31.12.2020 yildagi 827-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi M39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yoʻlining 1395 — 1400 km va 1410 — 1426 km (21 km) qismlarini rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi fondlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 5-martdagi PQ-4224-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) M39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yoʻlining 1395 — 1400 km va 1410 — 1426 km (21 km) qismlarini rekonstruksiya qilish loyihasining (keyingi oʻrinlarda — loyiha) texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) loyihaning umumiy qiymati 40,711 mln AQSh dollariga tengligi, shundan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35,188 mln AQSh dollari Islom taraqqiyot bankining qarzi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5,523 mln AQSh dollari Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushini, shu jumladan soliq boʻyicha imtiyozlar berish shaklida tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. M39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yoʻlining 1395 — 1400 km va 1410 — 1426 km (21 km) qismlarini rekonstruksiya qilish loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Islom taraqqiyot bankining qarzini qaytarish, shu jumladan, foizlarni toʻlash, vositachilik toʻlovlari va boshqa xarajatlar bilan bogʻliq toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi nomidan loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimiga tegishli tartibda qoʻshimcha kelishuvni tuzsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan qarz bitimiga qoʻshimcha kelishuv yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
827-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 827-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
M39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yoʻlining 1395 — 1400 km va 1410 — 1426 km (21 km) qismlarini rekonstruksiya qilish loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY KOʻRSATKIChLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

Jami*

Moliyalashtirish manbasi, jumladan:

Islom taraqqiyot banki

Oʻzbekiston Respublikasi

1.

Loyihaning umumiy qiymati

ming AQSh dollari

40 711

35 188

5 523

1.1.

Kapital qoʻyilmalar summasi

ming AQSh dollari

35 333

33 188

145

shundan:

Yer ajratish, ekologiya, loyiha ishlari

ming AQSh dollari ekvivalentida

145

145

Qurilish-montaj ishlari**

ming AQSh dollari

33 150

33 150

EKV da

ming AQSh dollari

33 150

33 150

Boshqa xarajatlar

ming AQSh dollari

2 038

2 038

EKV da

ming AQSh dollari

2 038

2 038

1.2.

Yagona soliq toʻlovi (YST)***

ming AQSh dollari ekvivplentida

55

55

1.3.

Soliq va bojxona imtiyozlari

ming AQSh dollari ekvivplentida

5 323

5 323

2.

Rekonstruksiya qilinadigan yoʻl quvvati

km

21

3.

Moʻljallangan bandlik soni

odam

-

4.

Oʻrtacha qoplanish muddati

yil

-

5.

Investitsiya davri davomiyligi

oy

24

6.

Qarz mablagʻlarining qoplanish muddati

yil

20

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Yakuniy narx koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender savdolari natijalari asosida belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Nazarda tutilmagan xarajatlar boʻyicha qurilish-montaj ishlarining 10 % miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti yagona soliq toʻlovi boʻyicha toʻlovlar manbai hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/827/1691-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)