O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA BANKLARDA ELEKTRON AXBOROTLARNI MUHOFAZALAShNI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA QO‘ShIMChALAR KIRITILIShI TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 22-oktabrda 1047-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-sonli “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3224, 10.03.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘ricida”gi Qonuni 7 va 51-moddalariga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini yagona vakillik hisob raqami rejimiga o‘tib ishlashi va bank telekommunikatsiya tarmog‘i muhofazasini ta’minlash munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 2001-yil 23-iyunda tasdiqlangan 492-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga (2001-yil 9-iyul, ro‘yxat raqami 1047 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil 13-son) ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan 10 kun o‘tgach kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi
raisi v.v.b. M. JUMAGALDIYEV
raisi v.v.b. M. JUMAGALDIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-oktabr,
21/10-son
O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bank Boshqaruvining
2004-yil 2-oktabrdagi 21/10-sonli qaroriga
ILOVA
Markaziy bank Boshqaruvining
2004-yil 2-oktabrdagi 21/10-sonli qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga kiritilayotgan
QO‘ShIMChALAR
Yo‘riqnoma quyidagi tahrirdagi yangi bandlar bilan to‘ldirilsin:
“11-1. Bank telekommunikatsiya tarmog‘i orqali davlat siri toifasiga kiruvchi ma’lumotlar uzatilishi qat’iyan man etiladi.
11-2. Markaziy bank farmoyishi va muvofiqlashtirilgan reja-jadvali asosida tijorat banklarida amalga oshirilayotgan tekshirishlar va o‘rganishlar vaqtida, tekshiruvchilarga qog‘oz hujjatlar bilan bir qatorda elektron ma’lumotlardan (elektron hujjatlar, elektron baza, elektron arxiv) ham bank binosidan olib chiqib ketmaslik sharti bilan foydalanishga ruxsat etiladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 42-son, 450-modda)