12.01.2021 yildagi O‘RQ-665-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud qarorlarini qayta ko‘rish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 11-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 19-dekabrda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 27-moddaning birinchi qismidagi “tuman (shahar) ma’muriy sudi” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 28-moddaning birinchi qismidagi “tuman (shahar) ma’muriy sudi” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 29-moddaning birinchi qismidagi “tuman (shahar) ma’muriy sudi” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 291-moddaning birinchi qismidagi “tuman (shahar) ma’muriy sudi” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 38-moddaning ikkinchi qismidagi “ma’muriy sud” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha sud” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 242-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1) jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa iqtisodiy sudlar va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“245-modda. Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “Ma’muriy sudlar”, “ma’muriy sudlar” degan so‘zlar tegishincha “Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar”, “jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 288-moddaning uchinchi qismidagi “ma’muriy sud” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha sud” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 294-moddaning uchinchi qismidagi “ma’muriy sudning” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha sudning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 308-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘ziga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ o‘z hisobidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi bayonnomaning ko‘chirma nusxasini, shuningdek sud majlisining audio- yoki videoyozuvini olishga haqli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 309-moddaning ikkinchi qismi “qabul qilingan qaror” degan so‘zlardan keyin “shuningdek uning ustidan shikoyat berish muddati va tartibi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) XXIV bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“XXIV BOB. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISh YuZASIDAN QAROR (AJRIM) USTIDAN ShIKOYAT BERISh VA PROTEST BILDIRISh”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) 314-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror ustidan o‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari va advokat tomonidan, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ tomonidan shikoyat berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha sudning qarori ustidan shikoyat berish ushbu Kodeksning XXIV1 bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) 315-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining qarori ustidan esa apellatsiya instansiyasi sudiga shikoyat berilishi mumkin. Iqtisodiy sudning qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qarori ustidan esa O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) 317-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1) jinoyat ishlari bo‘yicha sud sudyasining qarori ustidan — ushbu Kodeksning XXIV1-bobida belgilangan tartibda apellatsiya instansiyasi sudiga”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) 319-moddaning uchinchi qismidagi “tuman (shahar) ma’muriy sudining” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) XXIV1 bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“XXIV1 BOB. JINOYAT IShLARI BO‘YIChA SUDNING MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISh YuZASIDAN QARORINI (AJRIMINI) QAYTA KO‘RISh BO‘YIChA ISh YuRITISh”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) XXIV1 bobning 1-paragrafi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1-§. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3241-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan o‘ziga nisbatan sudning qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga, prokuror esa protest keltirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan shikoyat (protest) ish bilan birga uch sutka ichida apellatsiya instansiyasi sudiga yuborilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat (protest) apellatsiya instansiyasi sudiga shikoyat (protest) olingan kuni yuborilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining nomiga yo‘llanadi, lekin ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qarorni chiqargan sudga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3242-modda. Apellatsiya tartibida ishlarni qayta ko‘ruvchi sudlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish natijalari yuzasidan birinchi instansiya bo‘yicha chiqarilgan qarorlarning qonuniyligi, asoslantirilganligi va adolatliligini apellatsiya tartibida tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3243-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) qaror o‘qib eshittirilgan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, o‘ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs va jabrlanuvchi tomonidan esa, qarorning ko‘chirma nusxalari ularga topshirilgan yoki ular tomonidan ushbu ko‘chirma nusxalar olingan kundan e’tiboran xuddi shu muddatda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat o‘tkazib yuborilgan taqdirda, apellatsiya shikoyati (protesti) beruvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra, qarorni chiqargan sud, agar muddatning o‘tkazib yuborilganligi sabablarini uzrli deb topsa, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashga haqli bo‘lib, bu haqda ajrim chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnomani rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ustidan xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3244-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan shikoyat bergan shaxs shikoyatni qaytarib olishga haqli. Protestni qaytarib olish huquqi protestni kiritgan prokurorga, shuningdek yuqori turuvchi prokurorga tegishlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ziga nisbatan sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qarori chiqarilgan shaxs o‘z advokatining shikoyatini qaytarib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishga apellatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kirguniga qadar yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3245-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) u ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh sutka ichida apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksning 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519-moddalarida nazarda tutilgan birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlari (protestlari) ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudining ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) shikoyat (protest) berilgan paytdan e’tiboran bir sutka ichida apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3246-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar apellatsiya shikoyati (protesti) ko‘riladigan vaqt va joy haqida sud chaqiruv qog‘ozlari, telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3247-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni sud majlisida ushbu paragrafda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksning XXIII bobida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish qoidalariga binoan ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisida raislik qiluvchi qanday ish ko‘rilishini, apellatsiya shikoyati (protesti) kim tomonidan va qaysi sudning qarori ustidan berilganligini ma’lum qiladi, ishda ishtirok etuvchi qaysi shaxslar, ularning vakillari kelganligini, hozir bo‘lganlarning shaxsini aniqlaydi, mansabdor shaxslar va vakillarning vakolatlarini tekshiradi, ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, rad qilish haqidagi arzlarni hamda iltimosnomalarni hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni apellatsiya tartibida ko‘rish uchun monelik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rish sud majlisida raislik qiluvchi sudyaning ma’ruzasi bilan boshlanadi. Ma’ruza davomida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish holatlari, birinchi instansiya sudi qarorining mazmuni, apellatsiya shikoyati (protesti) vajlari bayon etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’ruzadan keyin sud majlisida hozir bo‘lgan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ularning vakillarining tushuntirishlari eshitiladi. Apellatsiya shikoyati bergan shaxs yoki uning vakili yoxud agar prokuror protest bergan bo‘lsa, prokuror birinchi bo‘lib so‘zga chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning so‘zlarini eshitib, tegishli iltimosnomalar mavjud bo‘lganda yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra ishdagi mavjud va sudga taqdim etilgan (sud tomonidan talab qilib olingan) yangi dalillarni tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud apellatsiya shikoyatining (protestining) vajlari bilan chegaralanmay, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallarini to‘liq hajmda tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya instansiyasi sudi ish holatlarini aniqlashtirishni va dalillarni tekshirishni tamomlagach, ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ular sudda tushuntirish bergan ketma-ketlikda muzokaralarga chiqish imkoniyatini yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud muzokaralari tugallangach, sudya qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3248-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, apellatsiya instansiyasi sudi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) birinchi instansiya sudi qarorini o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) birinchi instansiya sudi qarorini, shuningdek organning (mansabdor shaxsning) qarorini bekor qilish va ishni ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytarish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) birinchi instansiya sudi qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish va yangi qaror chiqarish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) birinchi instansiya sudi qarorini bekor qilish va ish yuritishni tugatish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada o‘zgartirish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) apellatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinishi munosabati bilan apellatsiya ish yuritishini tugatish to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin darhol o‘qib eshittiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori u o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3249-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi qarorining ko‘chirma nusxasini yuborish (topshirish)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin uning ko‘chirma nusxasi o‘ziga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror chiqarilgan shaxsga, ma’muriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan organga uch sutkagacha bo‘lgan muddatda topshiriladi yoki yuboriladi, shuningdek jabrlanuvchiga o‘z so‘roviga binoan ushbu muddatda topshiriladi yoki yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoki ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan qaror u qabul qilingan kuni qarorni ijro etuvchi organning, mansabdor shaxsning, shuningdek o‘ziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsning va jabrlanuvchining e’tiboriga yetkaziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) XXIV1 bobning 2-paragrafi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2-§. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32410-modda. Kassatsiya tartibida sud hujjatlarini qayta ko‘rish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya tartibida birinchi instansiya sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha apellatsiya tartibida ko‘rilgan qarorlari va apellatsiya instansiyasi sudining qarorlari qayta ko‘rilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar kassatsiya tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32411-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ sud hujjatlari ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning o‘rinbosarlari sud hujjatlari ustidan kassatsiya tartibida protest keltirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32412-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish tartibi va muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati (protesti) bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat o‘tkazib yuborilgan hollarda, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga asosan, agar uni o‘tkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, o‘tkazilgan muddatni tiklashga haqli bo‘lib, bu haqda ajrim chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32413-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) shikoyat (protest) berilayotgan sudning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi va ishdagi protsessual holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) birinchi, apellatsiya instansiyasida ishni ko‘rgan sudlar, shuningdek ular tomonidan qabul qilingan qarorlar mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) shikoyat berilayotgan (protest bildirilayotgan) sud hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) sud hujjatini kassatsiya tartibida qayta ko‘rish uchun asoslar, bunday asoslar mavjudligini tasdiqlovchi vajlarni keltirgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati (protesti) shikoyat (protest) berayotgan shaxs tomonidan imzolanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatlarining sud tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32414-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati (protesti) quyidagi hollarda ko‘rib chiqilmasdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi bilan qaytariladi, agar u:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) kassatsiya instansiyasi sudiga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ushbu Kodeksning 32413-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ish bo‘yicha qabul qilingan, sud tomonidan tasdiqlangan sud hujjatlarining ko‘chirma nusxalari ilova qilinmagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) ish kassatsiya tartibida ko‘rilishi lozim bo‘lmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) shikoyat (protest) belgilangan muddat o‘tkazilib berilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) shikoyatni (protestni) chaqirib olish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat (protest) bergan shaxs ushbu modda birinchi qismining 1 — 3-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32415-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni talab qilib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini o‘rganib chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni suddan talab qilib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning o‘rinbosarlari ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rishga asoslar mavjudligi to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni suddan talab qilib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning o‘rinbosarlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda, kassatsiya protesti keltirish masalasini hal etish uchun ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni suddan talab qilib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32416-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati (protesti) bir oygacha bo‘lgan muddatda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish talab qilib olingan taqdirda esa, ikki oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32417-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan o‘rganilib, u ko‘pi bilan o‘n sutka muddatda quyidagi masalalarni hal etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 32414-moddasining birinchi qismiga muvofiq qaytarish uchun asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni talab qilib olish uchun asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi haqidagi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatni (protestni) o‘rganish natijalariga ko‘ra, sudya quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) shikoyatni (protestni) ish bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) shikoyatni (protestni) qaytarish to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan qaror to‘g‘risida kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga uch kunlik muddatda xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32418-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish uchun kassatsiya instansiyasi sudiga kiritish to‘g‘risidagi ajrim mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatni (protestni) ish bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritish to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) birinchi va apellatsiya instansiyasi sudining nomi va ular tomonidan qabul qilingan sud hujjatlarining qisqacha mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) kassatsiya shikoyatining (protestining) qisqacha mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) shikoyatni (protestni) kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritish asoslari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rib chiqish uchun kiritish bilan bir vaqtda shikoyatni (protestni) bergan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini kassatsiya tartibidagi ish yuritish tamomlangunga qadar to‘xtatib turishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32419-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish kassatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun kiritilganligi haqida uch kunlik muddatda kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga, shuningdek ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxl qilsa, xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga shikoyatning (protestning) ko‘chirma nusxasi yoki ularning elektron nusxalari bilan kassatsiya instansiyasi sudining internet-resursi orqali tanishish imkoniyati to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi. Bunda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning shikoyatga (protestga) doir e’tirozlarini yozma shaklda yoki elektron hujjat tarzida berish huquqi, ushbu e’tirozlarni taqdim etish muddati ko‘rsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat (protest) yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32420-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) to‘ldirish, o‘zgartirish. Shikoyatni (protestni) qaytarib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati bergan shaxs kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisi boshlanguniga qadar uni yangi vajlar bilan to‘ldirishga yoki o‘zgartirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror protestni kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisi boshlanguniga qadar to‘ldirishga yoki o‘zgartirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) o‘zgartirish yoki to‘ldirish kiritishda tegishincha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzgan organ, jabrlanuvchi yoki uning vakili yoxud prokuror tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxsning ahvolini yomonlashtirish to‘g‘risida masala, agar bunday talab dastlabki kassatsiya shikoyatida (protestida) mavjud bo‘lmasa, qo‘yilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati bergan shaxs uni qaytarib olishga haqli. Kassatsiya protestini qaytarib olish huquqi protestni kiritgan prokurorga, shuningdek yuqori turuvchi prokurorga tegishlidir. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishga kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kirguniga qadar yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishda kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi va bu ajrim bilan, agar sud qarori ustidan boshqa shaxslar shikoyat qilmagan bo‘lsa, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32421-modda. Ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudi sudya ishni shikoyat (protest) bilan birga ko‘rib chiqish uchun kassatsiya instansiyasi sudiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqargan kundan e’tiboran o‘n besh sutkadan kechiktirmay ishni ko‘rib chiqishga kirishishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rib chiqish davomiyligi uni ko‘rish boshlangan kundan e’tiboran bir oydan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudi majlisida kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar va (yoki) ularning vakillari ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida lozim darajada xabardor etilgan shaxslar kelmaganligi ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish uchun monelik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya tartibida ishni ko‘rish sudyaning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u ishning holatlarini, ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari mazmunini, kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan vajlarni bayon etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish bo‘yicha tushuntirish berishga haqli. Kassatsiya shikoyati bergan shaxs birinchi bo‘lib tushuntirishlar beradi, agar ish prokurorning protesti bo‘yicha ko‘rilayotgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib prokuror so‘zga chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajrimning ko‘chirma nusxalari kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ushbu Kodeksning 3249-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32422-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudi ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqqach, quyidagilarga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) sud hujjatini o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) sud hujjatini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ishni apellatsiya instansiyasida yangidan ko‘rish uchun yuborishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) sud hujjatini o‘zgartirishga yoki bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) sud hujjatlarini bekor qilishga va ishni yuritishni tugatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada o‘zgartirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) kassatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinganligi munosabati bilan kassatsiya ish yurituvini tugatishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32423-modda. Sud hujjatini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi va adolatsizligi sud hujjatini kassatsiya tartibida o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning mazmunan to‘g‘ri bo‘lgan hujjati faqat birgina yuzaki asoslarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32424-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ajrimni qabul qilgan sudning nomi va tarkibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ajrim qabul qilingan sana va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ajrim qabul qilingan ish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) shikoyat berilgan (protest keltirilgan) sud hujjatlari mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) sudning kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan xulosalari va sud amal qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi sudya tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32425-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran ko‘rish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari kiritgan protestga ko‘ra kassatsiya tartibida takroran ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish haqidagi protest kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi chiqarilgan kundan e’tiboran olti oylik muddatda keltirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni takroran ko‘rish ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda, mazkur ishni ko‘rishda ilgari ishtirok etmagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining uch nafar sudyasidan iborat tarkibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni takroran ko‘rish chog‘ida ushbu Kodeksning 32422-moddasida ko‘rsatilgan qarorlardan birini qabul qilishga, shu jumladan kassatsiya instansiyasi sudining ilgari qabul qilingan ajrimini bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32426-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi ko‘rsatmalarining majburiyligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqqan sudning ish holatlari to‘la-to‘kis va har tomonlama tekshirilishini ta’minlashga, shuningdek ushbu Kodeks normalari buzilishini bartaraf etishga qaratilgan ko‘rsatmalari ishni yangidan ko‘rayotgan apellatsiya instansiyasi sudi uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yangidan apellatsiya tartibida ko‘rib chiqish uchun yuborayotganda ayb isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi, u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan afzalligi, ma’muriy huquqbuzarlikning tasnifi va ma’muriy jazo chorasi to‘g‘risida oldindan xulosalar chiqarishga haqli emas”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) 32427-moddaning matnidagi “Ma’muriy sud” degan so‘zlar “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismidagi “ma’muriy sud” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha sud” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismidagi “kassatsiya yoki nazorat” degan so‘zlar “apellatsiya yoki kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22) 32429-moddaning 4-bandidagi “ma’muriy sudning” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha sudning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23) 326-moddaning ikkinchi qismidagi “Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorga shikoyat berilgan” degan so‘zlar “Ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi qaror ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24) 339-moddadagi “ma’muriy sudga” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha sudga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25) 343-moddadagi “ma’muriy sud” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha sud” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 12-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-665-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)