1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Diplomatik korpus, xalqaro, respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifni tashkil etish tartibini, shu jumladan, tashrifni tashkil etishga ruxsat berish tartib-taomillari hamda rad etish asoslarini nazarda tutuvchi Diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 19-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-fevraldagi 85-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga (keyingi oʻrinlarda — JIEM) tashrifini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalar, Konsullik munosabatlari toʻgʻrisidagi Vena Konvensiyasi (1963-yil 24-aprel, Vena), Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksi, ushbu Nizom, shuningdek, jazoni ijro etish tizimi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilovchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar JIEMga diplomatik korpus, xalqaro hamda mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarini tashrifi uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. JIEMga tashrifni tashkil etish diplomatik korpus, xalqaro hamda mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarining ushbu Nizom bilan belgilangan instansiyalarga yuborilgan murojaati asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari JIEMga tashrifga ruxsat olish uchun Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — JIED) yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari JIEMga tashrif uchun JIEDga yuboriladigan murojaat xatida JIEMga kirish vaqti va maqsadi, uchrashuvda qatnashuvchi shaxs (shaxslar) hamda uchrashiladigan mahkum (mahkumlar)ning familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda quyidagilarni ilova qiladilar:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIEMga kiruvchi shaxs (shaxslar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, ID-kartasi yoki boshqa hujjatlar) nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlarida davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi guvohnoma nusxasi (nodavlat notijorat tashkilotlar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifini tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. JIEMga kirishga ruxsat olish toʻgʻrisidagi murojaat u tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida JIEBB tomonidan koʻrib chiqiladi hamda natijasi boʻyicha murojaat qiluvchiga yozma (elektron) xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Murojaat ijobiy hal etilgan taqdirda, JIEMga kirish vaqti va soati murojaat qiluvchi bilan oldindan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. JIEMga kirish uchun ruxsat olish haqidagi murojaat quyidagi asoslarga koʻra JIED tomonidan rad etilishi mumkin:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylik va huquq-tartibotni, shuningdek, tezkor vaziyat keskinlashganda (mahkumlar va boshqa shaxslarning hayotiga jiddiy xavf paydo boʻlganda) mahkumlar, xodimlar, harbiy xizmatchilar va muassasa hududidagi boshqa shaxslarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldingi tashriflar mobaynida tartibbuzarlik holatlari sodir etilganligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashrif buyuruvchilar tomonidan yolgʻon maʼlumot taqdim qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofatlar va texnogen tusdagi vaziyatlar) hamda karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi davrida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat qiluvchi JIEBBning JIEMga kirish uchun ruxsatni rad etish toʻgʻrisidagi javobidan norozi boʻlgan taqdirda, yuqori turuvchi organga yoki sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga kirishini tashkil etish JIED va JIEM masʼul xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. JIEM maʼmuriyati rejalashtirilgan tashrif haqida tegishli koʻrsatma olganidan soʻng uning belgilangan muddatda oʻtkazilishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga rejalashtirilgan tashrifida (uchrashuvida) JIED masʼul xodimlari ham ishtirok etishi mumkin.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifi belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda haftaning ish kunlarida (dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan soat 19:00 gacha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istisno tariqasida tashrif (uchrashuv)lar diniy rasm-rusumlarni amalga oshirish zarurati tugʻilganda dam olish kunlari (soat 09:00 dan soat 15:00 gacha) ham tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan mahkumlar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan uchrashuv (tashrif)lar JIEMning masʼul xodimlari nazorati ostida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashrif buyuruvchilar JIEMning ichki tartib-qoidalarini buzgan hollarda uchrashuv muddatidan oldin toʻxtatiladi va tashrif buyuruvchilar muassasa hududidan chiqarib yuboriladi. Bunday hollarda JIEM maʼmuriyati JIEDni, JIED esa, oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini rasmiy ravishda xabardor qiladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirish, ulardan intervyu olish ularning yozma roziligi, mahkumlar xavfsizligi va qoʻriqlanishini taʼminlovchi obyektlarni tasvirga olish esa — JIEM ruxsati asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi va Jinoyat-ijroiya kodeksiga asosan beriladigan uchrashuvlar hisobiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Jazoni oʻtayotgan mahkumlar tomonidan respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv yozma ravishda rad qilingan hollarda JIEM maʼmuriyati bu haqida JIEDga xabar beradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. JIEMga tashrif buyurish uchun diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga, Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan tashkilotlar esa — Adliya vazirligiga tegishli murojaatnomani yuborishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatda JIEMga kirish vaqti va maqsadi, uchrashuvda qatnashuvchi shaxs (shaxslar) va uchrashadigan mahkum (mahkumlar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi JIEMga tashrif haqidagi murojaatni olgach, uni besh ish kunida koʻrib chiqadi hamda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun JIEDga yuboradi va unda tegishli akkreditatsiya borligini, zarur hollarda esa — tashrif oʻtkazilishining maqsadga muvofiqligini koʻrsatadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Xorijiy davlatlarning konsullik muassasalari mansabdor shaxslarining oʻz davlatlarining fuqarolari boʻlgan mahkumlar bilan uchrashuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaatnomasi soʻzsiz ijobiy hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qamoqqa olingan shaxs tergov, prokuratura yoki sud idoralari ixtiyorida boʻlgan hollarda JIED tomonidan murojaat qiluvchining soʻrov xati tegishlicha tergov, prokuratura yoxud sud idoralariga uch kun muddat ichida yuboriladi hamda bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligiga maʼlum qilinadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. JIEBB murojaat haqidagi soʻrov xatini olgan kundan eʼtiboran besh kun mobaynida murojaatni koʻrib chiqadi. Zarur hollarda tekshiruv tadbirlari amalga oshiriladi va tashrifning maqsadga muvofiqligi oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatlar JIED tomonidan tegishligi boʻyicha boshqa manfaatdor tashkilotlarga ham yuboriladi hamda ularning fikr va mulohazalari murojaatni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qaror qabul qilishda inobatga olinadi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Murojaatni koʻrib chiqish natijalari haqida JIED tashrif buyuruvchini xabardor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoki Adliya vazirligiga tegishli maʼlumotni yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JIED ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, tashrif haqidagi murojaatni rad etib, bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligiga yozma (elektron) xabarnoma joʻnatadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi JIEDning tegishli javobini olganidan soʻng besh kun muddatda murojaat muallifiga bu haqida maʼlum qiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Murojaat qiluvchi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligidan javob xatini olganidan soʻng masala ijobiy hal etilgan taqdirda, muassasaga tashrif sanasi va vaqtini JIED bilan kelishadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. JIEM maʼmuriyati rejalashtirilayotgan tashrif toʻgʻrisida tegishli xabar olganidan soʻng uning belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga rejalashtirilgan tashrifida (uchrashuvida) JIED masʼul xodimlari ham ishtirok etishi mumkin.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifi belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda haftaning ish kunlarida (dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan soat 19:00 gacha) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan mahkumlar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan uchrashuv (tashrif)lar JIEMning masʼul xodimlari nazorati ostida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashrif buyuruvchilar JIEMga kirish qoidalarini, shu jumladan, ichki tartib-qoidalarni buzgan taqdirda, JIEM maʼmuriyati tomonidan uchrashuv muddatidan oldin toʻxtatiladi va tashrif buyuruvchilar muassasa hududidan chiqarib yuboriladi va bu haqida JIEDga zudlik bilan axborot beriladi. JIED tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi bundan xabardor qilinadi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tashrif mobaynida diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalar vakillarining jazoni oʻtayotgan mahkumlar bilan uchrashuvi JIEMning ichki tartib-qoidalari talablariga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat chogʻida qamoq va JIEMda qonunchilikka rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuror, shuningdek, mahkum va qamoqqa olinganlarga nisbatan sud-tergov jarayonini olib borayotgan idoralarning vakillari qatnashishi mumkin, Konsullik munosabatlari toʻgʻrisidagi Vena Konvensiyasida (1963-yil 24-aprel, Vena) belgilangan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirish, ulardan intervyu olish ularning yozma roziligi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkumlarning xavfsizligi va qoʻriqlanishini taʼminlovchi obyektlarni tasvirga tushirish JIED yoki JIEMning oldindan (tashrifdan oldin) olingan ruxsati asosida amalga oshirilishi mumkin.
(29-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi va Jinoyat-ijroiya kodeksi talablariga asosan beriladigan uchrashuvlar hisobiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Jazoni oʻtayotgan mahkumlar tomonidan diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv yozma ravishda rad qilingan hollarda JIEM maʼmuriyati bu haqida JIEDga xabar beradi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. JIEMga tashrif natijalari boʻyicha tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan hamkorlikda matbuot konferensiyalari, brifinglar va boshqa axborot-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining ushbu Nizomda nazarda tutilgan masalalar boʻyicha murojaatlari tushgan hollarda JIED tomonidan yozma (elektron) murojaatlarni (murojaat qiluvchining akkreditatsiyasi yoki roʻyxatga olinganligiga qarab) bir ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligiga yuboriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat va notijorat tashkilotlar, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Tashrif buyuruvchi
1. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari JIEMga tashrifga ruxsat olish uchun Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — JIED) yozma yoki elektron shaklda murojaat yuboradi.
2. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari JIEMga tashrif uchun JIEDga yuboradigan murojaat xatida JIEMga kirish vaqti va maqsadi, uchrashuvda qatnashuvchi shaxs (shaxslar) hamda uchrashadigan mahkum (mahkumlar)ning familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda, quyidagilarni ilova qiladi:
JIEMga kiruvchi shaxs (shaxslar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, ID-kartasi yoki boshqa hujjatlar) nusxasi;
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlarida davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi guvohnoma nusxasi (nodavlat notijorat tashkilotlar uchun);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi guvohnoma nusxasi (ommaviy axborot vositalari vakillari uchun);
JIEMga kirishga ruxsat olish toʻgʻrisida murojaat tushgan kundan boshlab u JIED tomonidan oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi hamda natijasi boʻyicha murojaat qiluvchiga yozma (elektron) xabar yuboriladi.
15 kun mobaynida
3-bosqich
IIV JIED
Murojaat ijobiy hal etilgan taqdirda, JIEMga kirish vaqti va soati murojaat qiluvchi bilan oldindan kelishiladi.
Belgilangan muddatda
4-bosqich
IIV JIED
JIEMga kirish uchun ruxsat olish haqidagi murojaat quyidagi asoslarga koʻra JIED tomonidan rad etilishi mumkin:
qonuniylik va huquq-tartibotni, shuningdek, tezkor vaziyat keskinlashganda (mahkumlar va boshqa shaxslarning hayotiga jiddiy xavf paydo boʻlganda) mahkumlar, xodimlar, harbiy xizmatchilar va muassasa hududidagi boshqa shaxslarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida;
oldingi tashriflar mobaynida tartibbuzarlik holatlari sodir etilganligi aniqlanganda;
tashrif buyuruvchilar tomonidan yolgʻon maʼlumot taqdim qilinganda;
favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofatlar va texnogen tusdagi vaziyatlar) hamda karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi davrida.
Tashrif davomida
5-bosqich
Tashrif buyuruvchi
Murojaat qiluvchi JIEDning JIEMga kirish uchun ruxsatni rad etish toʻgʻrisidagi javobidan norozi boʻlgan taqdirda, yuqori turuvchi organga yoki sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Norozi boʻlgan vaqtda
6-bosqich
IIV JIED
Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga kirishini tashkil etish JIED va JIEM masʼul xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Tashrif davomida
7-bosqich
IIV JIED
JIEM maʼmuriyati rejalashtirilgan tashrif haqida tegishli koʻrsatma olganidan soʻng uning belgilangan muddatda oʻtkazilishini tashkil etadi.
Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga rejalashtirilgan tashrifida (uchrashuvida) JIED masʼul xodimlari ham ishtirok etishi mumkin.
Tashrif davomida
8-bosqich
IIV JIED
Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifi belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda haftaning ish kunlarida (dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan soat 19:00 gacha amalga oshiriladi.
Tashrif davomida
9-bosqich
IIV JIED
1. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan mahkumlar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan uchrashuv (tashrif)lar JIEMning masʼul xodimlari nazorati ostida oʻtkaziladi.
2. Tashrif buyuruvchilar JIEMning ichki tartib-qoidalarini buzgan hollarda uchrashuv muddatidan oldin toʻxtatiladi va tashrif buyuruvchilar muassasa hududidan chiqarib yuboriladi. Bunday hollarda JIEM maʼmuriyati JIEDni, JIED esa oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini rasmiy ravishda xabardor qiladi.
Tashrif davomida
10-bosqich
IIV JIED
Jazoni oʻtayotgan mahkumlar tomonidan respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar ham?a ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv yozma ravishda rad qilingan hollarda JIEM maʼmuriyati bu haqida JIEDga xabar beradi.
Zudlik bilan
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomatik korpus, xalqaro hamda mahalliy nodavlat va notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat va notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Tashrif buyuruvchi
1. JIEMga tashrif buyurish uchun diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalar vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi�a roʻyxatdan oʻtgan tashkilotlar esa tegishligicha Adliya vazirligiga tegishli murojaatnomani yuborishlari lozim.
2. Murojaatda JIEMga kirish vaqti va maqsadi, uchrashuvda qatnashuvchi shaxs (shaxslar) va uchrashadigan mahkum (mahkumlar)ning familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilishi lozim.
Zarurat tugʻilganda
2-bosqich
Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi JIEMga tashrif haqidagi murojaatni olgach, uni besh ish kunida koʻrib chiqadi hamda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun JIEDga yuboradi va unda tegishli akkreditatsiya borligini, zarur hollarda esa — tashrif amalga oshirilishining maqsadga muvofiqligini koʻrsatadi.
5 kun muddatda
3-bosqich
IIV JIED
1. JIED tomonidan murojaat haqidagi soʻrov xati olingandan soʻng besh kun ichida uni koʻrib chiqadi, zarur hollarda tekshiruv tadbirlarini amalga oshiradi va tashrifning maqsadga muvofiqligi belgilanadi.
5 kun muddatda
2. Qamoqqa olingan shaxs tergov, prokuratura yoki sud organlari ixtiyorida boʻlgan hollarda JIED tomonidan murojaat muallifining soʻrov xati tegishlicha tergov, prokuratura yoxud sud idoralariga uch kun muddat ichida yuboriladi hamda bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligiga maʼlum qilinadi.
3 kun muddatda
4-bosqich
IIV JIED
Murojaatni koʻrib chiqish natijalari haqida JIED tashrif buyuruvchini xabardor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishli maʼlumot yuboradi.
5 kun muddatda
5-bosqich
Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi JIEDning tegishli javobini olganidan soʻng murojaat muallifiga natija haqida maʼlum qiladi.
5 kun muddatda
6-bosqich
Tashrif buyuruvchi
1. Murojaat qiluvchi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligidan javob xatini olganidan soʻng masala ijobiy hal etilgan taqdirda, muassasaga tashrif sanasi
va vaqtini JIED bilan kelishadi.
2. Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifi belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda haftaning ish kunlarida (dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan soat 19:00 gacha) amalga oshiriladi.
Belgilangan muddatda
7-bosqich
IIV JIED
1. Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan mahkumlar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan uchrashuv (tashrif)lar JIEMning masʼul xodimlari nazorati ostida oʻtkaziladi.
2. Tashrif buyuruvchilar JIEMga kirish qoidalarini, shu jumladan, ichki tartib-qoidalarni buzgan taqdirda, JIEM maʼmuriyati tomonidan uchrashuv muddatidan oldin toʻxtatiladi va tashrif buyuruvchilar muassasa hududidan chiqarib yuboriladi va bu haqida JIEDga, zudlik bilan axborot beriladi. JIED Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligini bundan xabardor qilinadi.
Belgilangan soatda
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2021-y., 09/21/85/0130-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)