Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018 10.10.1995 yildagi 393-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ va suv XOʻJALIGI VAZIRLIGINING ChORVAChILIKDA NASLChILIK IShLARI DAVLAT bosh INSPEKSIYASI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat Bosh inspeksiyasi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 10-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
393-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 10-oktabrdagi 393-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat Bosh inspeksiyasi toʻgʻrisida
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari Davlat Bosh inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Inspeksiya” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-iyuldagi 268-son qaroriga asosan tashkil etilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Inspeksiya Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining davlat budjetidagi mustaqil tuzilmasi va ayni bir vaqtda respublika dehqonchilik majmuining idoralararo organi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Inspeksiya tarkibiga boshqaruv apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyalari kiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlisning boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼati qarorlari va buyruqlariga, ushbu Nizomga va boshqa meʼyoriy hujjatlarga amal qiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Inspeksiya, mulkchilik shakli va qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, respublikadagi chorvachilik bilan shugʻullanadigan xoʻjaliklar, korxonalar, tashkilotlarda, shuningdek dehqon xoʻjaliklarida naslchilik ishlarining olib borilishini va ular tomonidan meʼyoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilib boradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, u belgilangan tartibda mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob schyotlariga, gerbli dumaloq muhrga, burchakli va boshqa shtamplarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Inspeksiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilikda naslchilik ishlariga oid qonunchilik hujjatlarini tayyorlashda faol ishtirok etish va davlat dasturini ishlab chiqish, ularning bajarilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoʻnalishlarini belgilash va ularga baho berish, fan yutuqlari va ilgʻor tajribani ishlab chiqarishga tatbiq qilishni nazorat etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, nasldor mollar yetkazib beruvchilar va oluvchi korxonalar tomonidan chorva mollarining sifat (nasl) koʻrsatkichlari toʻgʻri aniqlanganligini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi hayvonlari zotini yaxshilash, ularning mahsuldorligini oshirish, naslchilik ishlarini rivojlantirishga doir takliflarni oʻrganib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va tegishli idoralarga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naslchilik zavodi, naslchilik xoʻjaligi va naslchilik fermalarini davlat attestatsiyasidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nasldor mollardan oqilona foydalanish, hayvonlarni hamda ularning urugʻlarini eksport va import qilish ustidan nazorat oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nasldor chorva mollari yetishtiruvchi va nasldor mollarni ayirboshlashni amalga oshiruvchi chet el firmalari bilan oʻz vakolati doirasida shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva mollarini sunʼiy qochirish va koʻpaytirish, nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini hamda biotexnologik usullarni yaxshilash boʻyicha qoʻllanmalar, uslubiy tavsiyanomalar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni tayyorlash va joylarga yetkazish, yuqori mahsuldor mollar kataloglari, byulletenlari va davlat naslchilik kitoblarini tuzish va nashr qilishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seleksiya yutugʻi ekspertizasi va sinovini belgilangan tartibda oʻtkazish;
(7-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 643-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qarori bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naslchilik mahsuloti (materiallari)ga belgilangan tartibda sertifikatlar berish;
(7-band oʻn birinchi xatboshi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 111-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilikda naslchilik ishlari boʻyicha hisobga olish va hisobotlarni yuritishni nazorat qilish hamda axborotlarni belgilangan tartibda davlat statistika organlariga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naslchilik zavodi, xoʻjaligi va fermalarida zamonaviy usullar bilan mollarning mahsuldorligini oshirish, nasldorlik sifatlarini takomillashtirish, hisobga olish va hisobot ishlarini yuritish, mollarni belgilar majmui boʻyicha baholash (bonitirovka) yuzasidan nazorat qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naslchilik xizmati mutaxassislari malakasini oshirish, nasldor mollar koʻrgazmalari va kimoshdi savdolarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilikda naslchilik ishlarini rivojlantirishda, mollarni sunʼiy qochirishning ilgʻor usullarini keng joriy qilishda zarur boʻlgan asbob-uskunalar, anjom va boshqa vositalarga ehtiyojlarni aniqlash va belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli takliflar kiritish uchun chorvachilikda naslchilik ishlarining moliyaviy taʼminotiga doir hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan birgalikda naslchilik ishlarida foydalaniladigan texnologiya asbob-uskunalarni ishlab chiqarishda va import boʻyicha sotib olishda, yangi texnologik asbob-uskunalar va maxsus transportlar yaratilishida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat, idoraviy va xususiy sektorlarda naslchilik ishlari mutaxassislari faoliyatini nazorat qilish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi hayvonlarini zoti boʻyicha joylashtirish rejalarining bajarilishini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva naslchiligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida chet el chorva naslchiligi tashkilotlari bilan oʻzaro manfaatdorlik asosida hamkorlikni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga kiritish uchun, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha toifadagi xoʻjaliklarda, shu jumladan, dehqon xoʻjaliklarida naslchilik ishlarini tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha qishloq xoʻjaligi oʻquv yurtlarida chorva naslchiligi boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer va dehqon xoʻjaliklari uchun chorva naslchiligi xizmati koʻrsatishni tashkil etish.
(7-bandning yigirma ikkinchi va yigirma toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Inspeksiyaning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Inspeksiya quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha xoʻjaliklarida chorvachilikda naslchilik ishlari boʻyicha ishlab chiqilgan tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida va Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarida naslchilik ishlari boʻyicha davlat inspeksiyalari hisobotlarini eshitish;
(8-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya komissiyasining takliflari asosida naslchilik xoʻjaliklari roʻyxatini qayta koʻrib chiqish va unga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva naslchiligi, chorva mollarini sunʼiy qochirish boʻyicha yangi texnologik qoʻllanmalar yaratilishi, shuningdek, asbob-uskunalar va jihozlardan foydalanish ustidan nazorat oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hech qanday zotga mansub boʻlmagan va naslchilik sifati boʻyicha tekshirilmagan mollardan podani toʻldirishda foydalanishni taqiqlash, genetik usullarni qoʻllab mollarning kelib chiqishini aniqlab borishni nazorat qilish, shuningdek, noyob va qimmatbaho naslchilik materiallarining respublikadan chetga olib ketilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shaklidan va qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, chorvachilik bilan shugʻullanadigan barcha xoʻjaliklarga, yordamchi xoʻjaliklarga, korxonalarga, muassasalarga, aholining fermer va dehqon xoʻjaliklariga moneliksiz kirish, zarur boʻlgan maʼlumotlarni talab qilish;
(8-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birgalikdagi tekshiruvlarga korxonalar, muassasalar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari mutaxassislarini jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Inspeksiyaga rahbarlik qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari Bosh Davlat inspeksiyasiga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tayinlanadigan boshliqlar rahbarlik qiladilar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Chorvachilikda naslchilik ishlari Davlat inspektorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Chorvachilikda naslchilik ishlari Davlat inspektorlariga barcha toifadagi xoʻjaliklarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralari, tashkilot, muassasa, korxonalar, mulkchilik shaklidan va qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, shuningdek, fermer va xususiy shaxslar tomonidan olib boriladigan chorvachilikdagi naslchilik ishlarining bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Inspeksiyasining boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilikda naslchilik ishlari boʻyicha bosh davlat inspektori, uning oʻrinbosari — bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadilar.
(11-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Chorvachilikda naslchilik ishlari Davlat inspeksiyasining boshligʻi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspektori hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar hokimliklari huzuridagi Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyalarining boshliqlari viloyatlar bosh davlat inspektorlari, inspeksiya mutaxassislari — viloyat davlat inspektorlari hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Inspeksiyasining boshligʻi oʻz vakolati doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va oʻziga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun masʼul boʻlib, xodimlar oʻrtasida, ularning lavozimlariga muvofiq ravishda, vazifalarni taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha barcha muassasa va tashkilotlarda ishonchnomasiz vakillik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
naslchilik ishlari boʻyicha hisobga olish va hisobotlarni yuritish tartibi buzilishlari aniqlangan taqdirda naslchilik korxona, xoʻjalik, zavod, ferma, fermer va dehqon xoʻjaliklaridan naslchilik materiallari sotishni taqiqlab qoʻyadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi topshiriqlarining belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini taʼminlaydi, shuningdek, Vazirlikning boshqa boʻlinmalari tomonidan Inspeksiya faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha zarur hujjatlar va materiallarni tayyorlashda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha toifadagi xoʻjaliklarda Inspeksiya nomidan amaldagi qonunlarga va mazkur Nizomga muvofiq ish yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilikda naslchilik ishlarini yuritish qoidalariga amal qilmagan mansabdor shaxslarni, shuningdek, nasldor chorva mollarining egalarini Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq intizomiy, moddiy va maʼmuriy javobgarlikka tortish masalalarini qoʻyadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, tashkilotlarga, muassasalarga, korxonalarga, mulkchilik shaklidan va qaysi idoraga qarashliligidan qatʼi nazar, barcha xoʻjaliklarga chorva naslchiligi boʻyicha qilinishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan koʻrsatmalar beradi.
(12-bandning birinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosari vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan Inspeksiya vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan hayʼat majlislarida, kengashlarda belgilangan tartibda qatnashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Inspeksiyani tugatish va qayta tuzish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.