilishi yuzasidan 2-ilovaga muvofiq har chorakda keyingi chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar “Oʻzbekenergo” DAKning viloyat hududiy boʻlimi boshligʻi, viloyat davlat soliq boshqarmasining boshligʻi va viloyat xoʻjalik sudining raisi tomonidan uch tomonlama taqqoslash ishlari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan ishlarning natijalari boʻyicha har chorakda keyingi chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar “Oʻzbekenergo” DAKga, Davlat soliq qoʻmitasiga va Oliy xoʻjalik sudiga hisobot taqdim etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni qarzdor yuridik shaxslarning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari buyruqlarini ijroga taqdim etish va ularning majburiy ijrosini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xoʻjalik sudi toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni isteʼmolchi – yuridik shaxslarning mol-mulki hisobidan undirib olish toʻgʻrisidagi sud buyruqlarini bevosita qarzdor korxona joylashgan joydagi tegishli viloyat (shahar) davlat soliq boshqarmalariga yuboradi. Viloyat (shahar) davlat soliq boshqarmalari tomonidan ushbu sud buyruqlarini ertasidan kechiktirmay tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, majburiy ijroga taqdim qilinadigan ijro hujjatlari “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasi talablari asosida quyidagi tartibda rasmiylashtirilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ijro hujjatini bergan sudning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ijro hujjati berilgan ish va uning tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ijro etilishi shart boʻlgan sud hujjati qabul qilingan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) sud hujjatining qaror qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) sud hujjati qonuniy kuchga kirgan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi viloyat davlat soliq boshqarmasidan ijro hujjatini qabul qilib olgandan keyin uni maxsus kitobda roʻyxatdan oʻtkazib, ikki ish kunidan kechiktirmasdan majburiy tartibda ijrosini taʼminlash uchun tegishli tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimiga kuzatuv xati bilan topshiradi.
(7-bandning birinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligining 2006-yil 24-noyabrdagi 2006-49, SP-01/752, 30-sonli (roʻyxat raqami 1466-1-son 24.11.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuv xatida qarzdor korxonaning joylashgan manzili, xizmat koʻrsatuvchi bank nomi, bankdagi depozit hisob raqami, identifikatsion raqami, mazkur ijro hujjati boʻyicha qarzdor korxona tomonidan toʻlab berilgan summa va undirilmay qolgan qarz miqdori, shuningdek, “Oʻzbekenergo” DAK tegishli korxonasining bankda ochilgan maxsus tranzit hisob raqami koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimi ijro hujjatlarining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 8, 27-moddalari talablari asosida rasmiylashtirilganligini hamda belgilangan tartibdagi kuzatuv xati asosida taqdim etilayotganligini tekshirib qabul qilib oladi va ularning ijrosini ushbu Qonun talablari asosida amalga oshiradi.
(8-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligining 2006-yil 24-noyabrdagi 2006-49, SP-01/752, 30-sonli (roʻyxat raqami1466-1-son 24.11.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ijro hujjati tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa, sud ijrochisi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasida belgilangan tartibda tegishli qaror chiqarib, ijro hujjatini uni taqdim qilgan soliq idorasiga uch kunlik muddat ichida qaytarib yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq idorasi 3 ish kuni ichida ijro hujjatlarini rasmiylashtirilishida yoʻl qoʻygan kamchiliklarni bartaraf etib, uni belgilangan talablar asosida qayta rasmiylashtirgan holda sud ijrochisiga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro hujjatining yoʻl qoʻyilgan nuqsonlarni bartaraf qilish uchun qaytarib yuborilishi bunday nuqsonlar bartaraf qilinganidan keyin ijro hujjatini sud ijrochisiga ikkinchi marotaba umumiy tartibda taqdim etish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro hujjati ushbu Yoʻriqnomaning 7-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan kuzatuv xati bilan taqdim etilmasa, qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xoʻjalik sudi tomonidan berilgan ijro hujjatidagi talablar noaniq boʻlsa, sud ijrochisi ushbu ijro hujjatini tushuntirib berishni soʻrab ijro hujjatini bergan xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudi tomonidan ushbu murojaat “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 31-moddasida belgilangan 10 kunlik muddatda koʻrib chiqiladi va natijalari yuzasidan tegishli sud ijrochilari boʻlimiga yozma ravishda tushuntirish beriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligining 2006-yil 24-noyabrdagi 2006-49, SP-01/752, 30-sonli (roʻyxat raqami 1466-1-son 24.11.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 471-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ijro hujjati yuzasidan olib borilayotgan majburiy ijro harakatlari xoʻjalik sudlari tomonidan toʻxtatilgan yoki kechiktirilgan taqdirda, tegishli sud ijrochilari boʻlimi va soliq idoralariga bu haqda kuzatuv xati bilan birga xoʻjalik sudining majburiy ijro harakatlarini toʻxtatish yoki kechiktirish toʻgʻrisidagi ajrimi ham taqdim etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligining 2006-yil 24-noyabrdagi 2006-49, SP-01/752, 30-sonli (roʻyxat raqami 1466-1-son 24.11.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xoʻjalik sudlarining qarorlariga asosan berilgan ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlashda bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi sud ijrochisi tomonidan aniqlanganda, bu haqda sud ijrochisi tegishli dalolatnoma tuzadi va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 81-moddasi hamda XPKning 218-moddasida belgilangan javobgarlik masalasini hal etish uchun mazkur dalolatnomani ilova qilgan holda tegishli ariza bilan oʻzi joylashgan joydagi xoʻjalik sudiga murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu ariza xoʻjalik sudi tomonidan XPKning 125-moddasida belgilangan muddatda va tartibda hal etilib, qabul qilingan sud hujjati besh kunlik muddatda tegishli sud ijrochilari boʻlimiga yuboriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligining 2006-yil 24-noyabrdagi 2006-49, SP-01/752, 30-sonli (roʻyxat raqami 1466-1-son 24.11.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xoʻjalik sudlarining ushbu toifadagi ijro hujjatlarini majburiy tartibda ijro etish jarayonida sodir etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-233-moddalarida koʻrsatilgan qonunbuzilish holatlari boʻyicha sud ijrochisi jinoiy javobgarlik masalasini hal etish uchun oʻzi joylashgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga toʻplangan hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimlari va davlat soliq inspeksiyalari oʻrtasida xoʻjalik sudlarining ushbu toifadagi ijro hujjatlarining harakati yuzasidan har oyda keyingi oyning 5-sanasiga qadar 3-ilovadagi shakl boʻyicha tezkor maʼlumotlar almashinib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat (shahar) davlat soliq boshqarmalari va Departamentning hududiy boshqarmalari oʻrtasida ushbu toifadagi ijro hujjatlarining harakati yuzasidan har chorak yakunlari boʻyicha tuman(shahar)lardan olingan maʼlumotlar asosida taqqoslash ishlari amalga oshirilib, natijalari boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi va Departamentga mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovadagi shaklga muvofiq keyingi chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar hisobot taqdim etib boriladi.
(12-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligining2006-yil 24-noyabrdagi 2006-49, SP-01/752, 30-sonli (roʻyxat raqami1466-1-son 24.11.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Undiruv qaratish mumkin boʻlgan mol-mulki va daromadlari boʻlmagan boshqa yuridik shaxslardan qarz summalarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha koʻriladigan choralar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ijro hujjatida koʻrsatilgan qarz summasini undirish uchun sud ijrochisi tomonidan qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan qonunda yoʻl qoʻyiladigan doirada koʻrilgan choralar natijasiz boʻlsa, ijro hujjati “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning tegishli moddasiga asosan belgilangan tartibda qaror chiqarilib, uni taqdim qilgan soliq idorasiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq idoralari ushbu tartibda qaytarilgan ijro hujjatlarini kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida qarzdor korxona yoki tashkilotni “bankrot” deb eʼtirof etish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga, agar qarzdor fermer xoʻjaligi boʻlsa “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 35-moddasiga asosan, yoki xususiy korxona boʻlsa “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasiga asosan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga belgilangan tartibda murojaat qilish uchun tegishli energiya bilan taʼminlovchi tashkilotga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur tartibda qaytarilgan ijro hujjatlari yuzasidan davlat soliq idoralari va energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasida 5-ilovaga muvofiq har oyda keyingi oyning 5-sanasiga qadar viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi hamda “Oʻzbekenergo” DAKning hududiy boʻlimi boshligʻi tomonidan taqqoslash ishlari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda keyingi oyning 5-sanasiga qadar Davlat soliq qoʻmitasiga va “Oʻzbekenergo” DAKga hisobot taqdim etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirilgan pul mablagʻlarining taqsimlanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sud ijrochilari tomonidan qarzdor korxona va tashkilotlarning mol-mulki hisobidan undirilgan pul mablagʻlari ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari qoplangandan keyin soliq idoralari tomonidan taqdim etilgan kuzatuv xatida koʻrsatilgan “Oʻzbekenergo” DAK tegishli korxonasining maxsus tranzit hisob-raqamiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Soliq idorasi tomonidan majburiy tartibda ijro etish uchun sud ijrochilari boʻlimiga taqdim etilgan ushbu toifadagi ijro hujjatida koʻrsatilgan summa toʻliq undirilgandan soʻng, “Oʻzbekenergo” DAKning tegishli korxonasi oʻzi tomonidan qoʻyilgan toʻlov topshiriqnomalarini ijrosiz qaytarib oladi va bu haqda ijro hujjatining majburiy ijrosini amalga oshirgan sud ijrochilari boʻlimi hamda tegishli soliq idorasiga yozma maʼlumot beradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligining 2006-yil 24-noyabrdagi 2006-49, SP-01/752, 30-sonli (roʻyxat raqami 1466-1-son 24.11.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakunlovchi qism
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Yoʻriqnoma “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi E. ShOISMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 11-mart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni majburiy tartibda undirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_______________________ Xoʻjalik sudiga
‎manzili: _____________________________
‎_____________________________________
‎Arizachi: _____________________________
‎tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi
‎manzili: _____________________________
‎_____________________________________
‎Kreditor: ____________________________
‎viloyat (shahar) elektr energiyasi yetkazib
‎beruvchi tashkiloti
‎manzili: _____________________________
‎_____________________________________
‎‎Qarzdor: _____________________________
‎manzili: _____________________________
‎‎‎_____________________________________
‎Xizmat koʻrsatuvchi bank nomi ___________
‎_____________________________________
‎Hisob raqami: ________________________
‎MFO: _______________________________
‎INN: ________________________________ ‎

ARIZA
(korxona mol-mulki hisobidan ____ soʻm muddati oʻtgan qarz summalarini undirish boʻyicha sud buyrugʻini berish haqida) ‎

“___” _________ 200__ yildagi holatga koʻra ______________________________‎‎‎
(korxona nomi)‎

elek�r energiyasi isteʼmoli uchun ______ soʻm muddati oʻtgan qarzdorlikka ega, bu holat 200__ yil “____” _______________ da elektr energiyasi isteʼmolchisi va yetkazib beruvchi tashkilotlar oʻrtasida tuzilgan oʻzaro hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi taqqoslash dalolatnomasi ularning mansabdor shaxslari (rahbarlik funksiyalarini bajaruvchi vakolatli shaxslar hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi shaxslar) tomonidan imzo va muhr bilan tasdiqlangan.
‎ Qarzdor korxonaning hisob raqamida pul mablagʻi yoʻqligi sababli, elektr energiyasi yetkazib beruvchi tashkilot tomonidan berilgan toʻlov talabnomasi bank tomonidan kartotekaga qoʻyilgan.
‎ Yuqorida taʼkidlangan holat va Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 102, 105 va 109-moddalariga asosan, korxonaning elektr energiyasi isteʼmolidan boʻlgan ______ soʻm muddati oʻtgan qarzini qarzdor korxonaning mol-mulkidan undirib olish haqidagi sud buyruQini berishingizni soʻraymiz.
‎ Ilova:
‎ 1. Qarzdor korxonaga ariza berilganligini tasdiqlovchi hujjat;
‎ 2. Elektr energiyasi yetkazib berish va oʻzaro hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi;
‎ 3. __________ 200__ yildagi isteʼmolchi bilan energiya yetkazib beruvchi tashkilotlar oʻrtasida tuzilgan oʻzaro hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi taqqoslash dalolatnomasining asl nusxasi;
‎ 4. Elektr energiyasi bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan bankka taqdim etilgan va bank qabul qilingan hamda qarzdorning hisob varaqasida pul mablagʻi yoʻqligi haqida belgi qoʻyilgan toʻlov topshiriqnomasi nusxasi. ‎‎‎

‎‎ ____________________________ tumani (shahri)‎
DSI boshligʻi ‎ (imzo) ‎ (F.I.Sh.)‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni majburiy tartibda undirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

_____________ viloyat (shahar) boʻyicha xoʻjalik yurituvchi yuridik shaxslar tomonidan elektr energiyasi isteʼmoli uchun oʻz vaqtida haq toʻlamaslik natijasida yuzaga kelgan muddati oʻtgan debitor qarzlarni undirish boʻyicha soliq idoralarining arizalariga koʻra chiqarilgan xoʻjalik sudlari buyruqlari haqida 2005-yilning “___” _________ holatiga‎‎ ‎

M A ʼ L U M O T

‎‎(ming soʻm hisobida)‎
t.r ‎‏Hududlar ‎‎‎‏Soliq idoralariga “�zbekenergo” DAKning hududiy boʻlimlari tomonidan reyestrlar boʻyicha qabul qilib olingan korxona va tashkilotlar ‎‎Soliq idoralari tomonidan xoʻjalik sudlariga taqdim etilgunga qadar qarzdorlar tomonidan ixtiyoriy toʻlangan qarzlar Soliq idoralari tomonidan xoʻjalik sudlariga taqdim etilgan jami arizalar

shundan;‎‎‎‎‎

‎Soliq idoralari tomonidan qabul qilib olingan xoʻjalik sudlarining sud buyruqlari
‎‎Sud buyrugʻi berilgunga qadar qarzdor tomonidan ixtiyoriy toʻlangani uchun rad etilgan
‎‎Qarzdorlikni undirish haqida chiqarilgan sud buyruqlari
Boshqa qonuniy asoslarga koʻra rad etilgan Hisobot kunining oxiriga qoldiq arizalar‎‎
soni‎ summa‎si soni‎‎ summa‎si‎ soni‎‎ summa‎si‎ soni‎‎ summa‎si‎ soni‎‎ summa‎si‎ soni‎‎ summa‎si‎ soni‎‎ summa‎si‎ soni‎‎ summa‎si‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎ 17‎

‎_____________ viloyat (shahar)
‎“Oʻzbekenergo” DAK boʻlimi boshligʻi
‎______________________________
‎ (F.I.Sh., imzo)
‎ _______ yil “___” ____________

‎‎‎‎‎‎___________ viloyat (shahar) ‎Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi ‎________________________
‎‎(F.I.Sh., imzo)
‎ ‎_____ yil “___” ____________ ‎‎
‎‎
‎‎
‎‎

‎‎___________ viloyat (shahar)
‎Xoʻjalik sudining raisi ________________________
‎(F.I.Sh., imzo)
‎_____ yil “___” ____________
‎‎
‎‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni majburiy tartibda undirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oylik statistik maʼlumot‎

___________ tuman (shahar) boʻyicha isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-sonli qarori asosida majburiy ijroga taqdim qilingan xoʻjalik sudlari qarorlari (sud buyruqlari)ning ijrosi yuzasidan 200__ yilning “____” ___________ holatiga ‎

T A Q Q O S L A Sh D A L O L A T N O M A S I*‎‎

‎‎(ming soʻm hisobida)
‎‏‎‏Korxona va tashkilotning nomi ‎‏Yil boshiga oldingi yildan qoldiq boʻlib oʻtgan ijro hujjatlari
‎‎
Hisobot davrida soliq idorasi tomonidan xoʻjalik sudidan qabul qilib olingan ijro hujjatlari‎‎ ‎‎Soliq idorasi tomonidan ijro hujjatlarini sud ijrochilari boʻlimiga taqdim qilingunga qadar undirilgani ‎‎‎‏Hisobot davrida soliq idorasi tomonidan sud ijrochilari boʻlimiga taqdim qilingan ijro hujjatlari
Qonunning 24-moddasiga asosan qaytarilgan ijro hujjatlari‎‎ ‎‎Sud ijrochilari boʻlimi tomonidan ish yurituviga qabul qilib olingan ijro hujjatlari ‎‎Amalda undirilib ijrosi toʻliq taʼminlangan ijro hujjatlari
‎‏
‎‎
Xisobot davrining oxiriga tamomlan-magan ijro hujjatlari boʻyicha qisman undirilgan miqdor‎‏ 13-14 ustunlardan‎‎
‎‏Qonunning 37-moddasiga asosan ijro ishi yuritish tugatilgan ijro hujjatlari
‎‎
‎‏
‎‎Qonunning 62-moddasiga asosan tugatish komisciyasiga topshirilgan ijro hujjatlari
‎‏
‎‎
Qonunning 40-moddasiga asosan qaytarilgan ijro hujjatlari‎‎
‎‏
‎‎
Shundan ‎‎Keyingi hisobot davriga qoldiq boʻlib oʻtgan ijro hujjatlari
‎‏
‎‎
Shundan‎‎
Qarzdor korxona hisob raqamidan undirilgan‎ Mol-mulkni sotish hisobidan undirilgan‎ ‎‎Xususiy korxona va fermer xoʻjaliklaridan undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari ‎‎Ijro harakatlari toʻxtatilgan yoki kechiktirilgan ijro hujjatlari
soni‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ summasi summasi‎ summasi soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎ 17‎ 18‎ 19‎ 20‎ 21‎ 22‎ 23‎ 24‎ 25‎ 26‎ 27‎ 28‎ 29‎ 30‎
JAMI‎
*) ijro hujjati boshqa ijro boʻlimiga yuborilgan taqdirda ham ushbu ijro hujjatining harakati dastlab ijro hujjatini qabul qilgan sud ijrochilari boʻlimi
‎hisobotida aks ettirilib boriladi. ‎‎

‎‎‎Departamentning _____________ viloyat (shahar)
‎hududiy boʻlimi boshligʻi
‎_______________________________
‎(F.I.Sh., imzo)
‎ ______ yil “____” ______________

___________________ viloyat (shahar)
‎Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi
‎_______________________________
‎(F.I.Sh., imzo)
‎______ yil “____” ______________ ‎‎

(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligining 2006-yil 24-noyabrdagi 2006-49, SP-01/752, 30-sonli (roʻyxat raqami 1466-1-son 24.11.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni majburiy tartibda undirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Choraklik statistik maʼlumot‎

___________ tuman (shahar) boʻyicha isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-sonli qarori asosida majburiy ijroga taqdim qilingan xoʻjalik sudlari qarorlari (sud buyruqlari)ning ijrosi yuzasidan 200__ yilning “____” ___________ holatiga ‎

T A Q Q O S L A Sh D A L O L A T N O M A S I*‎‎

‎‎(ming soʻm hisobida)
‎‏‎‏Korxona va tashkilotning nomi ‎‏Yil boshiga oldingi yildan qoldiq boʻlib oʻtgan ijro hujjatlari
‎‎
Hisobot davrida soliq idorasi tomonidan xoʻjalik sudidan qabul qilib olingan ijro hujjatlari‎‎ ‎‎Soliq idorasi tomonidan ijro hujjatlarini sud ijrochilari boʻlimiga taqdim qilingunga qadar undirilgani ‎‎‎‏Hisobot davrida soliq idorasi tomonidan sud ijrochilari boʻlimiga taqdim qilingan ijro hujjatlari
Qonunning 24-moddasiga asosan qaytarilgan ijro hujjatlari‎‎ ‎‎Sud ijrochilari boʻlimi tomonidan ish yurituviga qabul qilib olingan ijro hujjatlari ‎‎Amalda undirilib ijrosi toʻliq taʼminlangan ijro hujjatlari
‎‏
‎‎
Xisobot davrining oxiriga tamomlan-magan ijro hujjatlari boʻyicha qisman undirilgan miqdor‎‏ 13-14 ustunlardan‎‎
‎‏Qonunning 37-moddasiga asosan ijro ishi yuritish tugatilgan ijro hujjatlari
‎‎
‎‏
‎‎Qonunning 62-moddasiga asosan tugatish komisciyasiga topshirilgan ijro hujjatlari
‎‏
‎‎
Qonunning 40-moddasiga asosan qaytarilgan ijro hujjatlari‎‎
‎‏
‎‎
Shundan ‎‎Keyingi hisobot davriga qoldiq boʻlib oʻtgan ijro hujjatlari
‎‏
‎‎
Shundan‎‎
Qarzdor korxona hisob raqamidan undirilgan‎ Mol-mulkni sotish hisobidan undirilgan‎ ‎‎Xususiy korxona va fermer xoʻjaliklaridan undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari ‎‎Ijro harakatlari toʻxtatilgan yoki kechiktirilgan ijro hujjatlari
soni‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ summasi summasi‎ summasi soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎ soni‎‎ summasi‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎ 17‎ 18‎ 19‎ 20‎ 21‎ 22‎ 23‎ 24‎ 25‎ 26‎ 27‎ 28‎ 29‎ 30‎
JAMI‎
*) ijro hujjati boshqa ijro boʻlimiga yuborilgan taqdirda ham ushbu ijro hujjatining harakati dastlab ijro hujjatini qabul qilgan sud ijrochilari boʻlimi
‎hisobotida aks ettirilib boriladi. ‎‎

‎‎‎Departamentning _____________ viloyat (shahar)
‎hududiyboshqarma boshligʻi
‎_______________________________
‎(F.I.Sh., imzo)
‎ ______ yil “____” ______________

___________________ viloyat (shahar)
‎Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi
‎_______________________________
‎(F.I.Sh., imzo)
‎______ yil “____” ______________ ‎‎

(4-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligining 2006-yil 24-noyabrdagi 2006-49, SP-01/752, 30-sonli (roʻyxat raqami 1466-1-son 24.11.2006-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 471-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzlarni majburiy tartibda undirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

_____________viloyat (shahar) boʻyicha _________________ holatiga isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlov muddati oʻtgan
debitor qarzlarni yuridik shaxslarning mol-mulki va boshqa daromad manbai boʻlmagan taqdirda ularni energiya bilan taʼminlovchi
tashkilotga qaytarilganligi toʻgʻrisida

TAQQOSLASh DALOLATNOMASI

‎‎(ming soʻm hisobida)‎
Viloyat (shahar) nomi ‎‏
‎‏
‎‏Sud ijro Departamenti tomonidan Qonunning tegishli moddasiga asosan Soliq idoralariga qaytarilgan ijro hujjatlari
‎‎
‎‎Ijro hujjatida belgilangan summani qisman undirilgani
Soliq idoralari tomonidan mol-mulki va boshqa daromad manbai boʻlmagan korxonalar boʻyicha elektr tarmoq tashkilotlariga qaytarilgan Elektr tarmoq korxonalari tomonidan qabul qilib olingan korxona va tashkilotlar ‎‎
‎‏
‎‎
Elektr tarmoq korxonalari tomonidan koʻrilgan choralar ‎‎
shu jumladan ‎‎
‎‏Kechilgan
‎‎
Bankrotlikka berilgan‎‎
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudga berilgan‎ Undirilgan‎‎
soni‎‎ summasi soni‎‎ summasi soni‎‎ summasi soni‎‎ summasi soni‎‎ summasi soni‎‎ summasi soni‎‎ summasi soni‎‎ summasi‎ soni‎‎‎ summasi‎
‎1 2 3 4 5 6 7 8‎ 9 10 11 12 13 14 15 16 17‎ 18 19
Jami

___________ viloyat (shahar) ‎Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi
‎‎________________________
‎‎‎(F.I.Sh., imzo)
‎ ‎ ‎_____ yil “___” ____________ ‎‎ ‎‎

‎_____________ viloyat (shahar)
‎‎“Oʻzbekenergo” DAK boʻlimi boshligʻi
‎‎______________________________
‎ (F.I.Sh., imzo)
‎‎ _______ yil “___” ____________ ‎‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 108-modda; 2006-y., 46-47-son, 471-modda)