Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.10.1995 yildagi 415-son
Kuchga kirish sanasi
28.10.1995
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 15.05.2017 sanasi holatiga | Hujjat 12.01.2022 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining |
qarori | qarori |
“OʻZBEKISTONDA TEATR VA MUSIQA SANʼATINI YANADA RIVOJLANTIRISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH VA RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA”GI FARMONNI AMALGA OSHIRISH MASALALARI HAQIDA | “OʻZBEKISTONDA TEATR VA MUSIQA SANʼATINI YANADA RIVOJLANTIRISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH VA RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA”GI FARMONNI AMALGA OSHIRISH MASALALARI HAQIDA |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: |
2. 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmon joriy etiladigan teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlarining, teatr va musiqa sanʼati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlarining lavozimlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmon tatbiq etiladigan Teatr-konsert va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarning maʼmuriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, badiiy, artist, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, shuningdek, mutaxassislarining, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda konsertmeysterlarning lavozimlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. |
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda farmonning 1-ilovasiga muvofiq lavozim maoshiga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oyda taqdirlash puli toʻlash Tartibini hamda ishdan boʻshagan taqdirda farmonning 2-ilovasiga muvofiq asosiy pensiyaga qoʻshiladigan har oylik ustamalar toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. | 3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda farmonning 1-ilovasiga muvofiq lavozim maoshiga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oyda taqdirlash puli toʻlash Tartibini hamda ishdan boʻshagan taqdirda farmonning 2-ilovasiga muvofiq asosiy pensiyaga qoʻshiladigan har oylik ustamalar toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. |
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Madaniyat ishlari vazirligi teatr-konsert tashkilotlarining hamda oʻquv yurtlarining pensiyaga chiqqan xodimlari tarkibini aniqlasinlar va 1995-yil 1-noyabrdan boshlab ularning pensiyalari miqdorlarini qayta hisob-kitob qilsinlar. | 4. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Madaniyat ishlari vazirligi teatr-konsert tashkilotlarining hamda oʻquv yurtlarining pensiyaga chiqqan xodimlari tarkibini aniqlasinlar va 1995-yil 1-noyabrdan boshlab ularning pensiyalari miqdorlarini qayta hisob-kitob qilsinlar. |
Pensiyalarga ustamalar Oʻzbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlansin. | Pensiyalarga ustamalar Oʻzbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlansin. |
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi Madaniyat vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha 1996-yildan boshlab, 1-bandda koʻrsatilgan teatr-konsert tashkilotlari va oʻquv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 3-ilovaga* muvofiq zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar. | 5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi Madaniyat vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha 1996-yildan boshlab, 1-bandda koʻrsatilgan teatr-konsert tashkilotlari va oʻquv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 3-ilovaga* muvofiq zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar. |
* 3-ilova berilmaydi. | * 3-ilova berilmaydi. |
6. Toshkent davlat konservatoriyasining yangi binosi qurilishi uchun: | 6. Toshkent davlat konservatoriyasining yangi binosi qurilishi uchun: |
uni loyihalashtirish va qurish boʻyicha buyurtmachi etib — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi; | uni loyihalashtirish va qurish boʻyicha buyurtmachi etib — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi; |
bosh loyihalovchi etib — “Toshshaharloyiha” instituti; | bosh loyihalovchi etib — “Toshshaharloyiha” instituti; |
bosh pudratchi etib — “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi belgilansin. | bosh pudratchi etib — “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi belgilansin. |
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi konservatoriya qurilishini investitsiya dasturiga kiritsinlar hamda 1996-yildan boshlab uning loyihalashtirilishi va qurilishi uchun Madaniyat ishlari vazirligiga markazlashtirilgan kapital mablagʻlar limitlari ajratishni nazarda tutsinlar. | “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi konservatoriya qurilishini investitsiya dasturiga kiritsinlar hamda 1996-yildan boshlab uning loyihalashtirilishi va qurilishi uchun Madaniyat ishlari vazirligiga markazlashtirilgan kapital mablagʻlar limitlari ajratishni nazarda tutsinlar. |
7. Repertuar siyosatini tubdan yaxshilash va yangi asarlarni sahnalashtirish sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Moliya vazirligi yangi opera, drama, musiqa, badiiy hamda boshqa sanʼat asarlarini yaratganlik uchun toʻlanadigan mualliflik sahnalashtirish va ijrochilik haqi stavkalari hamda miqdorlarini qayta koʻrib chiqishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. | 7. Repertuar siyosatini tubdan yaxshilash va yangi asarlarni sahnalashtirish sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Moliya vazirligi yangi opera, drama, musiqa, badiiy hamda boshqa sanʼat asarlarini yaratganlik uchun toʻlanadigan mualliflik sahnalashtirish va ijrochilik haqi stavkalari hamda miqdorlarini qayta koʻrib chiqishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. |
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mintaqalarda gastrol-konsert faoliyatini jonlantirishga, teatr-konsert tashkilotlarining ijodiy va ishlab chiqarish faoliyatini oʻz daromadlari manbalari hamda homiylarni jalb etish hisobiga yaxshilashga yoʻnaltirilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar. | 8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mintaqalarda gastrol-konsert faoliyatini jonlantirishga, teatr-konsert tashkilotlarining ijodiy va ishlab chiqarish faoliyatini oʻz daromadlari manbalari hamda homiylarni jalb etish hisobiga yaxshilashga yoʻnaltirilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar. |
9. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligiga Madaniyat vazirligining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga gastrolga keluvchi jamoalar va alohida ijrochilarning transportda yurishi, yashashi, ovqatlanishi uchun milliy valyuta (soʻm)da haq olishga ruxsat berilsin. | 9. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligiga Madaniyat vazirligining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga gastrolga keluvchi jamoalar va alohida ijrochilarning transportda yurishi, yashashi, ovqatlanishi uchun milliy valyuta (soʻm)da haq olishga ruxsat berilsin. |
10. Respublika teatr-konsert tashkilotlariga taklif etilgan artistlarga va sahnalashtiruvchi guruhga shartnoma asosida yakka tartibdagi kontraktlar boʻyicha gonorar toʻlashga ruxsat berilsin. | 10. Respublika teatr-konsert tashkilotlariga taklif etilgan artistlarga va sahnalashtiruvchi guruhga shartnoma asosida yakka tartibdagi kontraktlar boʻyicha gonorar toʻlashga ruxsat berilsin. |
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin. | 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin. |
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV | Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
1995-yil 28-oktabr, | 1995-yil 28-oktabr, |
415-son | 415-son |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni joriy qilinadigan respublika teatr-konsert tashkilotlari va taʼlim muassasalari ROʻYXATI Qoraqalpogʻiston Respublikasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri “Ayqulash julduzlari” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli “Amu toʻlqini” Qoraqalpoq davlat folklor-etnografik ansambli “Gulzor” Qoraqalpoq davlat folklor ansambli Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Nukus filiali Toshkent shahri “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri Oʻzbek Milliy akademik drama teatri Oʻzbekiston davlat drama teatri Oʻzbekiston davlat satira teatri Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri Oʻzbekiston davlat qoʻgʻirchoq teatri Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi “Diydor” rejissorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasi “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi musiqali teatr-studiya Oʻzbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi hamda uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Oʻzbekiston Milliy simfonik, kamer va xalq cholgʻu orkestrlari jamoalari birlashmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar “Oʻzbekiston yosh isteʼdodlari” kamer orkestri “Soʻgʻdiyona” xalq cholgʻulari kamer orkestri Andijon viloyati Andijon viloyati musiqali drama teatri Andijon viloyati yoshlar teatri Andijon viloyati qoʻgʻirchoq teatri Buxoro viloyati Buxoro viloyati musiqali drama teatri Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatri Jizzax viloyati Jizzax viloyati musiqali drama teatri Jizzax viloyati qoʻgʻirchoq teatri Qashqadaryo viloyati Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri Namangan viloyati Namangan viloyati musiqali drama teatri Samarqand viloyati Samarqand viloyati musiqali drama teatri Samarqand viloyati rus drama teatri Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri Sirdaryo viloyati Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri Surxondaryo viloyati Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri Surxondaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri Fargʻona viloyati Fargʻona viloyati musiqali drama teatri Fargʻona viloyati rus drama teatri Fargʻona viloyati qoʻgʻirchoq teatri Qoʻqon shahar musiqali drama teatri Fargʻona viloyat Teatr-konsert saroyi Xorazm viloyati Xorazm viloyati musiqali drama teatri Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan respublika teatr-konsert tashkilotlari, taʼlim va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalar ROʻYXATI Qoraqalpogʻiston Respublikasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri “Ayqulash julduzlari” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli “Amu toʻlqini” Qoraqalpoq davlat folklor-etnografik ansambli “Gulzor” Qoraqalpoq davlat folklor ansambli Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Nukus filiali Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻzi ojizlar kutubxonasi Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Qoraqalpogʻiston Respublikasi hayvonot bogʻi Toshkent shahri Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri Oʻzbek Milliy akademik drama teatri Oʻzbekiston davlat drama teatri Oʻzbekiston davlat satira teatri Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatri Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti Respublika musiqa va sanʼat kolleji Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” davlat muassasasi Toshkent davlat konservatoriyasi huzuridagi musiqali teatr-studiya Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli Respublika koʻzi ojizlar kutubxonasi “Oʻzbekiston davlat sirki” davlat birlashmasi Toshkent zoologiya parki “Xalqlar doʻstligi” saroyi Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar* “Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi “Turon” harbiy teatri davlat muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli Andijon viloyati Andijon viloyati musiqali drama teatri Andijon viloyati yoshlar teatri Andijon viloyati qoʻgʻirchoq teatri Andijon viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Andijon viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Andijon viloyati hayvonot bogʻi Buxoro viloyati Buxoro viloyati musiqali drama teatri Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatri Buxoro viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Buxoro viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Buxoro viloyati hayvonot bogʻi Buxoro madaniyat saroyi” davlat muassasasi Jizzax viloyati Jizzax viloyati musiqali drama teatri Jizzax viloyati qoʻgʻirchoq teatri Jizzax viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Jizzax viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Jizzax viloyati hayvonot bogʻi Qashqadaryo viloyati Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri Qashqadaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qashqadaryo viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Qashqadaryo viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Qashqadaryo viloyati hayvonot bogʻi Navoiy viloyati Navoiy viloyati musiqali drama teatri Navoiy viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Navoiy viloyati qoʻgʻirchoq teatri Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Navoiy viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Navoiy viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Navoiy viloyati hayvonot bogʻi Namangan viloyati Namangan viloyati musiqali drama teatri Namangan viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Namangan viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Namangan viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Namangan viloyati hayvonot bogʻi Namangan viloyati qoʻgʻirchoq teatri Samarqand viloyati Samarqand viloyati musiqali drama teatri Samarqand viloyati rus drama teatri Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri Samarqand viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Samarqand zoologiya bogʻi Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Samarqand viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Samarqand viloyati hayvonot bogʻi Sirdaryo viloyati Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri Sirdaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Sirdaryo viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Sirdaryo viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Sirdaryo viloyati hayvonot bogʻi Sirdaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri Surxondaryo viloyati Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri Surxondaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri Surxondaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Termiz hayvonot bogʻi “Surxondaryo sanʼat saroyi” davlat muassasasi Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Respublika baxshichilik sanʼati markazi Surxondaryo viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Toshkent viloyati Toshkent viloyati musiqali drama teatri Toshkent viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Toshkent viloyati qoʻgʻirchoq teatri Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Toshkent viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Toshkent viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Toshkent viloyati hayvonot bogʻi Fargʻona viloyati Fargʻona viloyati musiqali drama teatri Fargʻona viloyati rus drama teatri Fargʻona viloyati qoʻgʻirchoq teatri Qoʻqon shahar musiqali drama teatri Islom Karimov nomidagi Fargʻona viloyati teatr-konsert saroyi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona viloyati filiali Fargʻona viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Fargʻona hayvonot bogʻi Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Fargʻona viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar “Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi huzuridagi Margʻilon shahar musiqali maqom teatri” davlat muassasasi Fargʻona viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Xorazm viloyati Xorazm viloyati musiqali drama teatri Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri Xorazm viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Xorazm viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Xorazm viloyati hayvonot bogʻi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmoni joriy etiladigan teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlarining, teatr sanʼati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi oʻquv yurtlarining rahbarlari, professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlarining lavozimlari roʻyxati I. Artistlar 1. Sahnaning yetakchi ustalari 2. Barcha toifadagi balet artistlari 3. Barcha toifadagi vokal artistlar (opera solistlari) 4. Barcha toifadagi xor artistlari 5. Barcha toifadagi orkestr artistlari 6. Barcha toifadagi drama artistlari 7. Yordamchi tarkib artistlari II. Badiiy xodimlar 1. Badiiy rahbar 2. Direktor, direktor oʻrinbosari 3. Bosh rejissor, bosh dirijor, bosh rassom, bosh xormeyster, bosh baletmeyster 4. Sahnalashtiruvchi rejissor, sahnalashtiruvchi baletmeyster, sahnalashtiruvchi rassom, sahnalashtiruvchi dirijor, dirijor, baletmeyster, rassom, xormeyster 5. Vokal konsertmeysteri, balet konsertmeysteri, akkompaniator, akkompaniator-konsertmeyster, adabiy qism, musiqiy qism, badiiy-sahnalashtirish qismi, truppa mudirlari, badiiy rahbar yordamchisi, bosh rejissor yordamchisi 6. Vokal repetitori, balet repetitori, ovoz rejissori, nutq texnikasi repetitori 7. Ishlab chiqarish ustaxonasi, sex mudirlari 8. Bezakchi rassom, rassom, dekorator-butafor, pardozchi, kostumchi, rekvizitor, tikuvchi, bichuvchi, rejissor yordamchisi, assistent, suflyor, poyabzalchi, elektr yorituvchi, ovoz yozish operatori, montajchi va sahna mashinisti 9. Katta iqtisodchi, iqtisodchi, bosh buxgalter, buxgalter, kassir, barcha mutaxassisliklar boʻyicha katta texniklar, ovoz yozish operatori, katta inspektor, inspektor III. Oʻquv yurtlari 1. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti va uning Nukus filiali, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi rahbarlari, professor-oʻqituvchilari, konsertmeysterlari; 2. Madaniyat va sanʼat yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻqituvchilari, konsertmeystrlari hamda Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Teatr-konsert va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarning maʼmuriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, badiiy, artist, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, shuningdek, mutaxassislarining, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda konsertmeysterlarning lavozimlari roʻyxati I. Maʼmuriy-boshqaruv xodimlari 1. Bosh direktor (direktor), bosh direktorning oʻrinbosari (direktor oʻrinbosari), menejer 2. Bosh buxgalter (bosh buxgalter oʻrinbosari), bosh muhandis, bosh zoomuhandis, bosh energetik, bosh maʼmur, bosh zootexnik, bosh fondlar saqlovchisi 3. Sex boshligʻi, boʻlim boshligʻi 4. Boʻlim mudiri, libosxona mudiri, chipta byurosi mudiri, ombor mudiri, ozuqa oshxonasi mudiri, veterinariya klinikasi mudiri, dorixona mudiri, filial mudiri II. Badiiy-rahbar xodimlar 1. Badiiy rahbar 2. Bosh rejissor, bosh dirijer, bosh baletmeyster, bosh xormeyster, bosh rassom 3. Truppa mudiri, badiiy-sahnalashtirish qismi mudiri, adabiy qism mudiri, musiqiy qism mudiri III. Badiiy xodimlar 1. Sahnalashtiruvchi rejissor, sahnalashtiruvchi baletmeyster, sahnalashtiruvchi rassom 2. Modelyer rassom, bezakchi rassom, chiroq boʻyicha rassom, qoʻgʻirchoqshunos, oʻyinchoq-qoʻgʻirchoqlar bezatuvchisi, dekorator 3. Dirijor, xormeyster, baletmeyster 4. Vokal sinfi boʻyicha konsertmeyster, balet sinfi boʻyicha konsertmeyster 5. Balet repetitori, vokal repetitori, sirk nomerlari repetitori 6. Rejissor, rejissor yordamchisi 7. Xormeyster yordamchisi, dirijor yordamchisi, baletmeyster yordamchisi 8. Ovoz rejissori, ovoz operatori 9. Tashkilotchi pedagog (repetitor), manej inspektori IV. Artist xodimlar 1. Yetakchi sahna ustasi 2. Barcha toifalardagi balet artisti 3. Barcha toifalardagi artist-vokalchi (yakkaxon xonanda) 4. Barcha toifalardagi xor artisti 5. Barcha toifalardagi (simfoniya, kamer) orkestr artisti 6. Barcha toifadalargi drama artisti 7. Barcha toifalardagi instrumental artist 8. Barcha toifalardagi barcha janrlardagi sirk artisti 9. Yordamchi tarkib artisti V. Mutaxassislar 1. Barcha toifadagi buxgalter, iqtisodchilar 2. Muhandis 3. Barcha nomdagi mutaxassislar 4. Matbuot kotibi, maʼmur, assistent, kadrlar boʻyicha inspektor 5. Vrach, veterinar vrach (feldsher), bioximik vrach, toksikolog vrach, laborant 6. Barcha toifalardagi agronomlar va zootexniklar 7. Barcha toifalardagi ilmiy xodimlar va metodistlar 8. Fondlarni saqlovchilar 9. Barcha toifalarlardagi kutubxonachilar, bibliograflar, veb-dasturchilar va ekskursovodlar VI. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar 1. Butafor, grimchi-postijer, kostumchi, uniformist 2. Poyabzalchi, tikuvchi, bichuvchi, kassir, chiptachi-kassir, musiqa asboblarini sozlovchi 3. Sahna mashinisti, sahna montajchisi, yorituvchi, kutubxonachi (nota boʻyicha) 4. Otlar murabbiylari 5. Yirtqich hayvonlar va hayvonlarga qarovchi ishchi VII. Taʼlim muassasalari 1. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda uning filiallari, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining rektorlari, prorektorlari, dekanlari, konsertmeysterlari va professor-oʻqituvchilari, R. Glier va V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk, Respublika musiqa va sanʼat kolleji, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktorlari, direktor oʻrinbosarlari, oʻqituvchi va konsertmeysterlari tarkibi. 2. Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xodimlari * Ushbu tashkilotlarga kiradigan jamoalar uchun uzoq muddat uzluksiz xizmati davri jamoa xodimlarining Madaniyat vazirligi tizimidagi umumiy ish stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. |