Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida
1. 2012-yil 30-mayda Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan MDH ishtirokchi-davlatlarining sanoat sohasida hamkorligi va sanoat siyosati boʻyicha Kengashni tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshilinsin.
2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomaga qoʻshilishi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 6-aprel,
PQ-5056-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 07/21/5056/0306-son)