31.10.2019 yildagi 2861-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 31.10.2019 yildagi 2861-III-son
Kuchga kirish sanasi
31.10.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B. Sayfullayevga “Respublikamizdagi mavjud moddiy madaniy meʼros obyektlarini tiklash, saqlash hamda muhofaza qilish maqsadlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan ajratilayotgan mablagʻlardan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B. Sayfullayevga “Respublikamizdagi mavjud moddiy madaniy meʼros obyektlarini tiklash, saqlash hamda muhofaza qilish maqsadlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan ajratilayotgan mablagʻlardan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B. Sayfullayevga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 31-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2861-III-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri
B. Sayfullayevga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikamizdagi mavjud moddiy madaniy meros obyektlarini tiklash, saqlash hamda muhofaza qilish maqsadlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan ajratilayotgan mablagʻlardan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PARLAMENT SOʻROVI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hurmatli Baxtiyor Sayfullayevich,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish, yurtimizning sayyohlik salohiyatini yanada yuksaltirishda ularning oʻrni va ahamiyatini oshirish hamda bu boradagi ishlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini taʼmirlash ishlariga ajratilayotgan mablagʻlar miqdori yil sayin ortib bormoqda. Jumladan, oʻtgan yili moddiy madaniy meros obyektlarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlariga jami 47,5 mlrd. soʻm, joriy yilda esa jami 58 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, deputatlar tomonidan hududlarda oʻtkazilgan oʻrganishlar mazkur sohada oʻz yechimini kutib turgan bir qator masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda. Xususan, bugungi kunda mamlakatimizda mavjud boʻlgan 8 208 ta moddiy madaniy meros obyektlarining maʼlum qismi taʼmirlash va rekonstruksiya qilishga muhtojdir. Ularning ayrimlarida bunday ishlar boshlab yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, olimlar, xalq ustalari, restavratorlar, ekspertlar bilan yaqin hamkorlik qilish, taʼmirshunoslikdagi oʻziga xos uslub, anʼana va maktablarini rivojlantirish borasidagi ishlarning yetarli darajada tashkil etilmaganligi natijasida moddiy madaniy meros obyektlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari belgilangan muddat va talab darajasida bajarilmayapti. Bu esa, tabiyki, mazkur yoʻnalishdagi ishlar uchun ajratilayotgan budjet mablagʻidan samarali foydalanishga oʻz taʼsirini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Sizdan 10 kun muddatda quyidagi masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar berishingizni soʻraymiz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish ishlari uchun ajratilayotgan budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasida qanday amaliy ishlar olib borilmoqda?
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizdagi mavjud moddiy madaniy meros obyektlarini pasportlashtirish, ularning chegara tegralarini belgilash va kadastrlashtirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar nimalardan iborat?;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy madaniy meros obyektlarini bus-butun holda saqlash va ularni kelajak avlodga yetkazish boʻyicha olib borilayotgan ishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi