11.02.2021 yildagi 64-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.02.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʻladigan baxtsiz hodisalarni tekshirish hamda hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda respublika hududlarida yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar va shaharlarda koʻp kvartirali uylarni qurish dasturlarini amalga oshirish natijasida aholining turar joyga boʻlgan ehtiyoji qondirilmoqda va shu asosda fuqarolarning farovonlik darajasi yanada oshirib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, hududlardagi koʻp kvartirali uylar, yakka tartibdagi uy-joylarni kuz-qish mavsumiga sifatli tayyorlash hamda xonadonlarni isitishda tabiiy va suyultirilgan gaz, qattiq yoqilgʻi yoki neft mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik holatlari uchrab turibdi. Oqibatda aholi xonadonlarida yongʻin kelib chiqishi yoki is gazidan zaharlanish holatlari roʻy berib, insonlarning hayoti va salomatligiga jiddiy zarar yetkazilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarni tekshirish hamda hisobga olish masalalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Turar joylar, shu jumladan koʻp kvartirali uylarda maishiy ehtiyoj uchun tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi, qattiq yoqilgʻi yoki neft mahsulotlaridan foydalanishda aholi bilan bogʻliq boʻlgan baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy davlat yongʻin nazorati organlari har yilgi isitish mavsumi boshlanishidan avval jismoniy shaxslarning turar joylaridagi dudburon va shamollatish kanallarining texnik holatini taftishdan oʻtkazish, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish hamda ushbu sohada profilaktika xizmatlari koʻrsatishning tizimli yoʻlga qoʻyilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi va “Hududgaztaʼminot” AJ turar joylar, shu jumladan koʻp kvartirali uylardagi jismoniy shaxslar tomonidan gazdan foydalanishda belgilangan xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi holatlarini oʻz vakolatlari doirasida tizimli oʻrganish hamda aniqlangan muammo va nosozliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Hududgaztaʼminot” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda turar joylar, shu jumladan koʻp kvartirali uylarda maishiy ehtiyoj uchun tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda aholi xonadonlarining ichki gaz tarmoqlari hamda gazdan foydalanish uskunasi va jihozlarini belgilangan muddatlarda texnik taftishdan oʻtkazilishini hamda ularga profilaktika xizmati koʻrsatilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari orqali maishiy ehtiyojlar uchun gaz uskunalaridan toʻgʻri va xavfsiz foydalanish boʻyicha maxsus telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar va davra suhbatlarini doimiy asosda uyushtirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari baxtsiz hodisa sodir boʻlganda uning sabablarini tekshirish boʻyicha dastlabki zarur choralarni koʻradi, shu jumladan baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasini tuzish yuzasidan takliflarni tegishlicha tuman (shahar) hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch nafargacha shaxslar (shu jumladan, uchinchi shaxsni hisobga olganda)ning hayotiga yoki sogʻligʻiga ziyon yetgan yoxud halok boʻlgan taqdirda — tuman (shahar) hokimi qarori asosida uning ushbu sohaga mutasaddilik qiladigan oʻrinbosari rahbarligida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetti nafargacha shaxslar (shu jumladan, yettinchi shaxsni hisobga olganda)ning hayotiga yoki sogʻligʻiga ziyon yetgan yoxud halok boʻlgan taqdirda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi qarori asosida uning ushbu sohaga mutasaddilik qiladigan oʻrinbosari rahbarligida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkiz nafar yoki undan ortiq shaxslarning hayotiga yoki sogʻligʻiga ziyon yetgan yoxud halok boʻlgan taqdirda — Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida tegishli Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari yoki Bosh vazir maslahatchisi rahbarligida tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi “Hududgaztaʼminot” AJ va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda baxtsiz hodisa sabablarini chuqur tahlil qilish hamda kelgusida ularning takrorlanmasligi uchun baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasining takliflari asosida aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan tegishli komissiyalarni tuzishni nazarda tutuvchi qarorlar ularni qabul qiluvchi tegishli organlarga baxtsiz hodisa sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar berilgan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qabul qilinadi va tegishli choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʻladigan baxtsiz hodisalarni tekshirish hamda hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish, tekshirish komissiyasini tuzish va tekshirish natijalarini rasmiylashtirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baxtsiz hodisani tekshirish materiallarini tuzish va saqlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baxtsiz hodisalarni hisobga olish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 11-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-fevraldagi 64-son qaroriga

ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʻladigan baxtsiz hodisalarni tekshirish hamda hisobga olish tartibi toʻgʻrisida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom turar joylar, shu jumladan koʻp kvartirali uylarda maishiy ehtiyoj (issiq suvdan foydalanish, xonalarni isitish va b.) uchun tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi, qattiq yoqilgʻi yoki neft mahsulotlaridan foydalanishda aholi bilan bogʻliq boʻlgan baxtsiz hodisalar sabablarini tekshirish hamda hisobga olish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baxtsiz hodisa — gaz-havo aralashmasining chaqnashi (portlashi) oqibatida binoning qisman yoki toʻliq buzilishi, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilishi hamda tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi, qattiq yoqilgʻi yoki neft mahsulotlaridan yoqilgʻi sifatida notoʻgʻri foydalanish natijasida gazning sizib chiqishi, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining alangalanishidan kuyish oqibatida fuqarolarning hayoti yoki sogʻligʻiga ziyon yetishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar — turar joylar, shu jumladan koʻp kvartirali uylarda maishiy ehtiyoj (issiq suvdan foydalanish, xonalarni isitish va b.) uchun tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi, qattiq yoqilgʻi yoki neft mahsulotlaridan foydalanayotgan jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gazdan foydalanish uskunasi va jihozlari — turar joylar, shu jumladan koʻp kvartirali uylarda maishiy ehtiyoj (issiq suvdan foydalanish, xonalarni isitish va b.) uchun tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi, qattiq yoqilgʻi yoki neft mahsulotlaridan yoqilgʻi sifatida foydalaniladigan uskuna va jihozlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Baxtsiz hodisa yuz berganda jismoniy shaxslar yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boʻlinmalariga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar (Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar va prokuratura organlari)ga, shuningdek, “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy gaz taʼminoti tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda — gaz taʼminoti tashkilotlari) va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga (keyingi oʻrinlarda — hokimlik) zudlik bilan xabar berishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jismoniy shaxslar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan tashkilotlar xodimlari yetib kelguniga qadar xavf oʻchogʻini bartaraf qilish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralarni (agar bu holat insonlar hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasa hamda baxtsiz hodisa takrorlanishini yuzaga keltirmasa) koʻrishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan tashkilotlar baxtsiz hodisa sabablarini tekshirishdan oldin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarohatlangan shaxslarga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam koʻrsatish va ularni tibbiyot muassasasiga olib borishni tashkil etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baxtsiz hodisa sodir boʻlgan obyekt va gaz (yoki boshqa) uskuna va jihozlarning birlamchi holatini, yaʼni baxtsiz hodisa sodir boʻlgan vaqtda u qanday holatda boʻlgan boʻlsa (agar bu holat insonlar hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasa hamda baxtsiz hodisa takrorlanishini yuzaga keltirmasa) oʻzgartirilmagan holatda saqlash choralarini koʻrishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boʻlinmalari yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar baxtsiz hodisa sodir boʻlgan joy toʻgʻrisida xabar olingan vaqtdan boshlab, shuningdek, ushbu joyga yetib kelganidan soʻng xavfni bartaraf etish boʻyicha kompleks ishlarni boshqarish vazifasi ushbu organlarga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan joydagi bino, qurilma va gaz yoki boshqa uskunalarning birlamchi holatini saqlash va u yerdagi xavf oʻchoqlarini bartaraf etish, mazkur Nizomning 8 — 10-bandlari talablariga muvofiq baxtsiz hodisani tekshirish komissiyasining kelishuviga asosan amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Baxtsiz hodisa sodir boʻlishi natijasida uch nafargacha shaxslar (shu jumladan, uchinchi shaxsni hisobga olganda) hayotiga yoki sogʻligʻiga ziyon yetgan yoxud halok boʻlgan taqdirda, baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish tuman (shahar) hokimining qarori asosida uning ushbu sohaga mutasaddilik qiladigan oʻrinbosari rahbarligida tuziladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Baxtsiz hodisa sodir boʻlishi natijasida yetti nafargacha shaxslar (shu jumladan, yettinchi shaxsni hisobga olganda) hayotiga yoki sogʻligʻiga ziyon yetgan yoxud halok boʻlgan taqdirda, baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining qarori asosida uning ushbu sohaga mutasaddilik qiladigan oʻrinbosari rahbarligida tuziladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Baxtsiz hodisa sodir boʻlishi natijasida sakkiz nafar yoki undan ortiq shaxslar hayotiga yoki sogʻligʻiga ziyon yetgan yoxud halok boʻlgan taqdirda, baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida tegishli Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari yoki Bosh vazir maslahatchisi rahbarligida tuziladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Turar joylar, shu jumladan koʻp kvartirali uylarda maishiy ehtiyoj (issiq suvdan foydalanish, xonalarni isitish va b.) uchun tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi, qattiq yoqilgʻi yoki neft mahsulotlaridan foydalanishda aholi bilan bogʻliq boʻlgan baxtsiz hodisalar sabablarini tekshirish hamda hisobga olish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu Nizomning 8 — 10-bandlarida koʻrsatilgan tegishli komissiyalarni tuzishni nazarda tutuvchi qarorlar ushbu bandlarda koʻrsatilgan organlarga (mansabdor shaxslarga) baxtsiz hodisa sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar berilgan kundan uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda ushbu organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan qabul qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandlarda nazarda tutilgan tegishli qarorlar bilan tuziladigan komissiya boʻyicha hujjatlar loyihalari tegishli organga (mansabdor shaxslarga) tegishlicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalari (mazkur Nizomning 8 va 9-bandlarida nazarda tutilgan komissiyalarni tuzishda) tomonidan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish boʻyicha tuziladigan tegishli komissiyaning (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tarkibiga quyidagi vazirliklar va idoralarning vakillari kiritilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi (hududiy boʻlinmalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hududgaztaʼminot” AJ (hududiy gaz taʼminoti tashkilotlari), (baxtsiz hodisa yoqilgʻi sifatida tabiiy gaz yoki suyultirilgan gazdan foydalanishda sodir boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (hududiy boʻlinmalari), (baxtsiz hodisa yoqilgʻi sifatida tabiiy gazdan foydalanadigan gaz uskunasining yillik tabiiy gaz sarfi 100 000 kub metrdan yuqori yoxud hajmi 150 litrdan ortiq boʻlgan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda sodir boʻlganda);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (hududiy boʻlinmalari), (baxtsiz hodisa koʻp kvartirali uylarda sodir boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (hududiy boʻlinmalari), (baxtsiz hodisa tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi yoki neft mahsulotlaridan foydalanishda sodir boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (hududiy boʻlinmalari), (baxtsiz hodisa qattiq yoqilgʻi turlari (koʻmir va koʻmir mahsulotlari)dan foydalanishda sodir boʻlganda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiya talabiga binoan tegishli hokimlik yoki “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy tashkilotlari (baxtsiz hodisa tabiiy yoki suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish oqibatida sodir boʻlganda) oʻz ichki imkoniyatlari doirasida quyidagilarni amalga oshirishga majbur hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) baxtsiz hodisa kelib chiqishi sabablarini aniqlash uchun ekspertlar yoki mutaxassislarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) baxtsiz hodisa oqibatida talafot koʻrgan obyekt fotosuratini olish, baxtsiz hodisa sodir boʻlgan joyning prinsipial chizmasi yoki eskizini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) baxtsiz hodisa boʻyicha tekshirish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan transport va aloqa vositalari, maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalarini yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) komissiya aʼzolarining ish faoliyati uchun zarur boʻlgan kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida xona ajratib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) baxtsiz hodisani tekshirish materiallari zarur miqdorlarda nusxalari koʻpaytirib berilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Baxtsiz hodisaning kelib chiqishi sabablarini aniqlash uchun jalb etiladigan ekspertlar va mutaxassislardan iborat guruhning xulosasi yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Baxtsiz hodisaning kelib chiqishi sabablarini tekshirish doirasida komissiya tomonidan texnik hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun xarajatlar, laboratoriya tadqiqotlari, sinov va boshqa ishlar hamda transport va aloqa xarajatlari uchun toʻlovlar tegishli hokimlik yoki “Hududgaztaʼminot” AJning (baxtsiz hodisa tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish oqibatida sodir boʻlganda) hududiy tashkilotlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Baxtsiz hodisaning holat va sabablarini aniqlash maqsadida komissiya aʼzolari jabrlanganlar, hodisa guvohlaridan hamda tegishli obyektlarning mansabdor va boshqa shaxslaridan holat yuzasidan ogʻzaki yoki yozma ravishda tushuntirishlar olish huquqiga ega. Bunda tushuntirish xati shaxsan yoxud ular vakolat bergan shaxslar tomonidan yozilishi (imzolanishi) lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiya raisi talabi taqdim etilishidan soʻng huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy davlat yongʻin nazorati organlari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (sud-tibbiy ekspertizasi) va mazkur baxtsiz hodisaga aloqador boʻlgan boshqa organlar (tashkilotlar) uch kundan koʻp boʻlmagan muddatda baxtsiz hodisaga taalluqli boʻlgan hujjat va materiallarni komissiyaga taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Komissiya tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishning vazifasi baxtsiz hodisa va uning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda kelgusida baxtsiz hodisa takrorlanmasligi uchun mutaxassislar bilan birgalikda tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan asoslangan takliflar va chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buning uchun komissiya tomonidan baxtsiz hodisa sodir boʻlgan joyning holati uning barcha aʼzolari ishtirokida joyiga chiqqan holda koʻzdan kechirish yoʻli bilan oʻrganilgan va dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Komissiya tomonidan baxtsiz hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish jarayonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) baxtsiz hodisa sodir boʻlgan joyning holati boʻyicha barcha oʻzgarishlarni qayd etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) gazdan foydalanish uskuna va jihozlarning turi, rusumi, markasi, ularning joylashuv oʻrni va texnik holatini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) dudburon va shamollatish kanallarining loyiha hujjatlariga, belgilangan norma va qoidalarga muvofiqligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tegishli obyektlarda bajariladigan ishlar va tadbirlarni amalga oshirish jarayonida baxtsiz hodisa kelib chiqishiga sabab boʻlishi ehtimoli boʻlgan ishlar va tadbirlar turini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) jismoniy shaxslar, shu jumladan, mansabdor shaxslarning ish jarayonida baxtsiz hodisa kelib chiqishiga sabab boʻlgan harakati (harakatsizligi)ni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) baxtsiz hodisa guvohlaridan tushuntirish xatlarini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) baxtsiz hodisa sodir boʻlishiga olib kelgan aniq normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilmaganlik holatlarini aniqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Komissiya tomonidan oʻtkaziladigan tekshirish natijasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) baxtsiz hodisaning texnik va tashkiliy sabablari aniqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) gazdan foydalanish uskuna va jihozlarining loyihasi kim tomonidan va qachon ishlab chiqilganligi aniqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) gazdan foydalanish uskunasi va jihozlari montajining sifatli bajarilganligi, ijro-texnik hujjatlarining toʻliq va belgilangan tartibga muvofiq toʻgʻri rasmiylashtirilganligi tekshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) gazdan foydalanish uskunasi va jihozlari, dudburon va shamollatish kanallarining texnik holati oʻrganilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) jabrlanuvchilarning harakat yoki harakatsizligi, ular tomonidan qurilmalardan xavfsiz foydalanish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga amal qilinishi oʻrganilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) baxtsiz hodisa sabablarini tavsiflovchi ashyoviy dalillar oʻrganilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) obyektdagi gazdan foydalanish uskuna va jihozlarining nosozligi boʻyicha “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy tashkilotlariga berilgan buyurtmalarning mavjudligi va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralar (baxtsiz hodisa tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish oqibatida sodir boʻlganda) oʻrganilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) baxtsiz hodisaning yuzaga kelishi sabablarini aniqlash doirasida ishlab chiqilgan takliflarni, mavjud imkoniyatdan kelib chiqqan holda, real sharoitlarda baxtsiz hodisaga nisbatan ularning asosli ekanligi tekshirish. Nazorat-sinov ishlari, texnik hisob-kitoblar, laboratoriya tadqiqotlari va eksperimentlar oʻtkazish asosida ishlab chiqilgan takliflarga aniqlik kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) baxtsiz hodisaning yuzaga kelishiga yoʻl qoʻygan jismoniy shaxslar, shu jumladan, mansabdor shaxslarni aniqlash boʻyicha zarur choralar amalga oshirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Baxtsiz hodisani tekshirish natijalarini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Komissiya tomonidan amalga oshirilgan tekshirish natijalari, mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq oʻn besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda komissiya tomonidan tekshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar sodir boʻlgan baxtsiz hodisa sabablarini aniqlash uchun laboratoriya tadqiqotlari, ekspertiza, sinovlar yoki boshqa ishlar amalga oshirilishi lozim boʻlsa, u holda tekshirish ishlarini va tegishli dalolatnomani rasmiylashtirishning umumiy muddati oʻttiz ish kunidan oshmagan holda uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Baxtsiz hodisani tekshirish boʻyicha dalolatnomada baxtsiz hodisa natijasida yuzaga kelgan oqibatlarni bartaraf etish, kelgusida shu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tavsiyalar berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Baxtsiz hodisani tekshirish boʻyicha dalolatnoma komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Agar komissiya aʼzolaridan biri baxtsiz hodisani tekshirish boʻyicha dalolatnomaga eʼtiroz bildirsa, u holda ushbu komissiya aʼzosi dalolatnomani imzolamaslik va komissiya raisiga oʻzining asoslangan xulosasini yozma shaklda taqdim etish huquqiga ega. Komissiya raisi baxtsiz hodisani tekshirish yuzasidan toʻplangan va tayyorlangan materiallarga ushbu xulosani kiritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tekshirish materiallariga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) komissiya tuzish haqidagi tegishli qaror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) baxtsiz hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish natijasi boʻyicha komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan dalolatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) baxtsiz hodisa sodir boʻlgan joyning komissiya raisi va tegishli chizmani tuzgan masʼul shaxs tomonidan imzolangan chizmasi (eskizi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) jismoniy shaxslar, shu jumladan, mansabdor shaxslarning yozma tushuntirish xatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tegishli hududda joylashgan turar joylar, shu jumladan koʻp kvartirali uylardagi aholi bilan turmushda gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari boʻyicha davriy yoʻl-yoʻriq berilganligi haqida “Hududgaztaʼminot” AJ hududiy tashkilotlari tomonidan yuritiladigan qayd etish daftaridan koʻchirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tegishli obyektlarning dudburon va shamollatish kanallarining yaroqliligi va kuz-qish mavsumiga tayyorligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda tuzilgan dalolatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) gazdan foydalanish uskuna va jihozlariga rejali texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida maʼlumotnoma, ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha olib boriladigan ishlar jadvallaridan koʻchirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi, qattiq yoqilgʻi yoki neft mahsulotlaridan turmushda yoqilgʻi sifatida foydalanishda mehnat xavfsizligi normalari va mutasaddi shaxslarning javobgarligini nazarda tutuvchi yoʻriqnoma, qoida, buyruqlar va boshqa hujjatlardan nusxalar (koʻchirmalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) baxtsiz hodisa sodir boʻlgan joyning fotosuratlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) tibbiyot tashkiloti va ekspert komissiyasining xulosasi, laboratoriya hamda boshqa tadqiqotlar, eksperimentlar natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) komissiya aʼzosining xulosasi (komissiya aʼzolaridan biri baxtsiz hodisani tekshirish xulosasi boʻyicha eʼtiroz bildirgan taqdirda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) baxtsiz hodisani oʻrganish boʻyicha tuzilgan ekspert guruhining xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etish va oldini olish boʻyicha tavsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) baxtsiz hodisani tekshirish boʻyicha dalolatnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Baxtsiz hodisani tekshirish materiallarini tuzish va saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Komissiya tomonidan baxtsiz hodisani tekshirish materiallari quyidagi tartibda tuziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tekshirish materiallarining asl nusxalari bir nusxada rasmiylashtiriladi va komissiya tomonidan ushbu komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida tegishli qaror chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baxtsiz hodisa yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan taqdirda, baxtsiz hodisani tekshirish jarayonida yigʻilgan materiallarning asli hamda ashyoviy dalillar jinoyat ishini qoʻzgʻatgan huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish materiallarining bittadan nusxalari baxtsiz hodisani chuqur tahlil qilish hamda kelgusida tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi, qattiq yoqilgʻi yoki neft mahsulotlaridan turmushda yoqilgʻi sifatida foydalanishda ushbu hodisa takrorlanmasligini taʼminlash yuzasidan tegishli choralar koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Hududgaztaʼminot” AJga yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tekshirish materiallarining qoʻshimcha nusxalarining soni mazkur Nizomning 8 — 10-bandlari talablariga muvofiq tuzilgan komissiya aʼzolarining soniga teng boʻlishi lozim va komissiya aʼzolarining har biriga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Baxtsiz hodisani tekshirish materiallarining asl nusxalari qirq besh yil davomida, qoʻshimcha nusxalari ularga zarurat boʻlgan muddatga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Baxtsiz hodisalarni hisobga olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan baxtsiz hodisalar Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Baxtsiz hodisalarni hisobga olish jurnali mazkur Nizomga 3-ilovada koʻrsatilgan shakl asosida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Fuqarolarning ruhiy holati buzilishi, alkogol yoki giyohvand moddalarni isteʼmol qilishi (tibbiy tashkilotning tegishli maʼlumotnomasi (xulosasi) asosida) natijasida sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tabiiy oʻlim holatlari, shuningdek, jabrlanuvchi jinoyat sodir etish paytida yuz bergan baxtsiz hodisalar (sud-tibbiy ekspertiza xulosasi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning maʼlumotnomasi asosida) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Turar joylar, shu jumladan koʻp kvartirali uylarda yongʻin sodir boʻlganda tekshirish Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʻladigan baxtsiz hodisalarni tekshirish hamda hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Turar joylar, shu jumladan koʻp kvartirali uylarda maishiy ehtiyoj (issiq suvdan foydalanish, xonalarni isitish va b.) uchun tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi, qattiq yoqilgʻi yoki neft mahsulotlaridan foydalanishda aholi bilan bogʻliq boʻlgan baxtsiz hodisalar sabablarini tekshirish hamda hisobga olish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(hududiy boʻlinmalari)

1. Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish boʻyicha komissiya tarkibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish.

1. Baxtsiz hodisa sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar berilgan kundan boshlab bir ish kunida.

2. Ishlab chiqilgan qaror loyihasini:

3 nafargacha shaxslar (shu jumladan 3-shaxsni hisobga olganda) hayotiga yoki sogʻligʻiga ziyon yetgan, halok boʻlgan taqdirda tuman (shahar) hokimligiga;

7 nafargacha shaxslar (shu jumladan 7-shaxsni hisobga olganda) hayotiga yoki sogʻligʻiga ziyon yetgan, halok boʻlgan taqdirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligiga;

8 nafar yoki undan ortiq shaxslar hayotiga yoki sogʻligʻiga ziyon yetgan, halok boʻlgan taqdirda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Baxtsiz hodisa sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar berilgan kundan uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda.

2-bosqich

Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasi

1. Tegishli hokimlik yoki hududiy gaz taʼminoti tashkilotlariga (baxtsiz hodisa tabiiy yoki suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish oqibatida sodir boʻlganda) ularning oʻz ichki imkoniyatlari doirasida amalga oshirilishi majbur hisoblangan chora-tadbirlarni taqdim etish.

1. Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida.

2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy davlat yongʻin nazorati organlari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (sud-tibbiy ekspertizasi) va mazkur baxtsiz hodisaga aloqador boʻlgan boshqa organlarga komissiyaga taqdim etilishi talab etiladigan baxtsiz hodisaga taalluqli boʻlgan hujjat va materiallarni komissiyaga taqdim etilishi yuzasidan murojaatni kiritish.

2. Komissiya raisi talabi taqdim etilgan kundan boshlab uch kundan koʻp boʻlmagan muddatda.

3-bosqich

Tegishli hokimlik yoki hududiy gaz taʼminoti tashkilotlari

(baxtsiz hodisa tabiiy yoki suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish oqibatida sodir boʻlganda)

Komissiyaning talabi asosida baxtsiz hodisa va uni kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun, oʻz ichki imkoniyatlari doirasida, zarur boʻlgan chora-tadbirlarni (ekspertlarni jalb qilish, baxtsiz hodisa joyining prinsipial chizmasini tayyorlash, komissiya aʼzolarini uchun transport va aloqa vositalari, kompyuter texnikasi va shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash) amalga oshirilishini taʼminlash.

Talabnoma taqdim etilgan kundan boshlab bir kun mobaynida.

4-bosqich

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy davlat yongʻin nazorati organlari, Sogʻliqni saqlash vazirligi va baxtsiz hodisaga aloqador boʻlgan boshqa organlar

Baxtsiz hodisaga taalluqli boʻlgan hujjat va materiallarni komissiyaga taqdim etish.

Talabnoma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda.

5-bosqich

Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasi

1. Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan joyning holatini uning barcha aʼzolari ishtirokida joyga chiqqan holda koʻzdan kechirish yoʻli bilan oʻrganish va tegishli oʻrganish dalolatnomasini rasmiylashtirish.

1. Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida.

2. Baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini tekshirish boʻyicha nizomda belgilangan chora-tadbirlar (zarur hollarda nazorat-sinov ishlari, texnik hisob-kitoblar, laboratoriya tadqiqotlari va eksperimentlar oʻtkazish)ni amalga oshirish.

2. Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun mobaynida

3. Baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun jalb etiladigan ekspertlar va mutaxassislardan iborat guruhning yozma ravishda rasmiylashtirilgan xulosasini olish.

3. Baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun ekspertlar va mutaxassislarni jalb etilgan kundan boshlab yetti kun mobaynida.

6-bosqich

Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasi

1. Amalga oshirilgan tekshirish natijalari, nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish.

1. Baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish komissiyasini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn besh ish kuni mobaynida.

Agar baxtsiz hodisa sabablarini aniqlash uchun laboratoriya tadqiqotlari, ekspertiza, sinovlar yoki boshqa ishlarni amalga oshirilishi lozim boʻlsa, tekshirish ishlarining va tegishli dalolatnomaning rasmiylashtirish umumiy muddati oʻttiz ish kunidan oshmagan holda uzaytiriladi.

2. Tekshirish materiallarining asl nusxalarini bir nusxada, rasmiylashtirish va ushbu komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida tegishli qaror chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yuborish.

2. Baxtsiz hodisani tekshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir kun mobaynida.

3. Baxtsiz hodisani tahlil qilish hamda kelgusida gazdan turmushda foydalanishda sodir boʻladigan ushbu hodisalarni takrorlanmasligini taʼminlash choralarini koʻrish uchun tekshirish materiallarining bittadan nusxalarini Energetika vazirligi va “Hududgaztaʼminot” AJga yuborish.

3. Baxtsiz hodisani tekshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch kun mobaynida.

7-bosqich

Energetika vazirligi

Baxtsiz hodisani belgilangan shakl asosida yuritiladigan jurnalda hisobga olish.

Kelgusida baxtsiz hodisalarni takrorlanmasligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqib, amalga oshirilishini tashkillashtirish.

Tekshirish materiallarining nusxalari taqdim etilgan kunda.

Chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha belgilangan muddatlarda.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʻladigan baxtsiz hodisalarni tekshirish hamda hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Baxtsiz hodisalarni tekshirish boʻyicha

DALOLATNOMA

“___” _____________ 20___ y.

1. Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan manzil

___________________________________________________________________________________________________________

2. Komissiya tarkibi

Komissiya raisi: ____________________________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi)

Komissiya aʼzolari: _________________________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi)

3. Jabrlanganlar (vafot etganlar) toʻgʻrisida maʼlumotlar:

T/r

Familiyasi, ismi,
otasining ismi

Tugʻilgan yili

Ishlash joyi

Jarohat olish darajasi

4. Hodisa joyining tafsiloti:

a) uy, xonaning hodisadan avvalgi va keyingi holatining tafsiloti;

b) baxtsiz hodisa sodir boʻlgan obyekt hujjatlari holati va qurilish ishlarining loyihaga mosligi;

v) oʻrnatilgan uskuna va jihozlarining tafsiloti va foydalanishga qabul qilingan vaqti. Gaz jihozlariga, shu jumladan gaz quvurlariga texnik xizmat koʻrsatish va dudburon, shamollatish kanallarini koʻrikdan oʻtkazish vaqtida amalga oshirilgan ish hajmi hamda oxirgi marotaba servis xizmati koʻrsatilgan sana.

5. Baxtsiz hodisa sodir boʻlish holati (hodisalarning sodir boʻlish ketma-ketligi, shikastlangan va boshqalarning baxtsiz hodisaga olib kelishdagi xatti-harakati koʻrsatiladi).

6. Baxtsiz hodisaga olib kelgan texnik va tashkiliy sabablar (baxtsiz hodisaning sodir boʻlishida uskuna va jihozlarining nosozligi va ularning sabablari koʻrsatiladi).

7. Turmushda tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi, qattiq yoqilgʻi yoki neft mahsulotlaridan yoqilgʻi sifatida foydalanishda xavfsizlik qoidalari talablarini buzgan va aybdor shaxslar boʻyicha komissiya xulosasi (aybdor shaxslarning mansabi va familiyasini koʻrsatish hamda ularning qanday harakati (harakatsizligi) baxtsiz hodisaga olib kelganligi, normativ-huquqiy hujjatlarning va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning aniq qaysi bandlari ular tomonidan buzilganligini koʻrsatish).

8. Baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf qilish va oldini olish boʻyicha komissiya tavsiyalari.

“___” _____________ 20____ y.

Komissiya raisi

___________________

Komissiya aʼzolari

___________________

___________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʻladigan baxtsiz hodisalarni tekshirish hamda hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalarni hisobga olish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JURNALI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Dalolatnoma raqami

Baxtsiz hodisaning sodir boʻlgan sanasi va vaqti

Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan manzil

Jabrlanganlarning F.I.O tugʻilgan yili va ish joyi

Jarohat turi va darajasi

Komissiyaning baxtsiz hodisa sabablari boʻyicha xulosasi

Baxtsiz hodisaning oldini olish boʻyicha koʻrilgan choralar



Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Jurnal raqamlangan, tikilgan va muhrlangan boʻlishi shart.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 09/21/64/0107-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)