Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Doʻrmon — Qaynarsoy” komplekslarining xoʻjalik hisobidagi birlashgan direksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida
Boshqaruv va rasmiy hukumat delegatsiyalari va chet ellik mehmonlarga xizmat koʻrsatishning yagona tuzilmasini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar Boshqarmasining shahar tashqarisidagi “Qaynarsoy” qarorgohi va “Doʻrmon” qarorgohi bazasida “Doʻrmon — Qaynarsoy” komplekslarining xoʻjalik hisobidagi birlashgan direksiyasi tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1996-yilda respublika budjetidan “Doʻrmon — Qaynarsoy” komplekslarining xoʻjalik hisobidagi birlashgan direksiyasiga uning oʻz daromadlaridan qoplanmagan xarajatlarini qoplash uchun taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq bir martalik mablagʻ ajratsin.
“Doʻrmon — Qaynarsoy” komplekslarining xoʻjalik hisobidagi birlashgan direksiyasi ishga tushirilgan vaqtdan boshlab besh yilga soliqlarning barcha turlarini toʻlashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi 743-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2019-y., 09/19/743/3710-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar Boshqarmasi bir oy muddatda “Doʻrmon — Qaynarsoy” komplekslari xoʻjalik hisobidagi birlashgan direksiyasining yangi funksiyalari va faoliyati yoʻnalishlarini hisobga olgan holda u haqdagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Harbiylashtirilgan yongʻindan muhofaza qilish boʻlinmasi tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qoʻshimcha ravishda 45 shtat birligi ajratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Moliya vazirligi 1996-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xarajatlari smetasida “Qaynarsoy” kompleksining harbiylashtirilgan yongʻindan muhofaza qilish boʻlinmasi xarajatlari uchun budjetdan zarur mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
7. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi (Sharonov) harbiylashtirilgan yongʻindan muhofaza qilish boʻlinmasini ATS-40(131) 137 markali qiyin yoʻllarda yura oladigan ikkita oʻt oʻchirish avtotsisternasi bilan taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 18-dekabr,
462-son