14.12.2000 yildagi 157-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2001-YILGA MOʻLJALLANGAN DAVLAT BUDJETI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan, muhokama davomida Oliy Majlis deputatlari bildirgan taklif va mulohazalarni hisobga olgan holda qoʻshimcha ravishda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yilga moʻljallangan Davlat budjeti loyihasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yilga moʻljallangan Davlat budjeti budjet taqchilligining yuqori darajasi (davlat maqsadli fondlarisiz) yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,5 foiz miqdorida belgilangan holda maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash, sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish va mamlakat xavfsizligini taʼminlash dasturlarini ustuvor tarzda moliyalashtirishga alohida eʼtibor qaratgan holda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik yanada mustahkamlanishini, faol investitsiya siyosati oʻtkazilishini, aholini ijtimoiy himoya qilish kuchaytirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat budjetining taqchilligini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kreditlari, davlat qimmatli qogʻozlarini joylashtirishdan va davlat mulkini xususiylashtirishdan olinadigan daromadlar jalb etilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari budjetga toʻlovlar toʻliq tushishini, xarajatlar mahalliy budjetlardan oʻz vaqtida moliyalashtirilishini va davlat mablagʻlaridan maqsadga muvofiq foydalanilishi ustidan qattiq nazorat qilinishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki 2001-yilda Davlat budjetining taqchilligi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,5 foiz doirasida qoplanishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 14-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 5-modda)