Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.12.1992 yildagi 565-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.12.1992 yildagi 565-son
Kuchga kirish sanasi
03.12.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 03.12.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ShAXSIY YORDAMChI XOʻJALIKLARI BOʻLGAN DEHQONLARNI MOLIYAVIY QOʻLLAB-QUVVATLAShNING QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Narxlarning liberallashuvi va bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitlarida shaxsiy yordamchi xoʻjalik egalari tuman, viloyat uyushmalarining moddiy-texnika negizini mustahkamlash, shuningdek, shaxsiy yordamchi xoʻjalik egalarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika dehqon (fermer) xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash choralari haqida” 1991-yil 30-dekabrdagi 315-son qarori 8-bandining birinchi xatboshiga qisman oʻzgartirish kiritgan holda: “Oʻzdehqonchiliksanoatbank”ga tuman va qishloq (shaharcha) uyushmalarining taqdimnomasi boʻyicha shaxsiy yordamchi xoʻjalik egalariga chorva mollari, parranda, ozuqa, urugʻlik va qurilish materiallari sotib olish uchun bir oilaga 100 ming soʻmgacha naqd pul bilan kredit berishga ruxsat etilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSR Prezidentining “Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklari boʻlgan dehqonlarga moliyaviy yordam berish va ular uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1991-yil 19-apreldagi 107-son qarorining 13-bandiga qisman oʻzgartirish kiritgan holda smeta qiymati 500 ming soʻmgacha boʻlgan kichik sexlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa obyektlarni loyihalash va qurishning texnikaviy hujjatlarini tuman uyushmasi, smeta qiymati 1 mln soʻmgacha boʻlganini — viloyat uyushmasi va 1 mln soʻmdan ortiq boʻlganini — uyushmaning Respublika kengashi tasdiqlashi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 19-apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirishga madad jamgʻarmasi va undan foydalanish maqomi toʻgʻrisidagi Nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalari uyushmasi huzurida tashkil etilgan kichik korxonalarga shaxsiy tomorqalarning egalaridan meva-sabzavot mahsulotlari va qishloq xoʻjaligi xomashyosini qayta ishlash, sotish va xalq isteʼmoli mollariga, yogʻoch-qurilish hamda boshqa materiallarga almashtirish uchun naqd pul bilan hisob-kitob qilib sotib olishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 3-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
565-son