Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 31.07.1995 yildagi 303-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TOShKENT” AEROPORTINI REKONSTRUKSIYA QILISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent” aeroportini rekonstruksiya qilish ishlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Germaniya Federativ Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 1994-yil 13-mayda tuzilgan Moliyaviy va texnik hamkorlik sohasida hukumatlararo Bitimni amalga oshirish doirasida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Germaniyaning “Shtrabag”, “Simens” va “Alkatel” firmalari bilan “Toshkent” aeroportining aerodrom inshootlarini rekonstruksiya qilish ishlarini bajarishga doir shartnomalar tuzganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shtrabag” firmasi Janubiy uchish-qo‘nish maydonini shu yilning sentyabrigacha ishga tushirgan holda kuchaytirishni birinchi navbatda amalga oshirish va Shimoliy uchish-qo‘nish maydonini rekonstruksiya qilishni 1995-yil dekabrda to‘liq tugallashni zimmasiga olganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent” aeroportini rekonstruksiya qilish ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun KFW banki, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi o‘rtasida 31,3 mln Germaniya markasi miqdorida imtiyozli kredit berilishi to‘g‘risida shartnoma tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Toshkent” aeroporti uchish-qo‘nish maydonlarini rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishning ilovaga* muvofiq jadvaliga rozilik bildirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bir hafta muddatda KFW banki bilan birgalikda “Toshkent aeroporti” yordam dasturini uchish-qo‘nish maydonlarining ustuvorligini va ularda bajariladigan ishlarning hajmlarini aniqlash qismini qayta ko‘rib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi “Shtrabag” firmasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining buyurtmanomalariga muvofiq keltirilayotgan asbob-uskuna va moddiy resurslarning bojxona hujjatlari o‘z vaqtida (ko‘pi bilan uch kunda) rasmiylashtirilishini va mo‘ljallangan joyga yetkazib berilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Subpudrat ishlarini bajarishni va mahalliy qurilish materiallarini yetkazib berishni amalga oshirayotgan “O‘zqurilishmateriallari” davlat konserni, “O‘zbektransqurilish” davlat uyushmasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi, “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” davlat korporatsiyasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi “Shtrabag” firmasi bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlarining kelishilgan muddatlarda so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda rekonstruksiya qilish va aviakompaniyaning kreditni qaytarishi davrida “Toshkent” aeroportiga soliq imtiyozlari berish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi KFW banki bilan birgalikda mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda zarur tadqiqotlarni amalga oshirsinlar va Janubiy uchish-qo‘nish maydonini kengaytirish hamda uni IKAO Xalqaro fuqaro aviatsiya tashkiloti normalari bo‘yicha ikkinchi toifagacha yetkazishning maqsadga muvofiqligini tahlil qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov va Bosh vazir o‘rinbosari R.R. Yunusov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 31-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
303-son