21.11.2019 yildagi 2910-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qarori, 21.11.2019 yildagi 2910-III-son
Kuchga kirish sanasi
21.11.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2019-yilning toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2019-yilning toʻqqiz oyidagi ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining yanada mutanosib rivojlanishi natijasida asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning ijobiy oʻsish surʼatlari saqlanib qoldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida soliq siyosatini tubdan takomillashtirish konsepsiyasining amalga tatbiq etilishi va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha joriy etilgan yangiliklar hisobiga iqtisodiyotda tashqi va ichki savdo aylanmasining oʻsishiga, valyuta bozorining yanada erkinlashishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilishiga erishildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada joriy yilning toʻqqiz oyida yalpi ichki mahsulotning oʻsishi 5,7 foizni tashkil etdi, xususan, xizmatlar koʻrsatish 1,7 foiz, sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmi 1,6 foiz, mahsulotlarga sof soliqlar 0,7 foiz, qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaliklari mahsuloti hajmi 0,6 foiz hamda qurilish ishlari hajmi 1,1 foiz oʻsgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti daromadlari 79,2 trln. soʻmni, xarajatlari esa 86,5 trln. soʻmni tashkil etib, yalpi mahsulotdagi ulushi tegishincha 21,9 va 23,9 foizni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, budjet tashkilotlarida va budjetdan mablagʻ oluvchilarda budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan davlat moliyaviy nazorat tadbirlari amalga oshirilishi natijasida 5487 ta budjet tashkilotining 4461 tasida 91,4 mlrd. soʻm miqdoridagi moliyaviy xatoliklar, noqonuniy xarajatlar aniqlangan. Xususan, Xalq taʼlimi, Sogʻliqni saqlash vazirliklari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tizimida yuqoridagi holatlar aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga deputatlar joylarda oʻrganishlar mobaynida aniqlangan muammolar va hal etilishi lozim boʻlgan masalalardan kelib chiqib, oʻtgan davrda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosida bir qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligini ham taʼkidladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1057-sonli Qaroriga muvofiq respublikamizdagi 36 ta tibbiyot muassasasini 2432 ta tibbiy texnika, butlovchi, ehtiyot qismlar va sarflov materiallari bilan taʼminlash uchun ajratilgan 217,7 mlrd. soʻmning (25,9 mln. AQSh dollari ekvivalentida) atigi 104,4 mlrd. soʻmi oʻzlashtirilgan (48 foiz).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4067-sonli Qaroriga muvofiq sogʻliqni saqlash muassasalarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya, ilmiy, ishlab chiqarish, diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash xarajatlari uchun ajratilgan 64,0 mlrd. soʻmdan 0,5 mlrd. soʻmi oʻzlashtirilgan xolos.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaholanki, joylardagi birlamchi tibbiy muassasalarda, ayniqsa tashkil qilingan qishloq oilaviy poliklinikalarida 6 ta tor soha mutaxassislari uchun zarur boʻlgan tibbiy uskunalar yetishmaydi. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan esa mablagʻlar oʻzlashtirilmay kelinmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chekka hududlarda elektr energiyasi, tabiiy gaz, ayniqsa ichimlik suvi yetishmasligi bilan bogʻliq holatlar dolzarb masalalardan biri boʻlib turgan bir vaqtda, baʼzi viloyatlarda ichimlik suv taʼminoti tizimini yaxshilash maqsadi uchun ajratilgan mablagʻlar oʻzlashtirilmay qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlar amaldagi qonunchilikka koʻra homiladorlik va tugʻish, bola tugʻilganligi, qoʻshimcha dam olish kunlari uchun toʻlanadigan nafaqalar xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobidan amalga oshirilishi qonunchilikda belgilanganligiga qaramay xoʻjalik yurituvchi subyektlar mazkur tartibga rioya etmayotgan hollar mavjudligiga eʼtibor qaratdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlar birlashmalari va qoʻmitalarida dastlabki tarzda hisobotni muhokama qilish davomida bildirilgan takliflar hamda mulohazalarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2019-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning toʻqqiz oyidagi Davlat budjeti daromadlari 79,2 trln. soʻmni, xarajatlari esa 86,5 trln. soʻmni tashkil etib, 7,3 trln. soʻm taqchillik bilan bajarilganligi qayd etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni, 2019-yilgi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari daromadlari hamda xarajatlarining asosiy parametrlari soʻzsiz ijro etilishini, iqtisodiyotning yanada barqaror va mutanosib rivojlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan vazirlik va idoralar rahbarlarining ushbu holatlarni bartaraf etish yuzasidan koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi hamda Davlat budjeti boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari parametrlarining 2019-yil yakuniga qadar toʻliq ijro etilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 21-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2910-III-son