29.08.2009 yildagi 679-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2008-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2008-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qayd etadiki, 2008-yilda yuritilgan qatʼiy pul-kredit siyosati, shuningdek bank tizimini yanada isloh etish va erkinlashtirish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar inflatsiyani jilovlab turishga hamda moliya bozorini jadal rivojlantirishni ragʻbatlantirishga yordam bergan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot yilida iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlarini bundan buyon ham qoʻllab-quvvatlash, inflatsiyaning belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar darajasida boʻlishini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pul-kredit siyosatini tartibga solishning bozor vositalaridan keng foydalanilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrilgan chora-tadbirlar monetar koʻrsatkichlarning belgilangan maqsadli parametrlar darajasida boʻlishini taʼminlash va monetar omillarning inflatsiya darajasiga taʼsirini bartaraf etishga zamin yaratgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida koʻrsatilgan Qonunning 40-moddasiga muvofiq samarali valyuta siyosati amalga oshirilganligi tashqi savdo aylanmasi 21,4 foiz, tovar va xizmatlar eksporti 28,7 foiz koʻpayishiga imkon bergan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank tizimiga boʻlgan ishonchini yanada oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilganligi depozitlar hajmi 1,5 barobar, aholining kredit tashkilotlariga qoʻygan omonatlari 1,7 barobar koʻpayishiga yordam bergan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish, ularning koʻlamini kengaytirish va banklarning moliyaviy barqarorligini taʼminlash yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida tijorat banklarining kapitali 2007-yildagiga nisbatan 1,4 barobar oshgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika bank tizimi kapitalining yetarliligi darajasi bank nazorati boʻyicha xalqaro Bazel qoʻmitasi talablari bilan belgilangan xalqaro standartlardan deyarli uch barobar ortiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrilgan chora-tadbirlar Oʻzbekistonning bank tizimini jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy taʼsiri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoya qilishga yordam bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha yirik tijorat banklari “Mudis”, “Fitch” va “Standart end Purs” kabi dunyodagi yetakchi reyting kompaniyalarining kreditga layoqatlilik xalqaro reytinglarini olgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank kapitali va depozitlarning yuqori surʼatlar bilan oʻsishi oʻz navbatida banklarning iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashdagi ishtirokini faollashtirishga va banklarning aktivlari koʻpayishiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot yilida xoʻjalik yurituvchi subyektlarni modernizatsiya qilishga, texnik va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga 1,5 trillion soʻmga yaqin kredit resurslari yoʻnaltirilgan, iqtisodiyotning real sektoriga berilgan kreditlar hajmi esa 1,4 barobar koʻpaygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi doirasida bank tizimi tomonidan bankrot korxonalarni sogʻlomlashtirish va ularda ishlab chiqarishni qayta tiklashga, eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashga, oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun banklar tomonidan 2008-yilda berilgan kreditlar 2007-yildagiga nisbatan 1,6 barobar koʻpaygan, mikrokreditlarning hajmlari esa 1,9 barobar oʻsgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank xizmatlari koʻlamini kengaytirish, tijorat banklari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tijorat banklarining yangi filiallarini, mini-banklarni va boshqa bank infratuzilmalarini ochish, shuningdek bank xizmatlarining sifatini yaxshilash choralari koʻrilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy islohotlarning samaradorligini yanada oshirish va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi mamlakatimiz iqtisodiyotiga taʼsir koʻrsatishining oldini olish jarayonida bank tizimining ishtirokini faollashtirish va kengaytirish uchun 2009-yilda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy valyutaning barqarorligini yanada mustahkamlash va banklarning kapitallashuv darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishni, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish uchun kreditlash hajmlarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plastik kartochkalardan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank xizmatlarini kengaytirish va ularning sifatini yaxshilash borasida faol ish olib borish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2008-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2009-yilga moʻljallangan maqsadli makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini bajarishga yoʻnaltirilgan pul-kredit siyosatini yuritishni davom ettirish, bunda pul agregatlarini tartibga solishning bozor vositalaridan keng foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy valyutaning almashuv kursi barqarorligini taʼminlashga, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga, eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga qaratilgan valyuta siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishiga alohida eʼtibor berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarining faoliyatini xalqaro andozalar va tamoyillarga muvofiq tartibga solish hamda nazorat qilishni yanada kuchaytirish va takomillashtirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nobank kredit tashkilotlarini, xususan mamlakat mintaqalaridagi kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar sonini koʻpaytirish va ularning faoliyatini tartibga solish yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirishni taʼminlash topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda bank tizimi subyektlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning kapitallashuv darajasini oshirish, aholi va xoʻjalik subyektlarining mablagʻlarini banklarning ustav kapitaliga jalb etish jarayonlarini faollashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining boʻsh turgan pul mablagʻlarini depozitlarga jalb etishni ragʻbatlantirish yoʻli bilan uning banklardagi depozitlari muntazam ravishda koʻpayib borishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya jarayonlarida ishtirok etishni yanada kengaytirish boʻyicha tadbirlarni davom ettirish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalarini kreditlashni koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankrot korxonalarni sogʻlomlashtirish va ularda ishlab chiqarishni qayta tiklash hamda kelgusida strategik investorlarga sotish, shuningdek eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni kreditlashni kengaytira borib, ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirishni ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes subyektlari va xususiy tadbirkorlarga, shu jumladan dehqon va fermer xoʻjaliklariga moliyaviy vositachilik xizmatlari koʻrsatish doirasini kengaytirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
679-I-son