18.05.2019 yildagi 2501-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 18.05.2019 yildagi 2501-III-son
Kuchga kirish sanasi
18.05.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019-yil birinchi choragida bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019-yil birinchi choragida bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, Davlat dasturiga muvofiq mamlakatimizda xalq bilan muloqot, inson manfaatlarini himoya qilish, faol tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani mamlakat taraqqiyoti hamda xalq farovonligi yuksalishini taʼminlashda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlariga va makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi. Xususan, yalpi ichki mahsulot oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,3 foizga oʻsdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. “Har bir oila — tadbirkor”, “Yoshlar — kelajagimiz”, dehqon xoʻjaliklari va shaxsiy tomorqa yerlarini rivojlantirish dasturlari ijrosi doirasida jami 552,8 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilib, 13,5 mingdan ortiq aholining ish bilan bandligi taʼminlandi. Oʻzbekistonning xalqaro yevro obligatsiyalari ilk bor London birjasida joylashtirildi, mamlakatimizning “Biznes yuritish” yillik reytingidagi oʻrni yanada yaxshilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturining birinchi chorak uchun belgilangan ustuvor vazifalari oʻz vaqtida, sifatli ijro etilishiga koʻp jihatdan Vazirlar Mahkamasi tashkiliy tuzilmasining takomillashtirilgani, bunda uning ishi yangi mazmun bilan boyitilgani, yirik xoʻjalik boshqaruv subyektlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilgani yordam berdi. Shuningdek, Davlat dasturining ijrosini taʼminlashda Hukumat va parlament quyi palatasi oʻrtasida yaqin hamkorlikda faoliyat olib borilganligi muhim omil boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat faoliyatida ijtimoiy masalalarning ustuvorligi taʼminlanib, aholining bandligi, sogʻliqni saqlash, taʼlim tizimini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, umumiy qiymati 341,2 mln. dollar boʻlgan 32 ta ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari ishga tushirilib, 1 806 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada yaratilgan qulay investitsiya muhiti natijasida investitsiyalarning oʻzlashtirilishi jadallashtirildi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha 15 trln. soʻm, shu jumladan, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokida esa 750 mln. dollar mablagʻlar oʻzlashtirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan deyarli 3 barobar oʻsish taʼminlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Davlat dasturi ijrosini taʼminlash boʻyicha sezilarli ishlar amalga oshirilishi bilan birga, joriy yilning birinchi choragida Davlat dasturida bajarilishi lozim boʻlgan 63 ta banddan 46 tasi bajarilgan boʻlib, 17 tasi toʻliq bajarilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, sanitariya-epidemiologiya xizmatini yanada takomillashtirish (153-band), kasblar va mutaxassisliklarning murakkablik darajasidan kelib chiqib, taʼlim dasturlari muddatini tabaqalashtirgan holda kasbiy taʼlimni tashkil etish, maqsadli kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish (211-band), taʼlim muassasalarini akkreditatsiyalash tizimini takomillashtirish (214-band) kabi bandlarda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar vaqtida qabul qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat tomonidan Davlat dasturi doirasida ishlab chiqilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vaqtida tayyorlash va parlament muhokamasiga kiritish boʻyicha qoʻshimcha choralar belgilash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida belgilangan sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasi hamda kadrlar taʼminotini mustahkamlashga qaratilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va koʻlamini kengaytirish asosi boʻlmish davolash-profilaktika muassasalarini jihozlash hamda tibbiyot muassasalarining kadrlar taʼminoti bugungi kun talabiga javob bermaydi. Jumladan, 5,5 mingdan ziyod umumiy amaliyot shifokori va tor soha mutaxassis shtat birligi vakant boʻlib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi orasida onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt aniqlashning samarali tizimini yaratish, onkologik kasalliklarga tashxis qoʻyish hamda davolashning ilgʻor usullarini joriy etish borasida oʻz yechimini kutayotgan qator masalalar mavjud. Jumladan, umidsiz ogʻir bemorlar uchun hududlarda, xususan, Toshkent shahrida hududlararo xospis boʻlimlarini tashkil qilish bilan bogʻliq ishlar hanuzgacha yakuniga yetkazilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Toshkent shahridagi oilaviy poliklinikalarda 10 dan ziyod tor soha mutaxassislari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Lekin, viloyatlar markazlaridagi oilaviy poliklinikalarda tor soha mutaxassislik shtat birligi ajratilmagan boʻlib, ularga shaharlardagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikaning tor soha mutaxassislari biriktirilgan. Bu esa tibbiy xizmat sifatiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, oilaviy poliklinikalarda kunduzgi shifoxonalarga xizmat koʻrsatuvchi shifokor va hamshiralarning shtat birliklarini qayta koʻrib chiqilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturidagi 30 dan ziyod bandlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi turli loyihalarning amalga oshirilishi bilan bogʻliq. Mazkur loyihalarning oʻz muddatlarida ijro etilmaganligi koʻp hollarda ularni amalga oshirishning dastlabki bosqichlarida oddiy tashkiliy masalalarning hal etilmaganligi sababli kelib chiqmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturiga muvofiq, hokimiyat vakillik organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashga qaratilgan “Elektron parlament” tizimi loyihalarini amalga oshirish yuzasidan Oliy Majlis palatalari Kengashlarining Qoʻshma qarori qabul qilingan edi. Biroq, loyiha ijrosini moliyalashtirish masalasi bugungi kunga qadar oʻz yechimini topmaganligi natijasida bu boradagi ishlar oxiriga yetkazilmasdan qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mening fikrim” veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaatlarni Oliy Majlis palatalari bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasi ham koʻrib chiqishini nazarda tutadigan tegishli qaror qabul qilingan. Lekin veb-portalda Vazirlar Mahkamasini jamoaviy murojaatlarni koʻrib chiquvchi organ sifatida qayd etilmagan va bu yoʻnalishdagi ishlar ham yakuniga yetkazilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli taʼlim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida hali koʻp ishlar qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, taʼlim muassasalarida taʼlim olish uchun yetarli sharoitlar yaratilmagan, ularda oliy malakali oʻqituvchilar va tarbiyachilar yetishmaydi, ichimlik suvi va elektr energiyasi taʼminoti, isitish tizimi hamda moddiy-texnika bazasi talab darajasida emas, aksariyatlarining binolari taʼmirga muhtoj.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasbiy taʼlimni tashkil etish va kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat hanuzgacha ishlab chiqilmagan. Shuningdek, oʻquvchilarni oliy taʼlim bilan qamrab olish, oliy taʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning ilmiy darajasi pastligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, Davlat dasturidagi qator bandlarning ijro muddatlari yil davomida etib belgilangan boʻlsada, ushbu bandlarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumotlar berilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32-2-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-1-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A. Abduhakimovning “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2019-yil birinchi choragida bajarilishining borishi toʻgʻrisida”gi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida belgilangan vazifalarning oʻz muddatida va sifatli bajarilishi uchun Hukumat aʼzolari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan muddatlarda ijrosi taʼminlanmagan bandlarning qisqa muddatlarda bajarilishini, xususan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqilishi va qabul qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida belgilangan qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash tizimidagi vakant shifokorlik oʻrinlarini malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umidsiz ogʻir bemorlar uchun hududlararo xospis boʻlimlarini tashkil qilish bilan bogʻliq ishlarni yakuniga yetkazish hamda ularga doir normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlardagi barcha shahar oilaviy poliklinikalariga tor soha mutaxassis shifokori shtat birligini ajratish masalalarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy poliklinikalarda kunduzgi shifoxonalarga xizmat koʻrsatuvchi shifokor va hamshiralarning shtat birliklarini qayta koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya xizmatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish, jumladan, samarasiz sanitariya-gigiyena laboratoriyalarini optimallashtirib, ular negizida zamonaviy tumanlararo laboratoriyalar tashkil etish, DSENMlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shtatlar meʼyorlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqish borasidagi ishlarni oxiriga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron parlament” tizimini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish borasidagi ishlarni moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mening fikrim” veb-portali orqali kelib tushadigan fuqarolarning jamoaviy elektron murojaatlarini koʻrib chiqadigan organlar roʻyxatiga Vazirlar Mahkamasining kiritilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasblar va mutaxassisliklardan kelib chiqib, toifalangan kasb-hunar taʼlim muassasalarini tashkil etish borasidagi ishlarni tezlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni oliy taʼlim bilan qamrab olish va oliy taʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilarning ilmiy darajasini oshirish yuzasidan qoʻshimcha choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali aholini, ayniqsa, yoshlarni Davlat dasturi ijrosining borishidan xabardor qilib borish samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida muddatlari yil davomida etib belgilangan bandlarning ijrosi yuzasidan amalda bajarilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning II choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish boʻyicha hamda Davlat dasturi doirasida amalga oshirilishi nazarda tutilgan chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan tizimli va taʼsirchan monitoring oʻrnatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (A. Abduhakimov) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari (N. Umarov) bilan birgalikda Davlat dasturidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq bandlarning monitoringini olib borish, bu borada bajarilgan ishlar yuzasidan axborot taqdim etish asosiy vazifalari boʻlgan ishchi guruhni tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturining ahamiyatini aholining keng qatlamlari orasida targʻib qilish, 2019-yil birinchi choragidagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarning samarali ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament va jamoatchilik nazoratini oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturi doirasida qabul qilinayotgan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi ustidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini taʼminlash boʻyicha vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi boʻyicha joriy yilning 10-iyun kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2501-III-son