Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq:
1. 2012-yil 23-avgustda Bishkek shahrida imzolangan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Kotibiyatining moliyaviy qoidalari toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomaga qoʻshilishi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 1-fevral,
PQ-4967-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2021-y., 07/21/4967/0076-son)