30.11.2018 yildagi 2181-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 30.11.2018 yildagi 2181-III-son
Kuchga kirish sanasi
30.11.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-2018-yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturining ijrosini taʼminlash borasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida qonun ustuvorligini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi va uning ijrosini taʼminlash maqsadida 2017-2018-yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturining ishlab chiqilishi kelgusidagi keng qamrovli rejalar uchun dasturilamal boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash ustidan parlament va jamoatchilik nazoratining taʼsirchan mexanizmlarini oʻrnatish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qator tashkiliy-huquqiy, amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, oʻtgan davrda Davlat dasturi doirasida “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi, “Jamoat nazorati toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va uning qoʻmitalari tomonidan oʻtkazib kelinayotgan nazorat-tahlil tadbirlarida aholining huquqiy madaniyatini oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-2018-yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturining ijrosini taʼminlash borasida parlament quyi palatasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi Sh. Polvanovning “2017-2018-yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturining ijrosini taʼminlash borasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalariga mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha olib borilayotgan targʻibot-tashviqot tadbirlarini yanada kuchaytirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz faoliyat yoʻnalishlari doirasida parlament nazorati tartibida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosini taʼminlashga qaratilgan aniq maqsadli choralar koʻrib borilishiga hamda 2017-2018-yillarga moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturining ijrosini nazorat-tahlil tartibida oʻrganishlarni tashkil etishga alohida eʼtibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oila va ayollar masalalari boʻyicha komissiyasi (D. Fayziyeva) hamda Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi (K. Tojiyev) mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatlarga qarshi murosasiz boʻlishni taʼminlash yuzasidan targʻibot-tashviqot tadbirlarini muntazam oʻtkazib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 30-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2181-III-son