27.10.2018 yildagi 2088-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori , 27.10.2018 yildagi 2088-III-son
Kuchga kirish sanasi
27.10.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Oʻzbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2018-yil 26-oktabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani faollari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishdagi maʼruzasida belgilab berilgan Toshkent shahrining maqomi toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish borasidagi vazifalarni tashkil etish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida”gi PF-5515-sonli Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh ilovaga muvofiq tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishchi guruhiga (R. Xakimov) ikki haftalik muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— davlat poytaxti maqomini belgilash borasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— qonun loyihasini ishlab chiqish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari hamda Toshkent shahar hokimligi devoni xodimlarining fikr va mulohazalarini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— oʻrganish natijalaridan kelib chiqqan holda, mazkur qonun loyihasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritish vazifalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 27-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2088-III-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2018-yil 27-oktabrdagi 2088-III-sonli Qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

T/r

F.I.Sh.

Ish joyi va lavozimi

1.

Xakimov R.R.

—

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi, Qonunchilik muammolari instituti direktori – Ishchi guruh rahbari

Ishchi guruhi aʼzolari

2.

Abdullayev I.Z.

—

Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi

3.

Mamajanov Sh.M.

—

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi

4.

Xoliyarov Y.B.

—

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi aʼzosi

5.

Saidaxmetova N.Z.

—

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi

6.

Karimov R.X.

—

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi

7.

Xusanova M.A.

—

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi

8.

Ziyo A.H.

—

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi

9.

Jabborov S.V.

—

Qonunchilik palatasi Devoni rahbarining oʻrinbosari

10.

Rustamov B.M.

—

Qonunchilik palatasi Qoʻmitalar huzuridagi Kotibiyat boshligʻi

11.

Kim F.V.

—

Yuridik boʻlim mudirining oʻrinbosari

12.

Bekov I.R.

—

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti boʻlimining boshligʻi