Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.2022 19.03.2021 yildagi 152-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini taʼminlash hamda 2021-yilda aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik intilishlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, hududlarda “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish orqali aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash mexanizmlarini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga moliyaviy koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi) Markaziy bank, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar hamda tijorat banklari bilan birgalikda har bir mahallada quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi yangicha ishlash tizimini joriy etsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilalarning daromad manbalarini, shu jumladan, tomorqa yerlardan foydalanish hamda daromadli mehnatga boʻlgan intilishi va ehtiyojlarini “xonadonbay” oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band boʻlmagan aholining, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻrgatuvchi kurslarga yoʻnaltirish va mehnat faoliyati bilan shugʻullanishga amaliy koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari va startap gʻoyalarini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yoʻnalishlarini) aniqlash va yangi tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga koʻmaklashish va shu orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud imkoniyatlarni (boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan yer maydonlari va bandlikning anʼanaviy sohalari) oʻrganish va ulardan samarali foydalanish orqali joylarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samaradorlik va daromadlilik tamoyillaridan kelib chiqib, tadbirkorlarga sifatli xizmat koʻrsatish, maslahat berish va biznes-rejalarni tayyorlash uchun banklarning quyi boʻgʻin xodimlarini toʻliq qayta tayyorlash orqali mijozga yoʻnaltirilgan xizmat koʻrsatish (“mijozbay” ishlash) tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan (yer ajratish, qurilish uchun ruxsat berish, turli xil faoliyatlar uchun litsenziya olish, boʻsh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik uchun ajratish, kommunikatsiya tizimlariga ulanish) muammolarni tezkorlik bilan hal etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Mahallabay” ishlash tizimini samarali tashkil etish maqsadida quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlarida “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish va amalga oshirish toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom (keyingi oʻrinlarda — Vaqtinchalik nizom) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2021-yil 10-aprelga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla fuqarolar yigʻinlari xodimlari va faollari bilan birgalikda oilalarning daromad manbalarini, daromadli mehnatga boʻlgan ehtiyojlarini “xonadonbay” hamda tadbirkorlarning muammolarini “mijozbay” oʻrganish va muammolarni tezkor hal etish boʻyicha — har bir mahallaga tijorat banklarining tuman (shahar) filiallaridan bir nafar doimiy vakil (keyingi oʻrinlarda — doimiy vakil) biriktirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash, band boʻlmagan aholining, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarning kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻrgatish orqali mehnat bilan bandligiga koʻmaklashish, mahallalarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini yaxshilash hamda “drayver” loyihalarni amalga oshirish boʻyicha — har bir sektor huzurida boshqaruv ofislari (keyingi oʻrinlarda — boshqaruv ofisi) tashkil etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalardagi muammolarni tezkor hal etish, boshqaruv ofislari va doimiy vakillarning faoliyatini muvofiqlashtirib borish boʻyicha — tuman (shahar) hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladigan muvofiqlashtiruvchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda — muvofiqlashtiruvchi guruh) shakllantirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2021-yil 15-aprelga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla pasportlari, mahallalarda oʻtkaziladigan soʻrovnomalar, mahallani kompleks rivojlantirish dasturlarining namunaviy shakllarini ishlab chiqsin va doimiy vakillarga, boshqaruv ofislarga va muvofiqlashtiruvchi guruhlarga yetkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy vakillar, boshqaruv ofislari va muvofiqlashtiruvchi guruhlar tomonidan Vaqtinchalik nizom boʻyicha ishlar olib borilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2021-yil 20-aprelga qadar yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, shu jumladan, ularni tadbirkorlikka oʻqitish, tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni oʻrganish orqali ularga amaliy koʻmaklashish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Respublika komissiyasi respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman (shahar)lar hokimliklariga hamda tijorat banklarining rahbarlariga “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish jarayoni doirasida tegishli koʻrsatmalar berish va ular faoliyatini muvofiqlashtirib borish boʻyicha vakolatli hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) doimiy ravishda joylarda “mahallabay” ishlash tizimini samarali joriy etsin hamda ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun masʼul ekanligi belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) har bir mahallada tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish orqali yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar Vaqtinchalik nizomni amaliyotda qoʻllash natijalarini tahlil qilsin va uni yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, “mahallabay” ishlash tizimi boʻyicha joylarda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida barcha turdagi hisobotlar va axborotlar Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan umumlashtirib boriladi, bu boradagi hisobotlar va axborotlar Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi bilan kelishilgan holda manfaatdor vazirliklar va idoralardan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish boʻyicha metodik qoʻllanma va oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin va Respublika komissiyasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman (shahar) hokimliklariga, mahalla fuqarolar yigʻinlariga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda mahallalarga biriktirilgan doimiy vakillarni, tuman (shahar)lardagi boshqaruv ofislari masʼullarini va muvofiqlashtiruvchi guruh aʼzolarini oʻqitish boʻyicha reja-jadval tuzsin hamda oʻqitish jarayonini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Mikrokreditbank” ATBga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda yosh tadbirkorlarning tashabbuslari, startap va innovatsion gʻoyalarini yigʻish, tahlil qilish va ularni moliyalashtirish vazifalarini amalga oshiruvchi alohida tarkibiy tuzilma tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda yagona platforma integratsiyasini amalga oshirish orqali yoshlarga oʻz biznesini yoʻlga qoʻyishda “yagona darcha” tamoyili asosida xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning eng samarali loyihalarini “franshiza” usulida respublika boʻylab keng targʻib qilish va amalga oshirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda tashkil etiladigan “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”da yoshlarning tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishga alohida eʼtibor qaratish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. AT “Xalq banki”ga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank xodimlarining tadbirkor yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash mexanizmini yaratish va ularga bank tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar boʻyicha biznes-rejalarni tuzishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarni tadbirkorlikka alohida oʻquv dasturi boʻyicha oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish hamda oʻqitish natijalariga koʻra ularga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun kredit ajratilishida amaliy koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajribali tadbirkor xotin-qizlarni biriktirish orqali tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻrgatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning tadbirkorligi uchun kredit ajratilgandan soʻng ularning biznesini rivojlantirishga har tomonlama amaliy yordam berib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“biznes inkubator” loyihasi samaradorligini oshirish, muvaffaqiyatli loyihalarni keng joriy etish mexanizmini ishlab chiqqan holda uning tizimli ishlashini taʼminlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yuqorida qayd etilgan vazifalar boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Fargʻona va Namangan viloyatlari hokimliklari hamda vakolatli tijorat banklarining buyurtmanomalari asosida bir hafta muddatda har bir viloyat uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga 30 mln AQSh dollariga, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga 30 mln AQSh dollariga teng mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Respublika komissiyasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan kasb-hunarga oʻqitish markazlarida aholini tadbirkorlikka oʻqitish jarayonlari samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tijorat banklariga “mahallabay” ishlash tizimiga jalb etilgan oʻz xodimlarining biriktirilgan mahallalardagi faoliyati natijalaridan kelib chiqib, ularni moddiy ragʻbatlantirib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda “mahallabay” ishlash tizimining elektron bazasi ishlab chiqilishini taʼminlasin hamda oʻzaro integratsiyalashgan axborot almashinuvi tizimi faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandi uchinchi xatboshisiga “Tomorqa xizmati” MChJlarga” soʻzlaridan keyin “va qishloq xoʻjaligi kooperativlariga” soʻzlari qoʻshilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 19-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-martdagi 152-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlarida “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

S.M. Xolxoʻjayev

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari, respublika komissiyasi rahbari

B.E. Zaxidov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari, respublika komissiyasi rahbari

N.B. Xusanov

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

A.I. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

A.J. Ortikov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

F.K. Umarov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori

G.M. Marufova

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari

D.K. Adilov

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari

S.I. Saifnazarov

Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining birinchi oʻrinbosari

A.B. Voitov

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh.Sh. Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari

Q.X. Taparov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

A.I. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

Sh.H. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining oʻrinbosari

A.E. Fayzibayev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

S.Gʻ. Ashurov

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

B.I. Axmedov

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi

Roʻyxat boʻyicha

davlat ulushiga ega boʻlgan tijorat banklari raislari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-martdagi 152-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish va amalga oshirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINChALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash, mavjud muammolarni hal etish orqali aholini kasb-hunarga oʻqitish, bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb etish, “drayver” loyihalarni amalga oshirish boʻyicha respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda tijorat banklarining oʻzaro yaqin hamkorlikdagi “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahallabay” ishlash tizimining boʻgʻinlari — Respublika hududlarida “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman (shahar)lar hokimliklari, muvofiqlashtiruvchi guruhlar, boshqaruv ofislari va doimiy vakillar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi — hududlarda “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish va amalga oshirish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirib boruvchi kollegial organ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy vakil — Respublika komissiyasining qarori bilan har bir mahallaga tijorat banklarining tuman (shahar) filiallaridan doimiy asosda biriktirilgan masʼul xodim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv ofisi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda — sektorlar) huzurida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tashkil etilgan respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda tijorat banklari rahbarlari va xodimlaridan iborat boshqaruv ofisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlashtiruvchi guruh — tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladigan guruh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla pasporti — Respublika komissiyasi tomonidan namunaviy shakl asosida tasdiqlanadigan mahalla hududida joylashgan xonadonlar, ularda yashovchi aholi tarkibi, ijtimoiy soha obyektlari, mavjud resurslar, yer maydonlari, boʻsh bino va inshootlar, infratuzilma obyektlari, shuningdek, faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni oʻz ichiga qamrab olgan yigʻma jadval;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallani rivojlantirish yoʻnalishlari — Respublika komissiyasi tomonidan namunaviy shakl asosida tasdiqlanadigan mavjud resurslar, infratuzilma va ishchi kuchidan foydalangan holda mahalla hududida imkoniyati mavjud sohalarda “drayver” loyihalar amalga oshiriladigan “yoʻl xaritasi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish va amalga oshirish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Mahallabay” ishlash tizimini tashkil qilish va amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar “Mahallabay” ishlash tizimining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mahallalarning “oʻsish nuqtalari” va “drayver” loyihalarni aniqlash yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalardagi xonadonlar, oilalar, aholi soni, yosh va gender tarkibi, band boʻlganlar va ishsizlar soni, ularning mutaxassisliklari va kasb malakasi, mahalla faollari, maktabgacha taʼlim, oʻrta va oʻrta maxsus professional muassasalari, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar, oʻquv markazlari, yer maydoni, tomorqa yerlar, boʻsh bino va inshootlar, infratuzilma obyektlari (gaz, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv tizimlari, yoʻl), tadbirkorlar soni va ularning faoliyat turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga qamrab olgan mahallaning pasportini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalardagi mavjud imkoniyatlar, xomashyo resurslari, infratuzilma holati, ishchi kuchining ixtisoslashuvi va sifatidan kelib chiqqan holda har bir mahallani rivojlantirish yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarni rivojlantirish yoʻnalishlaridan kelib chiqib, ularning ixtisoslashuvini aniqlash va “drayver” loyihalar roʻyxatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asbob-uskunalar, mehnat qurollari xarid qilish boʻyicha taʼminotchi korxonalar roʻyxatini, joylarda tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsizlar roʻyxatini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aholini tadbirkorlikka jalb etish va bandligini taʼminlash yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan aholiga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda har tomonlama amaliy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida mahalla aholisiga ajratilgan kreditlarning natijadorligi monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarining mavjud muammolarini joyiga chiqqan holda aniqlash va tezkorlik bilan hal etish choralarini koʻrish, ularning faoliyatini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh bino va yer uchastkalarini aniqlash, ulardan samarali foydalanish va tadbirkorlik subyektlariga berish maqsadida auksion savdolariga chiqarish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalardagi band boʻlmagan aholini kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻrgatishni tashkil etish orqali ularning bandligiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band boʻlmagan aholini tadbirkorlikka va oʻzini oʻzi band qilib ishlash faoliyatiga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari va startap gʻoyalarini yanada quvvatlashga qaratilgan kreditlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustoz-shogird anʼanasi asosida band boʻlmagan aholini ular yashayotgan tuman (shahar) va mahallada faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar hamda hunarmandlarga biriktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mahalladagi muammolarni hal etish yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini oʻrganib, ularga aniq yoʻnalishlar (kasb-hunarga oʻqitish, ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etish, moddiy yordam berish) boʻyicha manzilli koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini kambagʻallikdan chiqarish dasturlarini shakllantirish va ularning ijrosini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga munosib turmush sharoitlari yaratish, moddiy, psixologik, huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha aniq amaliy choralarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Besh muhim tashabbus” doirasida yoshlar va ayollarning bandligini taʼminlash hamda boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda infratuzilma holatini yaxshilash hamda ijtimoiy soha obyektlaridan samarali foydalanish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla pasportidagi mezonlar asosida “qizil”, “sariq” hamda “yashil” hududlarga ajratgan holda barcha mahallalarni “yashil” hududga oʻtkazish choralarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Har bir mahallada tijorat banklari tuman (shahar) filiallaridan biriktirilgan bir nafar xodim doimiy vakil sifatida faoliyat yuritadi va quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining daromad manbalarini, shu jumladan, norasmiy daromadga ega boʻlgan tadbirkor oilalarni “xonadonbay” oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band boʻlmagan aholining, xususan, yoshlar va xotin-qizlarning kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalarini oʻrganishga boʻlgan ehtiyojini aniqlab, tegishli takliflarni muvofiqlashtiruvchi guruhga taqdim etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining biznes bilan shugʻullanish istagini oʻrgatib ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga, shu jumladan, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari va startap gʻoyalarini amalga oshirishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganishlar asosida mahallalarning pasportlarini shakllantirish va ularni har chorakda yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalladagi tadbirkorlarning mavjud muammolarini “mijozbay” oʻrganib bartaraf etish va ular faoliyatini kengaytirish yuzasidan amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha takliflarni boshqaruv ofisi va muvofiqlashtiruvchi guruhga taqdim etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallada foydalanishga topshirilgan loyihalar va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida mahalla aholisiga ajratilgan kreditlarning natijadorligi hamda samaradorligini oʻrganish va monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini raisi va mahalla faollari bilan doimiy muloqotda boʻlish, mahallani rivojlantirish va aholini doimiy daromad bilan taʼminlash borasida boshqaruv ofisiga takliflar kiritib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Doimiy vakil oʻziga yuklangan vazifalarni toʻlaqonli bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi xodimlari, ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlari, tuman (shahar)dagi vakolatli davlat tashkilotlardan mahalla pasportini shakllantirish va mahallani rivojlantirish yoʻnalishlarini aniqlash uchun zarur boʻlgan ochiq maʼlumotlarni soʻrab olish (fuqarolarning shaxsga doir maʼlumotlari, tijorat sirini tashkil qiluvchi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan maʼlumotlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla fuqarolar yigʻini raisi va mahalla faollari bilan birgalikda uyma-uy yurib, band boʻlmagan aholini, xususan, yoshlar va ayollarni kasb-hunarga oʻrgatish va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish bilan bogʻliq talabini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band boʻlmagan aholini, xususan, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning biznes loyihalarini ishlab chiqish hamda tadbirkorlik tashabbuslari va startap gʻoyalarini yanada qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari vakillarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan muammolarni hal etish uchun tegishliligi boʻyicha tuman (shahar) tashkilotlarining xodimlari va fuqarolar yigʻini raislarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla aholisining muammolari va takliflarini joyida muhokama qilish va hal etish maqsadida boshqaruv ofisi yoki muvofiqlashtiruvchi guruh aʼzolari bilan uchrashuvlar (muloqotlar) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda doimiy vakil quyidagi talablarga qatʼiy ravishda rioya etishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyma-uy yurish orqali aholi va tadbirkorlarning muammolarini oʻrganish jarayonida karantin va sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga qatʼiy rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar (muloqatlar)da jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar ularning shaʼni va obroʻsiga putur yetkazmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kundalik ish vaqtidan tashqari hamda dam olish va tushlik vaqtlarida fuqarolarni bezovta qilmaslik, uyma-uy yurish orqali aholi bilan uchrashuvlar (muloqotlar)da faqat uy egasining ruxsati bilan turar joyiga kirish, audio va videoyozuv, shuningdek, fotosuratga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish jarayonida fuqaroning shaxsga oid maʼlumotlarini boshqa fuqarolarga oshkor etmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla aholisi va tadbirkorlarni ularning muammolarini muhokama qilish nazarda tutilmagan tadbirlar va yigʻilishlarga jalb etmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuman (shahar)lardagi sektorlar huzurida tashkil etiladigan boshqaruv ofisi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda “drayver” sohalarni rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan yangi loyihalar roʻyxatini shakllantirish, mahallalarni kompleks rivojlantirishga doir “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarning iqtisodiy salohiyati va “drayver” sohalardan kelib chiqib istiqbolli tadbirkorlik loyihalari roʻyxatini shakllantirish hamda ularga loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqishda amaliy koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud talabdan kelib chiqqan holda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha tashabbuskorlar bilan birga yangi loyihalarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari muammolarini aniqlash va ularning yechimi boʻyicha takliflarni tuman (shahar) muvofiqlashtiruvchi guruhiga taqdim etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan dasturlar ijrosining doimiy monitoringni olib borish va natijalari boʻyicha tuman (shahar) muvofiqlashtiruvchi guruhiga takliflarni muntazam taqdim etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi xonadonlarida va mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan yoki yetishitirayotgan mahsulotlar turlari, sifati va hajmini oshirish maqsadida tegishli soha mutaxassislarini (shu jumladan, vaqtinchalik mehnat shartnomalari asosida) jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har haftada amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib borish va natijalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruhga maʼlumot berib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatish va hunarmandchilik loyihalarini aniqlash hamda ularga aholini jalb etish maqsadida kasbiy koʻnikmalarga oʻqitish va malakasini oshirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi tomorqalariga xizmat koʻrsatish yoʻnalishlari hamda ularga koʻmak beruvchi “Tomorqa xizmati” MChJlar roʻyxatini aniqlash, zarur infratuzilmani (urugʻ yetkazib berish, veterinariya, oʻsimliklarni himoya qilish) tashkil etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib yangi loyihalarni amalga oshirish uchun boʻsh turgan yerlardan samarali foydalanish, jumladan, ularni auksionga chiqarishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalar boʻyicha aholini kambagʻallikdan chiqarish hamda ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishning manzilli choralarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Muvofiqlashtiruvchi guruh quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir mahalla va tuman (shahar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholini kambagʻallikdan chiqarish chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish, ularni xalq deputatlari Kengashiga taqdim etish va ijrosini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir fuqarolar yigʻini raisi, mahallalar faollari ishtirokida boshqaruv ofislari va doimiy vakillar tomonidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha ularning axborotlarini eshitish va xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot berib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yoʻnalishlarini) aniqlash va yangi tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga koʻmaklashish va shu orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv ofisi va mahallalarga biriktirilgan doimiy vakillar tomonidan mahallada aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining xohishi asosida kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishni tashkil etish, mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga ishga joylashishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band boʻlmagan aholini, xususan, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning biznes loyihalarini ishlab chiqish hamda tadbirkorlik tashabbuslari va startap gʻoyalarini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar olishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv ofisi, doimiy vakil va mahalla fuqarolar yigʻini raislari faoliyati samaradorligini muntazam ravishda oʻrganib borish hamda ularning oʻzaro yaqin hamkorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv ofisi, doimiy vakil va mahalla fuqarolar yigʻini takliflari asosida mahallalarda infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini rejalashtirish va moliyalashtirish manbalarini hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda tadbirkorlik faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni (yer ajratish, litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, boʻsh binolarni berish, infratuzilma tarmoqlariga ulanish, kredit ajratish va b.) aniqlash hamda ularni tezkorlik bilan hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari oʻz vaqtda amalga oshirilishini taʼminlash va monitoring olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda “drayver” loyihalar amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. “Mahallabay” ishlash tizimini muvofiqlashtirish va nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tuman (shahar) sektorlar rahbarlari “mahallabay” ishlash tizimini samarali tashkil etishga shaxsan masʼul boʻlib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv ofislari ishini tashkil qilish, biriktirilgan har bir mahalla boʻyicha masʼullarning samarali faoliyat yuritishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir mahallaga biriktirilgan doimiy vakillar faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlarning faoliyatidagi mavjud muammolarni bartaraf qilish, ularning faoliyatini kengaytirish hamda “drayver” loyihalarning amalga oshirilishini doimiy nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan yakka tartibda shugʻullanib, ularning oʻz xohishi asosida kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish, mehnat bilan bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka va oʻzini oʻzi band qilib ishlash faoliyatiga jalb qilish va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga moddiy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida hisobot berib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari tuman (shahar)larda “mahallabay” ishlash tizimini muvofiqlashtirib borish boʻyicha quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot, investitsiya, qurilish, qishloq xoʻjaligi sohalari, respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda tijorat banklari faoliyatida oʻzaro yaqin hamkorlikdagi “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarga biriktirilgan doimiy vakillar, boshqaruv ofislari, tuman (shahar) muvofiqlashtiruvchi guruhlarining faoliyati monitoringini olib borish va ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha amaliy choralar koʻrib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarni rivojlantirish yoʻnalishlari asosida ishlab chiqilgan kompleks dasturlar ijrosini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlashtiruvchi guruhlar tomonidan aniqlangan aholi va tadbirkorlik subyektlarining hududiy darajadagi muammolarini tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi istaklari asosida hududdagi muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va hunarmandlarni motivatsion kurslar, kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish jarayonlariga taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz hududida bandligi taʼminlanmagan yoshlarning mutaxassisligi boʻyicha boshqa tuman (shahar)lardagi tashkilotlarda mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga ishga joylashishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir tuman (shahar)ning iqtisodiy salohiyati va “drayver” sohalaridan kelib chiqib istiqbolli tadbirkorlik loyihalari amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahallabay” ishlash boʻyicha tuman (shahar)larda amalga oshirilayotgan ishlar natijalari boʻyicha har oyda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida hisobot berib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hududlarda “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish boʻyicha Respublika komissiyasining vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahallabay” ishlash tizimini joriy etish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, muvofiqlashtiruvchi guruhlar, boshqaruv ofislari va doimiy vakillar ish faoliyatini tashkil etishga metodologik koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahallabay” ishlash tizimiga jalb etilgan respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda tijorat banklari xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla pasporti va mahallani rivojlantirish yoʻnalishlarining namunaviy tuzilmasini hamda mahallada soʻrov asosida oʻrganish uchun savolnoma ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlashtiruvchi guruhlar, boshqaruv ofislari va doimiy vakillar tomonidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va amaliy natijalaridan kelib chiqib ularni ragʻbatlantirish yoki masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlashtiruvchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan respublika darajasidagi muammolarni hal etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahallabay” ishlash tizimining barcha boʻgʻinlari oʻrtasida axborot almashinuvini taʼminlaydigan, mahallalar pasportlari va rivojlantirish yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qamrab oluvchi yagona elektron platformani ishlab chiqishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Mahalla pasportini va rivojlantirish yoʻnalishlarini ishlab chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Doimiy vakil fuqarolar yigʻini raisi va mahalla faollari bilan birgalikda Respublika komissiyasi tasdiqlaydigan namunaviy shakl asosida uyma-uy oʻrganish oʻtkazgan holda, mahalla pasporti va yangi loyiha takliflarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun boshqaruv ofisiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Boshqaruv ofisi uch kun muddatda tuman (shahar)dagi vakolatli davlat tashkilotlari bilan birgalikda mahalla pasportiga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshiradi va tasdiqlab fuqarolar yigʻiniga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Boshqaruv ofisi doimiy vakil bilan birgalikda tasdiqlangan mahalla pasporti maʼlumotlari asosida oʻn kun muddatda Respublika komissiyasi tasdiqlaydigan namunaviy shakl boʻyicha mahallani rivojlantirish yoʻnalishlarining kompleks dasturlarini ishlab chiqadi hamda “drayver” loyihalar roʻyxatini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda zaruratga koʻra, tegishliligi boʻyicha tuman (shahar) tashkilotlari rahbarlari va xodimlari jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mahallani rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha ishlab chiqilgan kompleks dasturlar va “drayver” loyihalar roʻyxati muvofiqlashtiruvchi guruhga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Muvofiqlashtiruvchi guruh ikki hafta muddatda mahallani rivojlantirish yoʻnalishlari asosida ishlab chiqilgan kompleks dasturlarni tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan mahallani rivojlantirish yoʻnalishlari asosida ishlab chiqilgan kompleks dasturlar doimiy vakillar, boshqaruv ofislari, muvofiqlashtiruvchi guruh va fuqarolar yigʻinlari raislariga ijro uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Mahallalarda aniqlangan muammolarni hal etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Doimiy vakil aniqlangan muammolarni tegishliligi boʻyicha tuman (shahar) tashkiloti xodimlari, fuqarolar yigʻini raislari va mahalla faollarini jalb qilish orqali hal etish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla darajasida bartaraf etish imkoni boʻlmagan masalalar boshqaruv ofisiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Boshqaruv ofisi ikki kun muddatda masalani ijobiy hal etish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv ofisi darajasida hal etish imkoni boʻlmagan masalalar muvofiqlashtiruvchi guruhga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Muvofiqlashtiruvchi guruh ikki kun muddatda masalani joyiga chiqqan holda oʻrganib, uni hal etish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) darajasida hal etish imkoni boʻlmagan masalalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mahallarda aniqlangan muammolar va ularning hal etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning barchasi mahalla fuqarolar yigʻini raislari tomonidan yuritiladigan “Qayd etish daftari”ga kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Fuqarolar yigʻini raislari tomonidan yuritiladigan “Qayd etish daftari”ning namunaviy shakli Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Hal etish imkoni boʻlmaydigan tizimli (qoʻshimcha mablagʻ, vaqt va oʻrganishlar talab qiladigan) muammolar boʻyicha ularni hal etish darajasiga qarab muvofiqlashtiruvchi guruh tuman (shahar), hududiy, respublika “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqadi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shahar)lar hokimliklariga tasdiqlashga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda respublika darajasida koʻrib chiqiladigan muammolar boʻyicha ishlab chiqilgan “yoʻl xaritalari” Respublika komissiyasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Respublika komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shahar)lar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch kun muddatda “yoʻl xaritalari”ga kiritilgan masalalar bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolar va omillarni tegishliligi boʻyicha respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda tijorat banklari rahbarlari bilan birgalikda koʻrib chiqishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda hal etish imkoni boʻlmaydigan tizimli (qoʻshimcha mablagʻ, vaqt va oʻrganishlar talab qiladigan) muammolar boʻyicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi koʻrsatilgan holda “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlaydi va ijro uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda tijorat banklari rahbarlari “yoʻl xaritalari”da koʻrsatilgan muammolar bajarilishi va ijrosi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har ikki haftada tegishliligi boʻyicha Respublika komissiyasiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shahar)lar hokimliklariga kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Muvofiqlashtiruvchi guruh har ikki haftada “yoʻl xaritasi”ga kiritilgan muammolar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shahar)lar hokimliklariga taqdim etib boradi hamda hal etilgan muammolar boʻyicha maʼlumotlar ikki kun muddatda “Qayd etish daftari”ga kiritilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. “Mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etishda vakolatli davlat tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Muvofiqlashtiruvchi guruh “mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga samarali joriy etish maqsadida boshqaruv ofislari va doimiy vakillarning quyidagi yoʻnalishlarda vakolatli davlat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishini taʼminlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari, Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari, mahallalarda tashkil etilgan “Ayollar maslahat kengashlari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar ishlari agentligining hududiy boʻlimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari huzuridagi Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) muammolarni aniqlash va hal qilishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya boʻlimlari bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalardagi oʻquv maskanlari, nodavlat va notijorat oʻquv markazlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalari, kasb-hunar maktablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kollejlar va texnikumlar, oʻquv markazlari bilan oʻzaro hamkorlik qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ushbu Vaqtinchalik nizomning 28-bandida koʻrsatilgan yoʻnalishlarda vakolatli davlat tashkilotlari boshqaruv ofisi va doimiy vakillarga muntazam ravishda har tomonlama metodik va amaliy yordam koʻrsatadi, zaruratga koʻra malakali mutaxassislarni vaqtinchalik ularga biriktiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Respublika komissiyasi ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish va amalga oshirish toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish va amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Masʼul

Tarkibi

Vazifalari

Mahallaga biriktirilgan doimiy vakil

(Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi)

Tijorat banklarining tuman (shahar) filialidan biriktirilgan masʼul xodim

Mahallaga biriktirilgan doimiy vakil oʻziga yuklangan vazifalarni mahalla raisi va faollari, ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlari bilan birgalikda amalga oshiradi

1. Mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturini ishlab chiqish jarayonida:

“xonadonbay” oʻrganish orqali aholining daromad manbalarini, shu jumladan, norasmiy daromadga ega boʻlgan tadbirkorlarni oʻrganish;

band boʻlmagan aholining, xususan, yoshlar va xotin-qizlarning kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻrgatish bilan bogʻliq talabini aniqlash;

mahalladagi tadbirkorlarning muammolarini “mijozbay” oʻrganish va ular faoliyatini kengaytirish yuzasidan takliflarni tuman (shahar) muvofiqlashtiruvchi guruhlariga taqdim etish;

mahallani rivojlantirish va aholini doimiy daromad bilan taʼminlash borasida boshqaruv ofislariga takliflar kiritish.

2. Mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish jarayonida:

band boʻlmagan aholini, xususan, yoshlar va xotin-qizlarni oʻqitish boʻyicha takliflarni tuman (shahar) muvofiqlashtirish guruhiga har ikki haftada kiritib borish;

aholining biznes bilan shugʻullanish xohish-istagini oʻrgangan holda ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga, shu jumladan, biznes loyihalarini amalga oshirishiga koʻmaklashish;

mahallada foydalanishga topshirilgan loyihalar natijadorligi va samaradorligini oʻrganish va monitoring olib borish.

Boshqaruv ofisi

(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining qarori bilan tashkil etiladi)

Respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda tijorat banklarining rahbarlari va xodimlari

Har bir mahalla uchun:

iqtisodiy salohiyati va “drayver” sohalardan kelib chiqib istiqbolli tadbirkorlik loyihalari roʻyxatini shakllantirish;

istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash va loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqishda amaliy koʻmaklashish;

tadbirkorlik subyektlari muammolarini aniqlash va ularni hal qilish boʻyicha takliflarni tuman (shahar) muvofiqlashtiruvchi guruhiga kiritib borish;

mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini doimiy monitoring qilish va natijalari boʻyicha tuman (shahar) muvofiqlashtiruvchi guruhiga tegishli takliflarni muntazam kiritish;

xonadonlarda va mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari, sifati va hajmini oshirish maqsadida tegishli soha mutaxassislarini (shu jumladan, vaqtinchalik mehnat shartnomalari asosida) jalb qilish;

Tuman (shahar) muvofiqlashtiruvchi guruhi

(Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi)

1. Tuman (shahar) hokimlarining iqtisodiy masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari

2. Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan muvofiqlashtiruvchi guruh aʼzolari

Muvofiqlashtiruvchi guruh zaruratga koʻra boshqa mutaxassislarni ham jalb qilish vakolatiga ega.

1. Boshqaruv ofisi, doimiy vakil va fuqarolar yigʻini raislari faoliyati samaradorligini muntazam ravishda oʻrganib borish hamda ularning oʻzaro yaqin hamkorligini taʼminlash

2. Boshqaruv ofislari va mahallaga biriktirilgan doimiy vakillar tomonidan mahallada aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etish.

3. Aholining oʻz xohishi asosida kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishni tashkil etish, mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga ishga joylashishga koʻmaklashish.

4. Joylarda tadbirkorlik faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan (yer ajratish, qurilish uchun ruxsat berish, litsenziya olish, boʻsh bino va yer maydonlarini ajratish, kommunikatsiyaga ulanish) muammolarni tezkorlik bilan hal etish.

5. Har bir mahalla va tuman (shahar)ning ijtimoiy-iqtisodiy riv�jlantirish dasturini ishlab chiqish va xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga taqdim etish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari

2. Respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda tijorat banklarining rahbarlari

1. Respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda tijorat banklarining oʻzaro yaqin hamkorlikdagi “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish.

2. Muvofiqlashtiruvchi guruhlar tomonidan aniqlangan aholi va tadbirkorlik subyektlarining hududiy darajadagi muammolarini tezkorlik bilan bartaraf etish.

3. Oʻz hududida bandligi taʼminlanmagan yoshlarning mutaxassisligi boʻyicha boshqa tuman (shahar)larda tashkilotlardagi mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga ishga joylashishiga koʻmaklashish.

4. Har bir tuman (shahar)ning iqtisodiy salohiyati va “drayver” sohalaridan kelib chiqib istiqbolli tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirilishini taʼminlash.

Hududlarda “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish boʻyicha Respublika komissiyasi

1. S.M. Xolxoʻjayev — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari, respublika komissiyasi rahbari

2. B.E. Zaxidov — Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari, respublika komissiyasi rahbari

3. Respublika komissiya aʼzolari

1. Joylarda “mahallabay” ishlashning yangi tizimini joriy etish, muvofiqlashtiruvchi guruhlar, boshqaruv ofislari hamda mahallaga biriktirilgan doimiy vakillarning ishlarini muvofiqlashtirish.

2. “Mahallabay” ishlashning yangi tizimiga jalb etilgan davlat boshqaruvi organlari hamda tijorat banklarining xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.

3. Joylardagi muvofiqlashtiruvchi guruhlar, boshqaruv ofislari hamda mahallaga biriktirilgan doimiy vakillar tomonidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va natijadorligidan kelib chiqib ular faoliyatini nazorat qilib borish va baho berish.

4. Uch oy muddatda “mahallabay” tizimining elektron bazasini ishlab chiqishni taʼminlash.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2021-y., 09/21/152/0278-son)