Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KORXONALARIDA QOGʻOZ, KARTON, OʻRASh-JOYLASh MATERIALLARI IShLAB ChIQARIShNI KOʻPAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 20-iyundagi 257-sonli “Respublika qogʻoz sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika xalq xoʻjaligining qogʻoz, karton va oʻrash-joylash materiallariga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash, korxonalarning ularni ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasiga korxonalarning qogʻoz, karton, oʻrash-joylash materiallarini ishlab chiqarish va makulatura tayyorlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirib borish yuklatilsin.
2. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi bir oy muddatda, belgilangan tartibda Angren “Sanoatkartonsavdo” ishlab chiqarish-savdo birlashmasini, Toshkent “Ikkilamchiresurslar” korxonasini hamda viloyatlar tayyorlov tashkilotlarini asosiy va aylanma mablagʻlari hamda yonilgʻi-moylash materiallariga limitlari bilan “Oʻzbekmebel” birlashmasiga bersin.
3. “Oʻzbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasi (Maqsudov):
2 oy muddatda barcha shaharlarda, zarurat boʻlganda esa tumanlar markazlarida aholidan makulatura qabul qilib olish punktlari tashkil etsin, shuningdek, uni toʻplashni respublikaning barcha korxonalari va tashkilotlarida yoʻlga qoʻysin;
qogʻoz, karton, oʻrash-joylash materiallari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun respublikada sellyuloza chiqarishni tashkil etish boʻyicha takliflarni oʻn kun muddatda tayyorlasin hamda keyinchalik respublika investitsiya dasturiga kiritish uchun “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga taqdim etsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari makulatura qabul qilish punktlari tashkil etish uchun “Oʻzbekmebel” birlashmasiga binolar ajratish masalasini hal qilsinlar, makulatura toʻplashda zarur yordam koʻrsatsinlar.
5. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-yanvardagi 47-son qarorining 1 va 8-bandlarini qisman oʻzgartirgan holda, “Oʻzbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasi tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari, korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq hamda birlashmaning boshqaruv apparati tuzilmasi (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 41 nafardan iborat qilib 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Sellyuloza, qogʻoz, karton ishlab chiqarish hamda makulatura tayyorlash ishlarini tashkil etish uchun “Oʻzbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasiga, xodimlarning belgilangan soni doirasida, qoʻshimcha ravishda boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Xalq isteʼmol mollari va pulli xizmatlar koʻrsatish boʻlimiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 20-yanvar,
13-son
“Oʻzbekmebel” Oʻzbekiston davlat-aksionerlik birlashmasi tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari, korxonalar va tashkilotlar
ROʻYXATI
“Toshkent” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (“Toshkent” MIB)
“Sirgʻali MIB” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Mebel” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (“Mebel” IIB)
“Oʻzqogʻoz” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (“Oʻzqogʻoz” AK)
“Toshoyna” yopiq turdagi aksionerlik jamiyati (“Toshoyna” AB)
“Tajriba-texnika zavodi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Shinam” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (Olmaliq mebel kombinati)
Ishlab chiqarish-tijorat shirkati (“Yangiyoʻl” ITSh)
“Olmazormebel” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Fargʻonamebel” jamoa korxonasi
“Qoʻqon mebel fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Quvamebel” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Andijonmebel” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Namangan” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Samarqand MIB” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Nukus mebel fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Urganch mebel fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Shoʻrchi mebel fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Andijon mebel kombinati” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Beruniy mebel fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
“Respublika hisoblash markazi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati (RHM)
“Toshkent montaj-sozlash boshqarmasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati-jamoa korxonasi (ToshMSB)
“Oʻzmebeltrans” ijara respublika ishlab chiqarish avtotransport birlashmasi
“Toshkent mebel fabrikasi” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati
Tuzatish-qurilish boshqarmasi (TQB) Buxoro mebel fabrikasi
Honqa mebel fabrikasi
Beshariq mebel fabrikasi
Jizzax mebel fabrikasi
Rishton mebel fabrikasi
“Progress” uyushmasi
“Shans” brokerlik firmasi
“Toshkent yogʻoch qirqish asboblari zavodi”
Ishchilar taʼminoti boshqarmasi
Qoraqalpogʻiston ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Angren “Sanoatkartonsavdo” ishlab chiqarish-savdo birlashmasi
Andijon ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Buxoro ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Jizzax ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Qashqadaryo ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Namangan ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Samarqand ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Surxondaryo ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Sirdaryo ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Fargʻona ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
“Qoʻqon ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Xorazm ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Navoiy ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Toshkent viloyati ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Toshkent shahar ishlab chiqarish-tayyorlash korxonasi
Toshkent “Ikkilamchiresurslar” korxonasi
“Oʻzbekmebel” Oʻzbekiston davlat-aksionerlik birlashmasi ishchi apparatining
TUZILMASI
Rahbariyat
Marketing, ishlab chiqarishni rivojlantirish, iqtisodiy tahlil va istiqbolni belgilash boʻlimi
Mahalliy xomashyo resurslari va ikkilamchi xomashyodan foydalanish va ularni tayyorlash boʻlimi
Moliya, hisobga olish va hisobot boʻlimi
Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimi
Investitsiyalar va texnika bilan qayta jihozlash boʻlimi
Xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻlimi
Ishlar boshqarmasi