OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 12-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3049-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tizimida samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-avgustdagi 407-mh-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3049, 2018-yil 7-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 10/18/3049/1628-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-yanvar,
289-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2021-y., 10/21/3049-1/0016-son)