13.04.2021 yildagi 207-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali huzurida Angor koʻp tarmoqli texnikumini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni ijrosini taʼminlash, kelgusida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida yaratiladigan yangi ish oʻrinlariga boʻlgan mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olib oʻrta maxsus professional taʼlim bosqichidagi kadrlarga boʻlgan talabni qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Angor qurilish va kommunal xoʻjaligi kollejini Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali huzuridagi Angor koʻp tarmoqli texnikumiga (keyingi oʻrinlarda — Texnikum) aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Texnikum Angor qurilish va kommunal xoʻjaligi kollejining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Texnikumning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida va kelgusida yaratiladigan yangi ish oʻrinlariga boʻlgan mehnat bozori ehtiyojlarini hamda Texnikumning imkoniyatlarini hisobga olib, belgilangan tartibda qabul parametrlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni tanlangan mutaxassislik boʻyicha zamonaviy talablarga javob beradigan, puxta bilim, amaliy koʻnikma va malakaga ega boʻladigan, kasbiy tayyorgarlikni taʼminlaydigan davlat taʼlim standartlari asosida oʻqitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoni uchun zarur moddiy-texnika, oʻquv-metodik bazani yaratish va oʻquv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikum davlat oʻrta maxsus professional taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikum faoliyati 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020/2021 oʻquv yilida Angor qurilish va kommunal xoʻjaligi kollejiga qabul qilingan oʻquvchilar oʻqishni bitirgunlariga qadar Texnikum binolarida oʻquv jarayonini amaldagi dasturlarga muvofiq davom ettiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Texnikum ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat texnika universiteti bilan birgalikda Texnikumda oʻquv jarayonini tashkil etish maqsadida yuqori malakali pedagog xodimlarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Texnikum faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Texnikumda davlat buyurtmasi boʻyicha davlat granti asosida oʻquvchilarning taʼlim olishini tashkil etish 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda onlayn maʼruza oʻtkazish hamda masofaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish uchun 2021-yil 1-avgustga qadar Texnikumni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga hamda elektron taʼlim milliy tarmogʻiga ulash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.H. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 13-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 09/21/207/0331-son)