Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.04.1997 yildagi 186-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JURNALISTLARNI QAYTA TAYYORLASh XALQARO JAMOATChILIK MARKAZINI QO‘LLAB-QUVVATLASh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalarida demokratiyalash jarayonlarini chuqurlashtirishga ko‘maklashish, chet mamlakatlar tajribasidan va jurnalistikaga qo‘yilayotgan zamonaviy talablardan kelib chiqib, vaqtli matbuot, televideniye va radio tizimining jurnalist kadrlar ijodiy faolligini va kasb-kor malakasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Konrad Adenauer nomidagi jamg‘arma, Ommaviy axborot vositalarini demokratiyalash va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi va “Kamolot” jamg‘armasi tomonidan Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi tashkil etilishi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi Ustavi Hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro jamoat tashkiloti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustavda nazarda tutilganidek, ommaviy axborot vositalarida demokratiyalash jarayonlarini chuqurlashtirishga, yuqori malakali jurnalistlarni qayta tayyorlashga ko‘maklashish Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi. Bunda quyidagi maqsadlar ko‘zda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotning senzuradan, mafkuralashuvdan to‘liq xalos bo‘lishini nazrda tutgan holda aholi va jamiyatning xolis, ishonchli va xilma-xil axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida jamoatchilik fikri xilma-xilligini, inson e’tiqodlari va qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini, uning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro xartiyada mustahkamlangan huquq va erkinliklarini aks ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yondashuvlarning tengligini, materiallarni bayon qilishda mustaqillikni va hissiyotlarga berilmaslikni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini ommaviy axborot vositalari yordamida demokratiyalashni chuqurlashtirish, umuminsoniy qadriyatlarga, keng yoyilgan ma’naviyat va ma’rifat g‘oyalariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash jarayonlariga faol jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jurnalistika etikasining umumiy tan olingan qonunlariga rioya etilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-huquqiy nashrlar, teleradiokanallar, gazeta va jurnallar tarmog‘i tashkil etilishiga ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi Vatanimizning va chet ellarning Hukumatiga qarashli bo‘lmagan tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslari uchun ochiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz o‘z faoliyatini Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining o‘quv-ishlab chiqarish bazasida amalga oshiradi, u Toshkent shahar, O‘zbekiston ko‘chasidagi 45-uyga joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markaziga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan 10 mln so‘m ajratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazini tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar hamda milliy va chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun tegishli schyotlar ochsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markaz o‘z Ustavida nazarda tutilgan ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega ekanligiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralarning Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazida kontrakt asosida ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislardan mehmonxonalarda yashaganlik, transportdan foydalanganlik, viza xizmatlari uchun milliy valyutada va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan miqdorlarda haq olishlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zavtosanoat” uyushmasining Markazga ikkita “Neksiya”, bitta “Damas” avtomashinasini budjet tashkilotlari uchun nazarda tutilgan narxlarda sotishiga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Markazning buyurtmanomasi bo‘yicha kontrakt asosida jalb etilayotgan chet el mutaxassislari va olimlari ishiga haq to‘lash uchun zarur summani belgilangan tartibda erkin almashtiriladigan valyutaga konvertatsiya qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazini shahar va Hukumat telefon aloqasi bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 14-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186-son