28.03.2009 yildagi 640-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2008-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori R.H. Qodirovning Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2008-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqbuzarliklarning profilaktikasi yuzasidan hisobot davrida prokuratura organlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuratura organlari “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq asosiy eʼtiborni bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirishga, tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoyalashga, aholini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirishga, qishloq xoʻjaligida hamda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosi ustidan nazoratni taʼminlashga, shuningdek Oliy Majlis Senati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2007-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti yuzasidan qabul qilgan Qarorni roʻyobga chiqarishga qaratdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunlarning ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirish jarayonida oʻtkazilgan 31328 ta tekshiruv natijasida 344564 ta prokuror nazorati hujjati qoʻllanilgan. Mansabdor shaxslarning 26591 ta huquqiy hujjati va qarori prokurorlarning protestlari asosida bekor qilingan yoki qonunga muvofiq holga keltirilgan, qonunni buzish hollarini bartaraf etish haqida 40782 ta taqdimnoma kiritilgan, 101816 nafar mansabdor shaxs va fuqaroga qonunlarning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik xususida ogohlantiruv eʼlon qilingan, 153052 nafar shaxs intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortilgan. Etkazilgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 10 milliard soʻm aybdor shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida qoplangan, 254,2 milliard soʻmlik moddiy zararni undirish toʻgʻrisida sudlarga 78666 ta daʼvo arizasi kiritilgan. Ixtiyoriylik asosida hamda prokurorlar tomonidan kiritilgan daʼvo arizalari yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar va xoʻjalik sudlari tomonidan undirilgan, shuningdek jinoyat ishlari boʻyicha qoplangan zarar summasining umumiy miqdori 390,1 milliard soʻmni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 1-maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi PF-3994-sonli Farmoni qabul qilinganligi munosabati bilan fuqarolarning huquqlari va erkinliklari himoya etilishini taʼminlashga qaratilgan faoliyat kuchaygan. Bunda asosiy eʼtibor aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ish bilan taʼminlash, shuningdek ish haqi, pensiya va nafaqalar toʻlovini oʻz vaqtida amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, nazorat tadbirlarini amalga oshirish asnosida ayrim tijorat banklari ish haqi va birinchi navbatdagi boshqa toʻlovlar boʻyicha 30,5 milliard soʻm miqdorida naqd pul mablagʻlari berilishini taʼminlamaganligi aniqlandi. Yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarliklar uchun tijorat banklarining 255 nafar mansabdor shaxsi intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka, 30 nafar mansabdor shaxsi esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tekshirish yakunlari boʻyicha fuqarolarga 463 million soʻm miqdorida moddiy yordam va nafaqalar qonunga xilof ravishda toʻlangan 16931 ta holat aniqlangan, tegishli toʻlovlarni amalga oshirish qonunga xilof ravishda rad etilgan 198 ta holat fosh etilgan. Bu sohada qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan holatlar yuzasidan 9282 ta prokuror nazorati hujjati chiqarilgan, 135,4 million soʻmlik zararning oʻrni aybdorlar tomonidan ixtiyoriy ravishda qoplanishi taʼminlangan, sudlarga 240,6 million soʻmni undirish haqida 769 ta ariza kiritilgan, 336 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilishga hamda ularning faoliyatiga gʻayriqonuniy aralashish hollariga barham berishga qaratilgan qonunlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari ijrosi ustidan nazoratni taʼminlash borasidagi ishlar izchillik bilan davom ettirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi organlari va hokimliklar faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlaridan hisobot maʼlumotlari qonunga xilof ravishda talab qilingan, shuningdek ularning huquqlari boshqacha tarzda buzilgan 319 ta holat aniqlangan. Tekshirishlarning natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida boʻlib oʻtgan idoralararo kengashda muhokama qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlarning huquqlari buzilishiga va ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yoʻl qoʻygan 967 nafar mansabdor shaxs prokuratura organlari tomonidan intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortilgan. Tadbirkorlarning manfaatlarini koʻzlab, xoʻjalik sudlariga 3,6 milliard soʻmlikdan koʻproq miqdordagi zararni undirish toʻgʻrisida arizalar kiritilgan. Nazorat qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan suiisteʼmollik hollari boʻyicha 53 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 11-martdagi “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar ijrosini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3406-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan kompleks nazorat tadbirlari izchillik bilan amalga oshirilgan. Bunda fermerlikni rivojlantirish yoʻlidagi maʼmuriy gʻov-toʻsiqlarni bartaraf etishga, fermer xoʻjaliklarining huquqiy himoyasini taʼminlashga, qishloq xoʻjaligi yerlarini qonunga xilof ravishda ajratib berish va ulardan gʻayriqonuniy foydalanish hollarini bartaraf etishga hamda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga asosiy eʼtibor qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekin maydonlarini tekshirish va monitoring qilish natijasida toʻqqiz ming gektardan ortiq yerdan qonunga xilof tarzda yoki belgilanmagan maqsadlarda foydalanilayotganligi aniqlangan. Tekshirish natijalari boʻyicha 38631 nafar shaxs intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortilgan, 1082 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan uch milliard soʻmning ixtiyoriy ravishda toʻlanishi taʼminlangan, xoʻjalik sudlariga jami 68,4 milliard soʻmni undirish haqida 28826 ta daʼvo arizasi berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi, shuningdek “Yoshlar yili” Davlat dasturining amalga oshirilishi munosabati bilan bolalar va yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalariga alohida eʼtibor berilgan. Bu sohada voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilgan tadbirlar eng avvalo voyaga yetmaganlar orasida nazoratsizlik va qarovsizlikni bartaraf etishga, ular tomonidan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishi oldini olishga, oʻquv yurtlarida huquq fanlarini oʻqitishni takomillashtirishga, shuningdek yoshlarni ishga joylashtirishga, ularni uy-joy bilan taʼminlashga, maishiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, butun mamlakat boʻylab tashkil etilgan mehnat yarmarkalarida 25 mingga yaqin yigit-qiz ishga joylashish uchun yoʻllanma olgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Samarqand viloyatida 192 ta kam taʼminlangan yosh oila yangi uy-joy bilan taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu sohada amalga oshirilgan tadbir-choralar voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi jinoyatchilik darajasi oldingi yildagiga nisbatan 5,5 foiz kamayishiga olib keldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqni muhofaza qilish organlarining jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari bilan bu borada hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan faoliyatini muvofiqlashtirish choralari koʻrilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan 2008-yilda oʻtkazilgan muvofiqlashtiruvchi kengashlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish va jinoyatchilik profilaktikasi bilan bogʻliq sakkizta masala muhokama qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yilda bezorilik, avtotransport vositalarini olib qochish, shuningdek ishsizlar tomonidan qilingan jinoyatlar soni 2007-yilga nisbatan kamayganligi qayd etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida oʻtkazilgan kengashlarida huquqni muhofaza qilish organlari tezkor va tergov boʻlinmalarining odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati samaradorligini oshirish, bunday jinoyatlar sodir etilishiga olib borayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish, aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini faollashtirish, odam savdosidan jabrlanganlarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirish masalalari muhokama etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻta murakkab va alohida ahamiyatga molik bir qator ishlarni tergov qilish natijalari boʻyicha aybdor shaxslarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligi prinsipi taʼmin etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilotlar va muassasalar mansabdor shaxslarining jinoiy qilmishlariga chek qoʻyishga katta eʼtibor berilgan. 2008-yilda turli suiisteʼmolliklar, poraxoʻrlik, talon-toroj qilish va mansabga sovuqqonlik bilan qaraganlik uchun 6784 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning jinoiy qilmishlari tufayli yetkazilgan 233,3 milliard soʻm miqdoridagi moddiy zararning oʻrni qoplanishi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarda jinoyat ishlari hamda fuqarolik ishlari, shuningdek xoʻjalik nizolari koʻrilayotganda prokurorning vakolatlarini taʼminlash borasida anchagina ish qilingan. Chunonchi, 2008-yilda sudlarda koʻrilgan jinoyat ishlarining 99,8 foizi boʻyicha prokurorlar tomonidan davlat ayblovi quvvatlangan, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda ishlarning 61,7 foizini koʻrib chiqishda va xoʻjalik sudlarida ishlarning 77,3 foizini hal qilishda prokurorlar ishtiroki taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudlariga va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga prokurorlar tomonidan kiritilgan arizalar yuzasidan 222,6 milliard soʻmni undirish aniqlanib, shundan amalda 97,6 milliard soʻmdan koʻprogʻi undirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yanada oshirishga qaratilgan faoliyat kuchaytirilgan. Qonun hujjatlarini targʻib qilish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek prokuratura organlarining faoliyatidan aholini xabardor qilib borish maqsadida 114 mingdan ortiq tushuntiruv tadbiri, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida huquqiy mavzularda 21 mingga yaqin chiqish amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning murojaatlari prokuratura organlarida koʻrib chiqilishi va hal qilinishida qonuniylikni taʼminlash choralari koʻrilgan. Hisobot davrida prokuratura organlarining xodimlari tomonidan 77336 nafar fuqaro qabul qilinib, ularning qariyb 37 ming murojaati hal etilgan, buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan choralar koʻrilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularni tarbiyalash hamda malakasini oshirish masalalariga jiddiy eʼtibor berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Attestatsiya komissiyasi tomonidan prokuratura organlarining 216 nafar xodimi attestatsiyaga jalb etilgan, ulardan 25 nafari egallab turgan lavozimiga butunlay noloyiq yoki muvofiq emas deb topilgan. Hisobot yilida 228 nafar xodim yuqori lavozimlarga oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat vazifalarini halol va namunali bajarganliklari uchun xodimlarni ragʻbatlantirish choralari koʻrilgan. Ayni vaqtda vazifalarini lozim darajada bajarmagan yoxud prokuratura xodimi degan nomga dogʻ tushiradigan qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan prokuratura organlaridan boʻshatish va jinoyat ishlari qoʻzgʻatishgacha boʻlgan intizomiy jazolar qoʻllanilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti tahlili prokuratura organlari faoliyatida ayrim kamchiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chunonchi, 2008-yilda umumiy jinoyatchilik oʻsganligi, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar, nomusga tegish, talonchilik, tovlamachilik, firibgarlik, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bogʻliq jinoyatlar, shuningdek xotin-qizlar tomonidan va shaxslar guruhlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni koʻpayganligi jinoyatchilikka qarshi kurash olib boruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda nazorat qilish shakllari va usullarini takomillashtirishga qarata teran choralar koʻrishni talab qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazorat olib borish masalalarida kamchiliklar mavjud, ular tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi va asosliligi toʻliq taʼminlanishiga erishilmayotir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiyaga oid global muammolarning dolzarbligini inobatga olib, tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi, ayniqsa suvdan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi qabul qilinganligi munosabati bilan qishloqda turmush darajasini oshirish, qishloq ahlining manfaatlari yanada kengroq taʼmin etilishiga erishish, qishloqda sogʻliqni saqlash va taʼlim darajasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor berish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori R.H. Qodirovning Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2008-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish ishlarida samaradorlikni aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ustuvor darajada ahamiyat bergan holda oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yilda umumiy jinoyatchilik va ayrim turdagi jinoyatlar oʻsishiga olib kelgan sabablar hamda sharoitlarni sinchiklab tahlil qilsin, bunda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish masalalariga alohida eʼtibor bersin hamda jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan yanada samarali choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyati ustidan nazorat olib borish samaradorligini oshirsin, ular tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi va asosliligini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan muntazam nazorat olib borilishini tashkil etsin, bunda suvdan foydalanish masalalariga alohida eʼtibor bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari bajarilishi ustidan, ayniqsa qurilish uchun beriladigan ruxsatnomalarning rasmiylashtirilishi, kadastr rasmiylashtiruvi amalga oshirilishi, loyihalarning ishlab chiqilishi, hujjatlarning rasmiylashtirilishi, binolar ijarasi ustidan nazoratni kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini amalga oshirishga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori ushbu Qaror qanday ijro etilayotganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga 2009-yilning 1-dekabriga qadar axborot bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (M. Rajabova) zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 28-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
640-I-son