Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.04.1997 yildagi 207-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOShKENT IXTISOSLAShTIRILGAN XOTIN-QIZLAR KOLLEJINI TAShKIL ETISh TO‘FRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yosh avlodni sog‘lomlashtirish muammolarini kompleks hal etish to‘g‘risida” 1993-yil 3-dekabrdagi 589-son va “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 22-fevraldagi 71-son qarorlarini bajarish yuzasidan hamda ushbu ixtisoslikdagi kadrlarni tayyorlashni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, yoshlar “Kamolot” jamg‘armasining Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kollejini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kolleji yuridik shaxs huquqi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi sohalar bo‘yicha kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kolleji faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquq xotin-qizlar va bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam berishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlarni kompyuter yordamida ishlash va tibbiy-ijtimoiy yordam berish sohasida statistika;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot va ijtimoiy ta’minotni prognozlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining maqsadi va vazifalariga muvofiq sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kollejning Nizomini va tuzilmasini, mutaxassisliklar ro‘yxatini, mutaxassislar tayyorlashga oid o‘quv dasturlari va rejalarini bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kollejni yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kollejga uning o‘quv-laboratoriya bazasini o‘qitishning zamonaviy vositalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlashda moddiy hamda tashkiliy-texnik jihatdan muntazam ravishda yordam berib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, yoshlarning “Kamolot” jamg‘armasi yangidan tashkil etilgan kollejga doimiy ravishda zarur o‘quv-uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatib turadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kollejini Toshkent shahar, Kox ota ko‘chasidagi 75-uyga joylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Moliya vazirligi 1997-yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi uchun budjetda nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan kollejni saqlash, uning o‘quv xonalarini mukammal tuzatish va jihozlash uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 22-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207-son