19.12.2020 yildagi 36-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyotida mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, sudlar tomonidan mazkur masalaga doir qonun hujjatlari toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, iqtisodiy ishlar boʻyicha sud xarajatlari davlat boji va ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlardan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni (bundan buyon matnda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun deb yuritiladi) 3-moddasining birinchi qismiga muvofiq, davlat boji deganda, yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy toʻlov tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji boshqa majburiy toʻlovlar qatorida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirishning tarkibiy qismini tashkil etishi tufayli, sudlar iqtisodiy ishlar boʻyicha davlat boji undirishga doir qonun talablariga soʻzsiz rioya etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tushuntirilsinki, iqtisodiy ishlar boʻyicha davlat boji quyidagilardan undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) sudlarga beriladigan daʼvo arizalaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) tashkilotlarni va fuqarolarni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizalardan;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish haqidagi arizalardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizalardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) chet davlat sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) iqtisodiy sudlarning hal qiluv qarorlari ustidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi, sud jarimalarini solish toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ajrimlar ustidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) chet davlat sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) sud hujjatlarining dublikatlarini va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, davlat boji daʼvo miqdorini koʻpaytirish va sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizalardan ham undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish hujjatlaridan fotonusxa koʻchirish uchun davlat boji undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiy ishlar boʻyicha davlat bojini toʻlash bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 12-bobi va “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat boji daʼvo arizasi (ariza), shikoyat sudga berilgunga qadar toʻlanadi, agar qonunda boshqacha belgilanmagan boʻlsa (masalan, toʻlovchi davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan yoki sud davlat boji toʻlashni kechiktirgan boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji naqd pulsiz shaklda toʻlanganligi fakti bankning toʻlov qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi belgisi boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi bilan tasdiqlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji naqd pul shaklida toʻlanganligi fakti bank tomonidan toʻlovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya bilan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar muayyan sudda koʻrilishi kerak boʻlgan bir nechta daʼvo arizalari (arizalar) boʻyicha davlat boji bitta toʻlov topshiriqnomasi bilan toʻlangan boʻlsa, toʻlov topshiriqnomasi ishlardan biriga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qolgan ishlarga sudya tomonidan toʻlov topshiriqnomasi sanasi va raqami koʻrsatilgan hamda toʻlov topshiriqnomasi qoʻshib qoʻyilgan ishga havola qilingan holda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi (maʼlumotnoma tuziladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qoida pochta xarajatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shuni nazarda tutish lozimki, toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji miqdori daʼvogar (arizachi) sudga murojaat qilayotgan talabining turiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir nechta mustaqil talablardan iborat boʻlgan daʼvo arizalaridan (arizalardan) davlat boji har bir talab boʻyicha, ushbu talab uchun belgilangan tegishli stavkalar boʻyicha alohida undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 139-moddasiga koʻra, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza uchun sudga daʼvo bilan umumiy tartibda murojaat qilganda nizolashilayotgan summa asosida hisoblab chiqilgan stavkaning ellik foizi miqdorida davlat boji toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha toʻlanadigan (undiriladigan) davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan kam boʻlmasligi lozim, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilgan holda esa, toʻlanadigan davlat bojining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisiga koʻra, qarshi daʼvo arizalaridan, shuningdek uchinchi shaxslarning ishga mustaqil talablar bilan kirish haqidagi arizalaridan davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishga kirishgan daʼvogar (arizachi)ning huquqiy vorisidan davlat boji, agar u muqaddam toʻlanmagan boʻlsa, umumiy asoslarda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Daʼvo arizasi (ariza) bir necha shaxs tomonidan birgalikda taqdim etilganda, davlat boji mazkur turdagi talab uchun belgilangan miqdordan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashtirilgan bir yoki bir necha talablar sud tomonidan alohida ish yuritishga ajratilganda, qonun hujjatlari talablariga muvofiq toʻlangan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi. U alohida ajratilgan ish yuritish boʻyicha hisobga olinadi, bu haqda sudya tomonidan tegishli maʼlumotnoma tuziladi va ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sud tomonidan koʻrmasdan qoldirilgan daʼvo arizasi (ariza) takroran berilganda davlat boji qaytadan umumiy asoslarda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar daʼvo arizasi (ariza) koʻrmasdan qoldirilganligi munosabati bilan davlat boji qaytarilishi kerak boʻlsa-yu, lekin qaytarilmasa, agar davlat boji budjetga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran fuqarolik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq daʼvo muddati tugamagan boʻlsa, davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi dastlabki hujjat takroran berilgan arizaga ilova qilinishi mumkin (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining beshinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur norma qaytarilishiga sabab boʻlgan kamchiliklari bartaraf etilib qayta topshirilgan daʼvo arizalariga (arizalarga) nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudga davlat boji toʻlanmagan daʼvo arizasi (ariza) kelib tushganda, sudya qonun boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan shaxslar roʻyxatiga daʼvogar (arizachi) kirishi yoki kirmasligini tekshirishi shart (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasi). Agar daʼvogar (arizachi) qonunga koʻra, davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa va arizada uni toʻlashni kechiktirish haqida iltimosnoma mavjud boʻlmasa, shuningdek pochta xarajatlari toʻlanmaganda, sudya toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji, pochta xarajatlari summasini hamda ushbu kamchilik bartaraf qilingandan soʻng daʼvogar (arizachi)ning umumiy tartibda takroran murojaat qilish huquqini koʻrsatgan holda daʼvo arizasini (arizani) qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi (IPK 155-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun boʻyicha sudya davlat bojini toʻlashdan toʻliq yoki qisman ozod etish huquqiga ega emasligini nazarda tutish lozim. Biroq, daʼvogar (arizachi)ning, xususan, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxsning mulkiy ahvolidan kelib chiqib, sudya davlat bojini toʻlashni kechiktirish masalasini hal qilishga haqli (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining yigirma yettinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ham yuridik, ham jismoniy shaxsdan davlat foydasiga undiriladigan davlat bojini kechiktirish masalasini hal qilishda, sud ularning bu xarajatlarni qisman yoki bir yoʻla toʻlashga pul mablagʻlari boʻlmaganligini tasdiqlovchi holatlar mavjudligi haqidagi dalillarni tekshirishi lozim. Pul mablagʻlarining boʻlmaganligi toʻgʻrisidagi bankning tasdigʻi sudga murojaat qilingan sanadan koʻpi bilan uch kun oldingi sana bilan qayd etilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sudlarga tushuntirilsinki, davlat bojini qaytarish asoslari “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasida nazarda tutilgan boʻlib, uning maʼnosiga koʻra, davlat boji qonunda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda toʻlangan boʻlsa, shu ortiqcha toʻlangan qismi, boshqa hollarda esa toʻliq hajmda qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, iqtisodiy ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalillarni joyida koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tayinlagan ekspertizani oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishni koʻrish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori sud chiqimlarini toʻlashdan ozod etish qonunda nazarda tutilmaganligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sud chiqimlarining taraf (taraflar) tomonidan oldindan kiritilmaganligi guvohni, ekspertni, mutaxassisni chaqirish, joyiga borib koʻzdan kechirish haqida qilingan iltimosnomani, agar bu taraflarning huquq va majburiyatlarini, ishning haqiqiy holatlarini har tomonlama, toʻla va xolisona aniqlash uchun zarur boʻlsa, qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda ishni koʻrish bilan bogʻliq sarf qilingan chiqimlar, IPK 118-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha sud hujjati qabul qilinayotganda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tushuntirilsinki, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar va ularni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyuldagi keyinchalik oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga xarajatlarni toʻlash tartibi va miqdori haqida”gi Qonuni bilan belgilangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Umumiy qoidaga koʻra, ish boʻyicha sud xarajatlarini nizoda nohaq boʻlib chiqqan taraf toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash va ularni davlat foydasiga undirish IPK 118-moddasi bilan tartibga solinadi. Shu sababli sud muhokamasi jarayonida sud (sudya) sud xarajatlari bilan bogʻliq holatlarni tekshirishi, bu holatlar boʻyicha hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida tegishli xulosalar qilishi va, nafaqat undiruvga boʻlgan huquqni, balki ish boʻyicha tarafdan (taraflardan) undirilishi lozim boʻlgan aniq summani belgilashi hamda shu summani hal qiluv qarorining (ajrimning, qarorning) xulosa qismida koʻrsatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Daʼvogar (arizachi) toʻlashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan davlat daromadiga undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan bir yoki bir nechta daʼvogar (arizachi) tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilgan daʼvo arizasi (ariza) toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda, u davlat foydasiga har bir javobgardan alohida qanoatlantirilgan talablarga mutanosib ravishda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvo arizasi (ariza) qanoatlantirilgan holda daʼvogar (arizachi)ning tegishli iltimosnomasi mavjud boʻlgandagina, sud xarajatlari uning zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatida kiritgan daʼvo arizalari (arizalar) koʻrmasdan qoldirilganda yoki ish yuritish tugatilganda davlat boji manfaati koʻzlanib daʼvo kiritilgan daʼvogarlardan undiriladi, bunda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasiga koʻra, daʼvo koʻrmasdan qoldirilgan yoki ish yuritish tugatilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tushuntirilsinki, daʼvogar (arizachi) arz qilgan talablaridan voz kechganda u qilgan xarajatlarning oʻrni javobgar tomonidan qoplanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan daʼvogar (arizachi) oʻz talablaridan ular javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganligi oqibatida voz kechganligi sababli ish yuritish tugatilgan holda, davlat boji javobgardan davlat daromadiga undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. IPK 189-moddasiga koʻra, sud xarajatlari masalasiga doir qoʻshimcha hal qiluv qarori faqat, bu masala hal qiluv qarori chiqarish vaqtida yechilmagan holdagina chiqarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sudlarga tushuntirilsinki, davlat boji bilan bogʻliq masalalar boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan umumiy asoslarda shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyati berilganda sud hujjatining faqat undirish yoki undirishni rad etish qismi shikoyat qilinayotgan boʻlsa, davlat boji nizolashilayotgan summadan kelib chiqib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 9-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar (2, 20, 21-bandlarida koʻrsatilgan shaxslardan tashqari) sud hujjatlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya, nazorat shikoyati bilan murojaat qilganda davlat bojidan ozod etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatidan voz kechilganligi sababli, shikoyat koʻrmasdan qoldirilganda yoki ish yuritish tugatilganda, toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi, agar shikoyat berishda davlat boji toʻlanmagan boʻlsa, davlat boji shikoyat bergan shaxsdan undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yuqori instansiya sudlari iqtisodiy ishlarni apellyatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida koʻrish vaqtida quyi instansiya sudlari tomonidan sud xarajatlarini undirishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tuzatish choralarini koʻrishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari davlat soliq xizmati organlari bilan birgalikda davlat boji tushumlari hisobga olinishini vaqti-vaqti bilan taqqoslash oʻtkazishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini amalga oshirishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 19-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-son