Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TURKIYA RESPUBLIKASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ELCHIXONASINI VA BOSH KONSULXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi oʻrtasida diplomatiya munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 4-martdagi Protokolga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 28-yanvardagi 549-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Turkiya Respublikasida (Anqara sh.) Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasini va Istanbul shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasini ochish zarur deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining va Bosh konsulxonasining 1993-yil uchun shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi 1—3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Elchixona va Bosh konsulxona xodimlari sonini 1993-yil uchun 17 kishidan, shulardan diplomatik tarkibdagi xodimlar soni — 9 kishi, texnik tarkibdagi xodimlar soni — 8 kishidan iborat qilib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1993-yil uchun zarur boʻlgan valyuta mablagʻlarini ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddat ichida;
Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi va Bosh konsulxonasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
shtatlar jadvaliga muvofiq ravishda Elchixona va Bosh konsulxonani xodimlar bilan butlash uchun nomzodlar boʻyicha taklif kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari xodimlari ish haqining soʻm qismini qoplash toʻgʻrisida taklif ishlab chiqsin va kiritsin.
4. “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi va “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi va Bosh konsulxonasi uchun Tashqi ishlar vazirligining talabnomalariga muvofiq belgilangan tartibda moddiy-texnika resurslari, jihozlar, asbob-uskunalar hamda transport vositalari ajratsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 4-may,
201-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-maydagi 222-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-maydagi 222-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
1993-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasini mablagʻ bilan taʼminlash uchun xarajatlar smetasi (Istanbul shahridagi Bosh konsulxonani qoʻshgan holda tashkiliy yil uchun, hisob-kitoblar AQSH dollarida)
| №№ |
Moddalarning nomeri va nomlari |
Bir oylik xarajatlar summasi |
Bir yillik xarajatlar summasi |
| 1. | Ish haqi | 16999 | 203998 |
| 2. | Tez tibbiy yordam (fondining 10 foizi) | 1699 | 20398 |
| 3. | Moddiy-xoʻjalik xarajatlar | | |
| | shu jumladan: | | |
| a) | Elchixona,konsulxona binolari va elchi rezidensiyasining ijara haqi Turkiya hukumati tomonidan toʻlanadi; | | |
| b) | Elchixona, Bosh konsulxona joylashgan binolarni va Elchi rezidensiyasini saqlash | | 45594 |
| v) | xodimlar uchun istiqomat xonalarini ijaraga olish va ularni saqlash |
12555 |
150660 |
| g) | telefon oʻrnatilishi, telefon, faks, teleks uchun abonentlik toʻlovlari xarajati | — |
18302 |
| d) | ish yuritish va pochta-telegraf xarajatlari | 1380 | 16560 |
| 4. | Elchixona va Bosh konsulxona uchun avtotransport sotib olish va ularni saqlash | | 133700 |
| | shu jumladan: | | |
| a) | avtotransport sotib olish | — | 94000 |
| b) | avtotransport saqlash, unga texnik xizmat koʻrsatish va sugʻurta qilish | — |
39700 |
| 5. | Asbob-uskuna va jihozlar sotib olish: | | 343150 |
| | shu jumladan: | | |
| a) | Elchixona, Bosh konsulxona va rezidensiya uchun | — | 175483 |
| b) | Elchixona, Bosh konsulxona xodimlarining istiqomat xonalari uchun | — |
167667 |
| 6. | Elchixona binosini asosli tuzatish | — | 104855 |
| 7. | Bosh konsulxona binosini joriy tuzatish | — | 16000 |
| 8. | Elchixona, Bosh konsulxona va rezidensiya binolarining xavfsizligini va muhandislik himoyasini taʼminlash | — |
20000 |
| 9. | Xizmat safarlari | 5856 | 70278 |
| 10. | Vakillikning joriy xarajatlari | 766 | 9192 |
|
___________________________________________________________________________________________ | |||
| | Jami: | | 1154677 |
| | | | |