28.06.2008 yildagi 506-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2007-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Muhitdinovning 2007-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi maʼruzasini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash yuzasidan mamlakatimizda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ularning faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlashni yaxshilash, davlat xizmatchilarining masʼuliyatini hamda kasb tayyorgarligi darajasini oshirish yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilindi. Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan koʻrilayotgan tub choralar sharofati bilan davlat tuzilmalarining, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning qonunchilik faoliyati va huquqni qoʻllanish amaliyoti qonun hujjatlariga muvofiq ravishda amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga baʼzi davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida jiddiy kamchiliklar hamda foydalanilmagan rezervlar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim davlat organlarining norma ijodkorligi faoliyati samarasizligicha qolmoqdaki, bu tayyorlanayotgan qonun loyihalarining sifati past ekanligida, ana shu qonunlarni qabul qilishning oqibatlari chamalab koʻrilmayotganligida hamda ularni ishlab chiqish zarurati yetarlicha asoslanmaganligida namoyon boʻlmoqda. Hisobot davrida huquqiy ekspertizaga taqdim etilgan qonun loyihalarining 70 foizidan ortigʻini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida tub-asosli tarzda ishlab maromiga yetkazishga toʻgʻri keldi. Jumladan, “Tibbiy faoliyat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ustidagi ishlar bunday normativ-huquqiy hujjatga ehtiyoj yoʻqligi uchun toʻxtatildi. Mazkur qonun loyihasini tayyorlashga anchagina odam va moliya resurslari jalb etilgan edi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarini tahlil qilish natijasida 100 ga yaqin havola etuvchi normalar, yaʼni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari bilan taʼminlanmagan, “belgilangan tartibda”, “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” tarzida taʼriflangan normalar aniqlandi. Bunday faktlar ayrim hollarda qonun normalari oʻzboshimchalik bilan talqin etilishiga yoki bajarilmasligiga sabab boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquq ijodkorligi va huquqni qoʻllanish yoʻnalishidagi faoliyatining tubdan yaxshilanishi taqozo etilmoqda. Monitoring shuni koʻrsatdiki, hokimlarning normativ-huquqiy xususiyatga ega boʻlgan hamda respublika davlat organlarining hujjatlarini ijro etish yuzasidan qabul qilinayotgan qarorlarining 70 foizidan ortigʻi amalda bu qarorlarning qoidalarini toʻligʻicha takrorlamoqda hamda mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan normalarni oʻz ichiga olmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarini ijrochilarga yetkazish va bunday hujjatlarning hisobini tizimli asosda yuritish ishlari jiddiy tarzda takomillashtirishni talab qilmoqda. Xususan, faoliyati oʻrganilgan tuman va shahar darajasidagi 50 ta hokimlikdan 44 tasida (89 foiz) qonunlarning nazorat nusxalari yuritilmagan, 25 tasida (50 foiz) qonun hujjatlarining hisobini tizimli asosda yuritish uchun zarur rasmiy nashrlar yoʻq. Shuning oqibatida hokimlarning ayrim qarorlari qonun hujjatlariga zid kelmoqda, chunki ular oʻz kuchini yoʻqotgan qonunlar asosida yoki mansab vakolatlari doirasidan chetga chiqqan holda qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turli idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazmay turib qabul qilish hamda ijroga yuborish amaliyoti jiddiy muammoligicha qolmoqda. Chunonchi, 2007-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 3 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 4 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 16 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 26 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining 12 ta noqonuniy hujjati aniqlandi. Noqonuniy normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish hamda ularni ijrodan qaytarib olish maqsadida 2007-yilda tegishli idoralarga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 19 ta taqdimnoma kiritildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat berishga doir qonun hujjatlari ichki ishlar, davlat bojxona xizmati organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida amalga oshirilishi ustidan olib borilgan monitoringda bir qancha qoidabuzarliklar, xususan notoʻgʻri statistika yuritilishi, qonun hujjatlarining ayrim talablari bajarilmasligi, xizmat tekshiruvlarini tayinlash va oʻtkazish amaliyoti yaxshi yoʻlga qoʻyilmaganligi, kelib tushayotgan shikoyatlar miqdori dinamikasini tahlil etish va ularning sabablarini oʻrganish yuzasidan batartib ish olib borilmayotganligi aniqlandi. Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatida amalga oshirilishini monitoring qilish jarayonida ham shunga oʻxshash kamchiliklar aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarining davlat bojxona xizmati organlari faoliyatida amalga oshirilishini monitoring qilish asnosida bojxona siyosati samarali tarzda yuritilishiga monelik qilayotgan muayyan kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibga xilof ravishda qabul qilish va ijroga yuborish, qonun hujjatlaridagi oʻzgartish va qoʻshimchalarni oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga lozim darajada kiritmaslik, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni qoʻllamaslik hollari, shuningdek faoliyatning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha statistika maʼlumotlarini tuzishga nisbatan yagona yondashuv yoʻqligi va boshqa qator qoidabuzarliklar aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi organlarining, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining qonunchilik hamda huquqni qoʻllanish faoliyatini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2007-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi maʼruzasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlarining, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining qonunchilik hamda huquqni qoʻllanish faoliyatini amaliy tarzda monitoring qilishni kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy yoʻsindagi noqonuniy norma ijodkorligi hollarining oldini olish maqsadida qonun hujjatlarini takomillashtirish, shu jumladan bunga aybdor mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan chuqur oʻylangan, amaliy takliflar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ hujjatlarni qabul qilish hamda qoʻllanish, ularni eʼlon qilish va manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish borasidagi ishlari ustidan nazoratni kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy xususiyatga molik qarorlarining loyihalarini viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazishning belgilangan tartibiga ogʻishmay rioya etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini yuridik jihatdan rasmiylashtirishga, shu jumladan qonun loyihalarining konsepsiyalarini tayyorlashga oid uslubiy qoʻllanmani ikki oylik muddat ichida ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olti oylik muddat ichida davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularning malakasini oshirish, ular oʻrtasida tushuntirish ishlari va seminarlar oʻtkazish, shuningdek tegishli uslubiy tavsiyalar tayyorlash yuzasidan amaliy choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar amaliyotda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllanish hollariga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek qonunlarning loyihalarini tayyorlash mexanizmini takomillashtirish va ularning sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikni kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga qonun ijodkorligi faoliyatini yanada takomillashtirish zarurligi toʻgʻrisidagi masalani ushbu Qarorda koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni inobatga olgan holda muhokama qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu Qarorning ijro etilishi jarayoni haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga 2009-yil 1-yanvarga qadar axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 28-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
506-I-son