10.06.2006 yildagi 196-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi F. Mullajonovning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati shuni qayd etadiki, 2005-yilda yuritilgan qattiq pul-kredit siyosati, shuningdek bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish birinchi navbatda, real iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish va inflatsiyani jilovlab turishga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvarda boʻlib oʻtgan qoʻshma majlisidagi “Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” nomli maʼruzasida ilgari surilgan vazifalarni bajarishga yoʻnaltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni yanada mustahkamlash, inflatsiyaning past darajada boʻlishini taʼminlash, pul bozorini jadal rivojlantirish va erkinlashtirishga yoʻnaltirilgan pul-kredit siyosatini yuritishga alohida eʼtibor berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zamonaviy vositalardan foydalangan holda pul agregatlarini boshqarish operatsiyalari faol amalga oshirilganligi hamda yuritilayotgan pul-kredit va soliq-budjet siyosatlari yanada muvofiqlashtirilishi pul massasi hajmi oʻrtacha yillik hisobda yalpi ichki mahsulotning 14,2 foizi darajasida saqlanishini taʼminlagan (u 14,5 foiz boʻlishi belgilangan edi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrilgan chora-tadbirlar mamlakatda narx-navolar darajasi barqaror boʻlishini taʼminlagan. 2005-yil yakunlari boʻyicha inflatsiya koʻrsatkichi 7,8 foizdan oshmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi savdoda ijobiy tamoyillarning saqlanib qolinganligi, eksportning va savdo balansida ijobiy saldoning oʻsishi mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining 35 foiz koʻpayishiga olib kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naqd pul muomalasi sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va boshqa idoralar bilan birgalikda naqd pul mablagʻlarining bankdan tashqarida aylanishini qisqartirish, boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklaridagi depozitlarga jalb qilish va plastik kartochkalardan foydalanib naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish choralari koʻrilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil mobaynida emissiya qilingan plastik kartochkalarning umumiy soni besh baravar koʻpayib, 2006-yil 1-yanvar holatiga koʻra 2 mln. donadan oshib ketgan. Toʻlovlarni plastik kartochkalar vositasida qabul qilish infratuzilmasini kengaytirish uchun mamlakat mintaqalarida 11 mingdan ortiq terminal oʻrnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-avgustda qabul qilingan “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul toʻlovlarini uzluksiz taʼminlash kafolatlari toʻgʻrisida”gi PQ-147-sonli Qarorini bajarish uchun koʻrilgan chora-tadbirlar aholining bank tizimiga boʻlgan ishonchini oshirishda muhim rol oʻynadi va banklarning kassalariga naqd pul tushumlari sezilarli darajada koʻpayishiga olib kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklarining har bir filialida yetarli darajada naqd pul zaxiralari yaratilib, aholi va xoʻjalik subyektlarining naqd pulga boʻlgan talabi ularning depozit hisobvaraqlaridagi mablagʻlari doirasida oʻz vaqtida qondirilishi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi paytda mamlakat tijorat banklari tomonidan milliy valyutada 146 va xorijiy valyutada 50 dan ortiq turda yangi omonatlar joriy etilgan. Bu esa banklardagi aholi omonatlarining 39 foiz oʻsishini taʼminlagan. Ularning hajmi 2006-yil 1-yanvar holatiga koʻra 449,5 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 50-moddasiga muvofiq bank tizimi barqarorligini qoʻllab-quvvatlash, bank omonatchilari va kreditorlari manfaatlarini himoya qilish yoʻli bilan aholining unga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, yangi tashkil etilayotgan banklar ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan yangi talablar qoʻyilgan, shunga koʻra ustav kapitalining eng kam miqdori 2007-yil 1-yanvargacha bosqichma-bosqich ravishda xususiy banklar uchun 2,5 mln. AQSh dollariga va qolgan banklar uchun 5 mln. AQSh dollariga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida tijorat banklari kapitalining umumiy hajmi 2005-yil 1-yanvarga nisbatan 106,8 mlrd. soʻmga ortgan va 2006-yil 1-yanvar holatiga koʻra 930,9 mlrd. soʻmga yetgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommunal va boshqa toʻlovlarni toʻlashda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shuningdek qishloq joylarda fermer va dehqon xoʻjaliklari, boshqa kichik biznes subyektlari va xususiy tadbirkorlarga bank xizmatlari koʻrsatish uchun tijorat banklari tomonidan 1450 ta mini-bank tashkil etilgan, ularning 328 tasi 2005-yilda ochilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun berilayotgan imtiyozli kreditlar hamda mikrokreditlar hajmining oʻsishidan iborat juda muhim tamoyil saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklar tomonidan amalda barcha ishlab chiqarish va xizmat turlariga mikrokreditlar berilmoqda. Oʻtgan yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlash hajmi 19 foiz koʻpaygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni sotib olish uchun tijorat banklari tomonidan aholiga berilgan kreditlar miqdori hisobot davrida ikki baravar oshib, 217 mlrd. soʻmni tashkil qilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3750-sonli Farmoniga muvofiq mamlakatning barcha hududlaridagi 74 ta filial va 165 ta mini-bankni oʻz ichiga oluvchi keng tarmoqli va rivojlangan infratuzilmaga ega boʻlgan “Tadbirkor” aksiyadorlik-tijorat banki negizida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan bir qatorda, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining talablaridan kelib chiqqan holda banklar faoliyatida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni sotib olish uchun aholiga kreditlar berish imkoniyatidan toʻliq foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kreditlar, mikrokreditlar berish, mikrolizing xizmatlari koʻrsatish mexanizmini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo va xizmat koʻrsatish sohalarida hisob-kitoblarni amalga oshirishda plastik kartochkalardan foydalanishni yanada kengaytirish, ularni zamonaviy va ishonchli toʻlov vositasi sifatida aholi orasida keng targʻib qilish sohasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni yanada faollashtirish lozimligi qayd etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi F.Mullajonovning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yilda milliy valyutaning barqarorligini taʼminlashga qaratilgan monetar siyosat yuritishni davom ettirish, pul agregatlarini tartibga solishning zamonaviy bozor vositalaridan keng foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta moliyalash stavkalarining inflatsiya darajasiga taʼsirini oshirish, shuningdek pul bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda shakllanadigan foiz stavkalarining iqtisodiy jihatdan oqilona va moslashuvchan boʻlishini taʼminlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning kapitallashuv darajasi va moliyaviy barqarorligini oshirishga, ularning resurs bazasini koʻpaytirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni nazarda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklararo bozorda raqobat muhiti rivojlanishini ragʻbatlantirish, bank xizmatlari bozorini rivojlantirish uchun barcha mavjud imkoniyatlardan keng foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining, ayniqsa qishloq joylarda, xarid qobiliyatini oshirish uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni sotib olishga ajratilayotgan kreditlar sonini koʻpaytirish choralarini nazarda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes subyektlari va xususiy tadbirkorlarga, shuningdek, dehqon va fermer xoʻjaliklariga mikrokreditlar ajratish va mikrolizing xizmatlari koʻrsatishni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plastik kartochkalardan foydalangan holda hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqalarda kredit uyushmalari va lombardlar faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 10-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
196-I-son