Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 01.08.1995 yildagi 307-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 23.09.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOGʻINI 2010 YILGAChA BOʻLGAN DAVRDA REKONSTRUKSIYA QILISh VA RIVOJLANTIRISh MILLIY DASTURI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va aholining bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aloqa xizmatlariga nisbatan oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qondirishni taʼminlaydigan telefon aloqasini yanada rivojlantirish, mavjud telekommunikatsiya tizilmalarini zamonaviylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini 2010-yilgacha boʻlgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aloqa vazirligi va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining “Simens” aksionerlik jamiyati, DAYEWOO kompaniyasi va boshqalar ishtirokida yuqori texnologik aloqa asbob-uskunalari va tolali-optik kabel ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonalar tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi 482-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili kapital qoʻyilmalar prognozlarini tasdiqlashda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga Milliy dasturda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini belgilasin.
Keyingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat mulki qoʻmitasi, Aloqa vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyuldagi 613-XII-son qarori 10-bandi bilan belgilangan davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, sotib olish va ijaraga berish mumkin boʻlmagan aloqa korxonalari turlari hamda guruhlari boʻyicha cheklashlarni bekor qilishga oid takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-iyuldagi 380-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Umumdavlat telefon tarmogʻiga chiqadigan oʻz telefon stansiyalariga ega boʻlgan vazirliklar, idoralar va korxonalar oʻz ATSlarini umumiy foydalanishdagi raqamli telefon stansiyalari bilan birgalikda ishlashi uchun zarur boʻlgan kommunikatsiya asbob-uskunalarini va ulash liniyalari asbob-uskunalarini zamonaviylashtirishni aloqa korxonalari bilan kelishilgan muddatlarda taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qoʻyilsinki, turar joy, ijtimoiy-madaniy va ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlarni loyihalashtirish hamda qurishda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari texnik shartlariga koʻra telefonlashtirish va radiolashtirish tashqi tarmoqlarini qurish ishlarining qiymati yigʻma smetaga majburiy tartibda kiritiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda telekommunikatsiya tarmogʻini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish vazifalarining amalga oshirilishini taʼminlovchi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorda belgilangan vazifalarni bajarish boʻyicha aloqa korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi taklif belgilangan tartibda kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Aloqa vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1968-yil 22-avgustdagi 402-son qarori (OʻzSSR QT, 1968-y., 6-son, 49-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 1-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
307-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 1-avgustdagi 307-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini 2010-yilgacha boʻlgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy (mahalliy, shaharlararo va xalqaro) telefon tarmogʻini, telegraf aloqasi tizimini, maʼlumotlarni uzatishni, faksimil aloqani, televideniye dasturlari va ovozli eshittirish dasturlarini taqsimlashni oʻz ichiga oluvchi telekommunikatsiya tarmoqlari infrastrukturaning eng muhim elementi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi axborotni tarqatishning eng maqbul muhiti hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Dasturning maqsadi va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning maqsadi jahon telekommunikatsiya tizimiga chuqurroq integratsiyalashni nazarda tutuvchi hamda mamlakat iqtisodiyoti va aholisining aloqa xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirishni taʼminlovchi raqamli uzatish tizimi va raqamli kommunikatsiya asbob-uskunalari bazasida milliy telekommunikatsiya tarmogʻini yaratish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash prinsiplarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirishga nodavlat manbalar mablagʻlarini, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunikatsiyalarning xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnika bazasini yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda telekommunikatsiya asbob-uskunalarini, tolali-optik kabel ishlab chiqarishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalar texnik asoslarini shakllantirishda respublikaning suveren huquqlariga va mintaqaviy tuzilmalar manfaatlariga rioya qilish hamda telekommunikatsiya tizimlarini yaratish va ishlatish jarayonida ularning oʻzaro aloqalarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiya jahon iqtisodiyotining eng dinamik va daromadli tarmoqlari qatoriga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telefon bilan taʼminlanganlik darajasi — har qanday mamlakat aloqasi rivojlanganlik darajasining integral koʻrsatkichi hisoblanib, u asosiy abonent terminallari va liniyalari sonini, montaj qilingan ATS sigʻimini va shaharlararo aloqa liniyalarini aks ettiradi. Aynan mana shuning uchun ham telefon bilan taʼminlanganlik darajasi Xalqaro valyuta fondi tomonidan davlatning iqtisodiy darajasiga taʼrif berishda foydalaniladigan iqtisodiy koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yil boshiga telefon bilan taʼminlanganlik darajasi (soni) respublikaning har 100 aholisiga 6,7 telefoni tashkil qiladi, u Xalqaro elektr aloqa uyushmasi qabul qilgan oʻrtacha normativdan bir necha baravar kam boʻlib, Hindiston, Pokiston, Eron kabi mamlakatlar bilan qiyoslanishi mumkin. Taqqoslash uchun Germaniyada har 100 aholiga — 44,8 telefon, Fransiyada — 52,3, Angliyada — 45,1, Turkiyada — 16,2 telefon toʻgʻri keladi. Respublikada hozirgi kunda shaharda har bir ikkinchi oila, qishloq joylarda har bir oʻninchi oila telefon bilan taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoqning ahvoli moddiy-texnik bazaning rivojlangan mamlakatlardagidan 20—30 yil orqada qolganligi, aloqa vositalari bilan jihozlanmaganlik darajasi, koʻrsatilayotgan aloqa xizmatlari sifatining pastligi, raqamli tarmoq va servis xizmatlarning rivojlanmaganligi, axborot paketini kommutatsiya qilib, maʼlumotlarni zamonaviy yuqori tezlikda uzatish tarmogʻining yoʻqligi, aloqa vositalari eskirish darajasining yuqoriligi (50 foizdan ortiq) bilan ifodalanadi. Respublika telekommunikatsiya tarmogʻining jiddiy nuqsoni analog tizimlardan foydalanish hisoblanadi, ayni bir vaqtda jahondagi barcha rivojlangan mamlakatlar 180 tagacha xizmat turlarini (analog tizimniki 15 tadan ortmaydi) koʻrsatadigan raqamli telefon stansiyalaridan foydalanmoqdalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon amaliyoti aloqa xizmati rentabelligi uchta darajada boʻlishini koʻrsatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori rentabelli xizmat — xalqaro va shaharlararo telefon aloqasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar telefon aloqasi — rentabelligi oʻrtacha xizmat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq telefon aloqasi xizmati — asosan zarar keltiradigan xizmat turi hisoblanadi, ayniqsa qishloq joylarda rekonstruksiya qilish va rivojlantirishning boshlangʻich yoki telefonlarni koʻpaytirish bosqichida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa xizmatida yuzaga kelgan rentabellikning bu uchta darajasidan kelib chiqib, birinchi navbatda shaharlararo va xalqaro telefon aloqasini rivojlantirish hamda rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari amalga oshiriladi, buning natijasida olinadigan foydadan esa mahalliy telefon aloqasini rivojlantirishda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa vositalarini rivojlantirish uch bosqichda amalga oshiriladi (1, 2, 6-jadvallar*).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Jadvallar keltirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi bosqichda (1994 — 2000-yillar) 1997-yilgacha Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida xalqaro va 400 ming nomyerga ega boʻlgan yangi avlod shahar telefon stansiyalarini ishga tushirish birinchi navbatdagi vazifalar sifatida belgilangan. Maʼnaviy va jismoniy eskirgan, ishlash muddatlarini oʻtab boʻlgan asbob-uskunalarni almashtirish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bosqich oxiriga kelib telefon bilan taʼminlanganlik darajasi (telefonlar soni) respublikaning 100 aholisiga 10,1 ni tashkil qiladi, bu 1994-yildagi darajadan 1,5 baravar ortiq boʻladi, dyemakdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davr oxiriga kelib aloqa tizimini raqamlashtirish darajasi 40 foizni tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xuddi mana shu davrda, tolali-optik aloqa kabeli asosida Xitoyni Yevropa bilan bogʻlaydigan Trans-Osiyo-Yevropa kabel magistrali (TAYE)ning respublika hududidan oʻtadigan qismining qurilishi taʼminlanadi. Toshkent, Nukus va viloyatlar markazlari oʻrtasida raqamli tolali-optik va radio releli aloqa liniyalarini qurish amalga oshiriladi, bu shaharlararo hamda xalqaro telefon kanallari sonini keskin koʻpaytirish, maʼlumotlarni paketli kommutatsiya bilan uzatish respublika tarmogʻini va jahonning barcha mamlakatlariga chiqishni taʼminlaydigan xalqaro teleks stansiyani yaratish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bosqich (2001 — 2005-yillar) respublika shaharlari va tumanlar markazlarida mahalliy telefon tarmoqlarini raqamlashtirish ishining jadal olib borilishi bilan ifodalanadi, qishloq joylarda zamonaviy ATSlarni joriy qilish, shuningdek, qishloqda radiotelefon aloqasini qoʻllash koʻlami kengaytiriladi. II bosqich oxiriga kelib telefon bilan taʼminlanganlik darajasi respublikaning 100 aholisiga 10,9 telefonga yetadi, raqamlashtirish darajasi 70 foizni tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchi bosqich (2006 — 2010-yillar) respublika telekommunikatsiya tarmogʻini yangi baza — raqamli telefon stansiyalari va uzatish tizimlari asosida yaratish boʻyicha texnik va tashkiliy ishlarni yakunlashni nazarda tutadi. Qishloq joylarda eskirgan asbob-uskukalarni almashtirish tugallanadi. Respublika 100 aholisiga telefon bilan taʼminlanganlik darajasi 13,4 ni tashkil qiladi (6-jadval).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika iqtisodiyoti imkoniyatlarining cheklanganligi tufayli uchinchi bosqich oxiriga kelib rejalashtirilayotgan telefon bilan taʼminlanganlik darajasi Xalqaro elektr aloqasi uyushmasi tavsiya etayotgan, mamlakat iqtisodiyotini bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratadigan telefon bilan taʼminlanganlik darajasi — 100 kishiga 25 telefon taʼminlay olmaydi. Shu bilan birga, mazkur masala aloqa korxonalarini xususiylashtirishda koʻrib chiqiladi, chunki bu xususiylashtirishning shartlaridan biri investitsiyalarni telefon bilan taʼminlanganlik darajasi 100 kishiga 20 va undan ortiq telefon boʻlishiga erishishni taʼminlashga yoʻnaltirishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning eng muhim yoʻnalishlaridan biri raqamli telekommunikatsiya aloqa tarmogʻini bosqichma-bosqich yaratib, uni keyinchalik xizmatlarni integratsiyalab raqamli tarmoqqa (ISDN) oʻtkazishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha bosqichlarda muassasa telefon aloqasi sektorini, radiotelefon va mobil (uyali) aloqani rivojlantirish ishlari jadallashtirilgan tarzda bajariladi, aloqaning kosmik tizimi yanada rivojlantiriladi va takomillashtiriladi. “Uyali aloqa” radiotelefonlar soni 150 mingga (hozirgi kunda — 1 mingta), qishloq radiotelefon tizimlari sigʻimi hozirgi 181 ming oʻrniga 360 mingtaga, muassasa (idora) telefon aloqalari sigʻimi 530 ming telefon nomeriga yetadi, bularni, shuningdek, ularni ulovchi liniyalarni qurish aloqa korxonalarining texnik shartlari boʻyicha buyurtmachi hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy aloqa tarmogʻini moʻljallanilayotgan texnik qayta jihozlash vazirliklar, idoralar va mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarning aloqa xizmatlariga boʻlgan barcha asosiy ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. Idoralar liniyalari qurilishi asosan texnologik jarayonlarni qondirish maqsadidagina amalga oshiriladi. Umumfoydalanishdagi boshlangʻich tarmoqlar va idoralar tarmoqlarini oʻzaro bogʻlash uchun kanallar va tarmoq traktlariga boʻladigan ehtiyoj kommunikatsiyalashmaydigan kanallar va traktlarga boʻlgan umumiy ehtiyojda hisobga olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassasa va tashkilotda telefonga ehtiyoj 8 tadan ortiq boʻlganda, qoidaga koʻra, ofislarni telefonlashtirish muassasa ATS va kommutatorlarni oʻrnatish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoq uchun mutaxassislarni tayyorlashni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent aloqa kolleji, Toshkent telekommunikatsiya kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashni Markaziy Osiyo mintaqaviy markazida, shuningdek, xorijiy firmalar bilan tuzilgan kontraktlar doirasida amalga oshirish moʻljallangan.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Telekommunikatsiya asbob-uskunalari va tolali-optik aloqa kabelini sanoatda ishlab chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston sanoatining hozirgi kundagi imkoniyatlari telekommunikatsiya asbob-uskunalarini, uzatish tizimlari va tolali-optik kabelni zarur miqdorda hamda sifatli ishlab chiqarish imkonini bermaydi. Mis sim qoʻllaniladigan kabel mahsuloti keng assortimentda va yetarli miqdorda hozirgi kunda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi uchta birlashmada ishlab chiqarilmoqda. Tolali-optik kabellarni kichik seriyada “Elektrosignal” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ishlab chiqarmoqda. U bu mahsulotni Rossiyadan olinadigan xomashyoni oʻz ishlab chiqarishiga moslab qayta ishlab Rossiya texnologiyasi boʻyicha chiqarishni oʻzlashtirgan. Optik kabellarni ishlab chiqarishda jahon darajasini taʼminlab keyinchalik Jahon bozoriga chiqish uchun xorijiy firmalar texnologiyalari va investitsiyalarini qoʻshma korxonalar tashkil etish shaklida jalb qilish zarur boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturda 1995 — 1997-yillarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilib respublikada tolali-optik aloqa kabellarini, uzatish va kommutatsiyaning raqamli tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa vazirligi va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan SIEMENS aksionerlik jamiyati (Germaniya) imzolagan Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish va modernizatsiyalash sohasidagi hamkorlik dasturini rivojlantira borib, shuningdek, xorijiy kompaniyalar mablagʻlarini jalb qilish maqsadida respublikada zamonaviy telekommunikatsiya asbob-uskunalari va tolali-optik aloqa kabelini sanoatda ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxonalarni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi kunda ijaradagi “Elektrosignal” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va SIEMENS hamda Turk SIEMENS (Turkiya) firmalari oʻrtasida tolali-optik aloqa kabelini ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona tashkil etishga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Bu jarayonda NOKIA (Finlyandiya), PIRELLI (Italiya) firmalari va boshqa yetakchi firmalarning ishtirok etishiga oid takliflar oʻrganilmoqda, bu Oʻzbekistonga mazkur mahsulot bilan faqat Markaziy Osiyo bozorlariga emas, balki boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SIEMENS firmasi, uning SIMKO (Turkiya) shuʼba firmasi bir tomondan va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi korxonalari — “Integrator” zavodi va “Oʻzbekkosmos” davlat agentligi “Granit” Markaziy Osiyo montaj-texnologiya boshqarmasi ikkinchi tomondan, qishloq raqamli telefon stansiyalari, tumanlar markazlari uchun EWSD stansiyalari, EWSDni kengaytirish uchun asbob-uskunalar, muassasa ATSlari, raqamli uzatish tizimlari, analog-raqamli oʻzgartirgichlarni ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxonalarni tashkil etish boʻyicha taʼsis hujjatlari va texnik iqtisodiy asoslashlarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa vazirligi Janubiy Koreyaning DEU firmasi bilan Urganch shahrida qurilayotgan aloqa vositalari zavodi bazasida qishloq raqamli telefon stansiyalarini ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. DEU firmasi texnologik uskunalarni yetkazib berishni taʼminlaydi va keyinchalik ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur kreditlarni beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gretsiyaning “Vardinoyannis” va “Sombos” firmalari bilan axborot-kommutatsiya materiallarini uzatishning raqamli tizimlarini va shahar hamda qishloq telefon tarmoqlari liniya xoʻjaligi uchun zarur komponentlar (koʻplab talab etiladigan kross asbob-uskunalar, boksli taqsimlash shkaflari, taqsimlash korobkalari va kabel muftalari)ni ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxonalarni tashkil etish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat faoliyat uchun teng shart-sharoitlar yaratish va raqobatni rivojlantirish maqsadida qoʻshma korxona ishlab chiqaradigan mahsulotni sotishda qandaydir imtiyozlar yoki ustuvorliklar berishdan oʻzini tiyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Milliy dasturni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va mablagʻ bilan taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish bosqichi shart-sharoitlarida iqtisodiyotni rivojlantirish koʻp jihatdan asosiy vazifasi sodir boʻlayotgan jarayonlarni bozor munosabatlari va tartiblarini haqiqiy iqtisodiy vaziyat hamda iqtisodiyotning ayrim sohalarini bozor mexanizmlarining ishlash prinsiplarni qabul qilishga tayyorligi bilan muvofiqlashib izchil va maqsadga muvofiq shakllantirishdan iborat boʻlgan davlat tomonidan tartibga solinishi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyani davlat tomonidan tartibga solish va qoʻllab-quvvatlashning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa tizimini tashkil etishning umumiy huquqiy va iqtisodiy asoslarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya vositalariga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va boshqarish sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning huquq hamda majburiyatlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va telekommunikatsiya idora vositalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya vositalari ustidan davlat texnik nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya vositalari orqali berilayotgan axborotda davlat xavfsizligi manfaatlarini va axborotning maxfiyligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat telekommunikatsiya tizimlari tashkil etilishini ragʻbatlantirish, bu tizimlarga xorijiy investitsiyalar jalb etilishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, xorijiy kapitalning davlat telekommunikatsiya tarmogʻiga kirib kelishini tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy telefon tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirishga soliq, boj, amortizatsiya borasida va boshqalarda imtiyozlar berish, shuningdek, qisman davlat budjeti hisobidan mablagʻ bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiya tarmogʻini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturini mablagʻ bilan taʼminlashni asosan aloqa korxonalarining oʻz mablagʻlari hisobiga, shuningdek quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirish nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy kreditlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa isteʼmolchilari (aholi, tashkilotlar, muassasalar) mablagʻlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa korxonalarining mablagʻlari shaharlarda shaharlararo telefon tarmoqlarini, stansiyalararo va magistral aloqa liniyali telefon stansiyalarini, tumanlar markazlarida radiotelefon aloqaning kompleks asbob-uskunali telefon stansiyalarini qurishga, shuningdek xorijiy kreditlarni qaytarishga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa korxonalari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlovchi xorijiy organlarning asbob-uskunalarni yetkazib berishga beradigan kreditlarini jalb qilish yanada rivojlanadi. Bunda Aloqa vazirligi tomonidan kontraktda kelishilgan xorijiy valyutadagi toʻlovlarni oʻtkazish masalasini hal qilish taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Aloqa vazirligi tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga xorijiy davlatlar hukumat kreditlarini KFW (Germaniya) va ODA (Yaponiya) dasturlariga oʻxshash imtiyozli asosda jalb qilish ishi davom ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mablagʻlari, tashkilotlar, muassasalar va aholi mablagʻi hisobiga ATS binolarini, taqsimlash tarmoqlarini, telefonlashtirish ichki tarmoqlari va radiotelefon tizimlari abonent stansiyalarini qurish nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telefon aloqasi vositalarini rivojlantirish masalalarini hal qilishga aholi mablagʻlarini jalb qilish ham nazarda tutilgan. Bu birinchi navbatda, shaharlar va qishloq tumanlarida uylar yakka tartibda qurilayotgan joylarda taqsimlash tarmoqlarini qurish xarajatlarini qoplash uchun qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Erkin tariflarga bosqichma-bosqich oʻtilishi bilan Aloqa vazirligi xizmatlar qiymati asosiy koʻrsatkichlarini foydalanish xarajatlarini haqiqiy qoplashni taʼminlash va korxonalarning barqaror rivojlanishlari uchun zarur boʻladigan jamgʻarma fondlarini shakllantirishga yaqinlashtirish ishini amalga oshirib boradi. Ammo xizmatlar isteʼmolining shakllangan darajasi hamda keng aholi qatlamining moddiy taʼminlanganlik darajasi tariflarni jahon koʻrsatkichlarigacha koʻtarish imkonini bermaydi, bu ayniqsa mahalliy telefon aloqasiga tegishlidir. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrining eng muhim koʻrsatkichlaridan biri — aholining barcha qatlamlarini ijtimoiy himoyalash zarurligini nazarda tutib, mazkur bosqichda mahalliy telefon aloqasi xizmatlari tariflari darajasini aholining haqiqiy daromadlariga muvofiq keladigan darajada saqlash maqsadga muvofiqdir. Bu sharoitlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturining amalga oshirilishi budjet hisobidan toʻgʻridan toʻgʻri mablagʻ bilan taʼminlash, soliq va boshqa imtiyozlarni berish, aloqa korxonalarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni yoʻnaltirish yoʻli bilan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hisobiga taʼminlanadi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda boshlangʻich bosqichda har yili respublika budjetidan 150 mln soʻm miqdorida budjet mablagʻlarini ajratish, shuningdek aloqa korxonalarini qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod qilish nazarda tutiladi. Aloqa korxonalarini xususiylashtirish boshlanishiga koʻra davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarning 80 foizini yoʻnaltirish hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umuman davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash miqdori Milliy dasturni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan investitsiyalar umumiy hajmining 15 — 18 foizi atrofida boʻladi (3, 4-jadvallar*).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Jadvallar keltirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet mablagʻlarini aholi, davlat boshqaruv organlari, mudofaa hamda xavfsizlik manfaatlariga xizmat qiluvchi shaharlararo va xalqaro elektr aloqani rekonstruksiya qilish va rivojlantirish xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltirish nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini 2010-yilgacha boʻlgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturining amalga oshirilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiyalarni jahon andozalari talablariga javob beruvchi raqamli asbob-uskunalarga toʻliq oʻtkazishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telefon bilan taʼminlanganlik darajasini Xalqaro elektr aloqa uyushmasi tavsiya etayotgan, bozor shart-sharoitlarida iqtisodiyotni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun sharoitlar yaratadigan 20 — 25 telefon darajasiga yetkazishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatiladigan xizmatlar turlarini 180 tagacha yetkazib, xizmatlar sifatining yuqori darajasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ehtiyojini toʻliq taʼminlaydigan telekommunikatsiya asbob-uskunalari va tolali-optik kabelni ishlab chiqaruvchi respublika sanoatini yaratishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy tarmoqning jahon telekommunikatsiya va axborot tarmogʻiga integratsiyalashuvini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi 482-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)