Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Xalqlar doʻstligi kunini belgilash toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 27-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 5-fevralda maʼqullangan
Senat tomonidan 2021-yil 5-fevralda maʼqullangan
1-modda. 30-iyul Xalqlar doʻstligi kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-fevral,
OʻRQ-672-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 03/21/672/0099-son)