05.02.2021 yildagi SQ-234-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun koʻrilayotgan choralar holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun koʻrilayotgan choralar holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻroviga (bundan buyon matnda parlament soʻrovi deb yuritiladi) berilgan javobni oʻrganib chiqib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, ilm-fan va ilmiy faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan 58 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6097-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 696-sonli qarori tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yildan boshlab doktoranturaga tayyorlov bosqichi sifatida stajyor-tadqiqotchilik instituti joriy qilinib, ilmiy salohiyati yuqori boʻlmagan oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar uchun maqsadli doktoranturada oʻqish yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlar bilan 6,9 mlrd. soʻmlik 25 ta (“Oʻzbekiston-Belarus”, “Oʻzbekiston-Germaniya” va “Oʻzbekiston-Turkiya”) xalqaro ilmiy qoʻshma loyiha amalga oshirilmoqda. Turkiya, Xitoy va Hindiston davlatlari bilan qoʻshma loyihalarga tanlovlar eʼlon qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy loyihalarni xususiy sektor va tarmoq tashkilotlari bilan teng sheriklikda moliyalashtirish amaliyoti joriy qilingan. Jumladan, Energetika vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining jami 15,4 mlrd. soʻm mablagʻlari hisobidan ilmiy loyihalarni teng sheriklikda moliyalashtirish yuzasidan tanlovlar oʻtkazilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash boʻyicha oʻtgan oʻquv yili yakunida oliy taʼlim muassasalarining 144 nafar bitiruvchisi tegishli ilmiy tashkilotlarga ilmiy xodim sifatida ishga qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, tijoratlashtirilgan ilmiy ishlanmalarning 8 tasi boʻyicha innovatsion kompaniyalar tashkil etilgan, 6 tasi boʻyicha litsenziya shartnomalari va 35 tasi boʻyicha xoʻjalik shartnomalari asosida ishlar yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi kunda 92 ta ilmiy ishlanmani tijoratlashtirishni tashkil etish davom ettirilmoqda. Xususan, Fanlar akademiyasi tomonidan ilmiy tashkilotlarning 65 ta, oliy taʼlim muassasalarining 12 ta va tarmoq ilmiy tadqiqot muassasalarining 15 ta ilmiy ishlanmasini tijoratlashtirish boʻyicha tegishli tashkiliy chora-tadbirlar koʻrilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilda Toshkent shahridan tashqari hududlarga ajratilgan kvotalar 376 tani tashkil etgan boʻlsa, 2020-yilda bu koʻrsatkich 558 tagacha yetkazilgan. 2021-yil uchun doktoranturaga 842 ta kvota ajratilgan. Kimyo, biologiya, geologiya va matematika yoʻnalishlari boʻyicha doktoranturaga kvotalar soni oʻtgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi ilmiy tashkilotlar tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida umumiy qiymati 53,5 mlrd. soʻmlik 147 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olimlarning ilmiy maqolalari jahonning yuqori reytingga ega nufuzli ilmiy jurnallarida eʼlon qilinishiga koʻmaklashish maqsadida “Proofreading Service” xizmati yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, parlament soʻrovida koʻrsatilgan ayrim masalalar hal etilmagan. Xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilm-fanga yoʻnaltiriladigan jami mablagʻlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi 2025-yilga qadar 6 baravarga (YAIMga nisbatan 1,2 foiz), 2030-yilgacha esa 10 baravarga (YAIMga nisbatan 2 foiz) oshirilishi belgilanganligi koʻrsatib oʻtilgan, biroq 2021-yilga ushbu koʻrsatkich rejasi belgilanmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doktorantlar bilan ishlash, ular tomonidan olib borilayotgan ishlarni nazorat (monitoring) qilish oʻz holiga tashlab qoʻyilganligiga izoh berilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil tadqiqotchilar va professor-oʻqituvchilarni maqolalari nufuziga qarab moddiy ragʻbatlantirib borish tizimini yaxshilash borasida maʼlumot berilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarining va tarkibida taʼlim muassasalari boʻlgan sohalarda ilmiy salohiyatni oshirish yoʻnalishida tahlillar, rejalar va aniq takliflar berilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarining axborot-resurs markazi tizimini isloh qilish, ularning ilmiy va badiiy kitob fondini yangilash boʻyicha aniq choralar belgilanmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasida belgilangan ayrim vazifalarning bajarilmaganligi sabablari tushuntirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi O. Iminovning axborotini inobatga olib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 11-sentabrdagi SQ-137-IV-sonli Qarori bilan ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun koʻrilayotgan choralar holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovida aks etgan masalalar batafsil oʻrganilmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parlament soʻrovida qoʻyilgan masalalarga yuzaki yondashgan mutasaddilarning masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 20-aprelga qadar parlament soʻrovidagi barcha masalalarni har tomonlama oʻrganib, natijasi yuzasidan Senatga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qaror ijrosi boʻyicha Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi (O. Iminov) Senat Kengashiga axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 5-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-234-IV-son