1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini o‘zgartirish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi va Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpoq xalqining atoqli shoiri va adibi Berdaq hamda ulug‘ alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiyning nomini abadiylashtirish, ularning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyini (keyingi o‘rinlarda – muzey) davlat muassasasi shaklida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyini (keyingi o‘rinlarda — uy-muzey) “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali sifatida tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Nukus shahar, Ch. Abdirov ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari mol-mulki va boshqa moddiy boyliklari bilan birgalikda bir oy muddatda muzeyga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Samarqand viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Samarqand shahar, Mirsaid Baraka ko‘chasi, 47-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar (keyingi o‘rinlarda — obyekt) “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektga uy-muzey tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand shahar, Spitamen ko‘chasi, 157a-uy manzilidagi binova inshootlar (sobiq bank binosi) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda muzey nizomi ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey va uy-muzeyning shtatlar jadvali belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi hamda ular malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey va uy-muzeyga zamonaviy interfaol axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey va uy-muzeyda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, tegishlicha Berdaq va Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda muzey va uy-muzeyga sayyohlarni keng jalb etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar muzeyni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z faoliyatidan tushadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muzey faoliyatini tashkil etish va saqlash xarajatlarini moliyalashtirish 2021-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi, 2022-yildan boshlab esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uy-muzey binosini ta’mirlash, jihozlash va hududini obodonlashtirish, muzey ekspozitsiyasini yaratish bilan bog‘liq xarajatlar — Samarqand viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-muzeyni saqlash xarajatlari — Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari, muzeyning o‘z daromadlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) muzey va uy-muzeyga shtat birliklarini ajratish hamda xodimlarga ish haqi to‘lash — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muzeylar uchun belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda muzey va uy-muzey ekspozitsiyasini muzey ashyolari bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda boshqa ommaviy axborot vositalariga muzey va uy-muzey faoliyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov, madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev, Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 13-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 206-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-ilova (2017 — 2027-yillarda yangi tashkil etiladigan davlat muzeylari ro‘yxati)ga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-pozitsiyadan so‘ng quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
11.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi
Nukus shahri
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-pozitsiyadan so‘ng quyidagi mazmundagi 41-pozitsiya qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
41.
Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi (“Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali sifatida)
Samarqand shahri
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylar, ularning filial va bo‘limlari ro‘yxati)ning “Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan muzeylar” bo‘limiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-pozitsiyasidan so‘ng quyidagi mazmundagi 21-pozitsiya qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
21.
Berdaq nomidagi Qorakalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi
Nukus shahri
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
10.
“Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda uning quyidagi bo‘lim va filiallari:
Samarqand shahri
Ishtixon tuman tarixi muzeyi
Ishtixon shahri
Kattaqo‘rg‘on shahar tarixi muzeyi
Kattaqo‘rg‘on shahri
Mirzo Ulug‘bek muzeyi-majmuasi
Samarqand shahri
Paxtachi tuman tarixi muzeyi
Paxtachi tumani
Sadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyi
Samarqand shahri
Samarqand viloyat o‘lkashunoslik muzeyi
Samarqand shahri
Samarqand shahar tarixi “Afrosiyob” muzeyi
Samarqand shahri
O‘zbekiston Madaniyati tarixi davlat muzeyi
Samarqand shahri
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li yodgorligi muzeyi
Qo‘shrabot tumani
Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi
Samarqand shahri
”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 264-son qarori bilan tasdiqlangan Madaniyat markazlari to‘g‘risida namunaviy nizomning 30-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“30. Markazlar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida tashkil etiladi va tugatiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarida, qoida tariqasida, teatr va konsert-tomosha muassasasining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, badiiy rahbarlari, rejissorlari, taniqli ijodkorlar, madaniyat xodimlari, olimlar, mutaxassislar, madaniyat tashkilotlari assotsiatsiyalarining (uyushmalarining) vakillaridan iborat bo‘lgan Badiiy kengash to‘g‘risidagi nizomni va uning tarkibini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga kiritish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 29-bandning birinchi — uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“29. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan Badiiy kengash tashkil etiladi, uning nizomi va tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda kamida uch yilda bir marta yangilab turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badiiy kengash O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizom asosida ish yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badiiy kengashga direktor raislik qiladi. Badiiy kengash 9 — 17 nafar a’zodan iborat bo‘ladi, uning a’zolari teatr va konsert-tomosha muassasasining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, badiiy rahbarlari, rejissorlari, taniqli ijodkorlar, madaniyat xodimlari, olimlar, mutaxassislar, madaniyat tashkilotlari assotsiatsiyalarining (uyushmalarining) vakillaridan iborat bo‘ladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 30-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Badiiy kengash to‘g‘risidagi nizom talablarini bajarmagan taqdirda”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 09/21/206/0324-son)