Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.02.2025 04.09.2020 yildagi 440-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 04.09.2020 yildagi 440-IV-son
Kuchga kirish sanasi
04.09.2020
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.02.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun ijodkorligi va parlament nazoratini amalga oshirish jarayonida yoshlar ishtirokini yanada faollashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi 574-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yoshlar masalasiga davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Yoshlarning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, siyosiy-huquqiy bilim va koʻnikmalarini yuksaltirish, shu orqali ularni jamiyatda kechayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb qilish, qabul qilinayotgan qonunlarni yoshlar orasida targʻib qilish barobarida ularning parlament hayotiga daxldorligini kuchaytirish davlat siyosatining bosh mazmuniga aylandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz navbatida, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya tuzildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Komissiya mamlakatimiz Prezidenti boshchiligida olib borilayotgan keng koʻlamli demokratik islohotlarga hamohang tarzda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda quyi palataning rolini yanada oshirish, shuningdek yoshlarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki va taʼsirini amalda taʼminlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy faolligini qoʻllab-quvvatlash masalalarida birlashtiruvchi institut, muhim koʻprik vazifasini bajara boshladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarning parlament ishidagi ishtirokini faollashtirish bilan bir qatorda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, siyosiy-huquqiy bilimlarini boyitish, tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, qonun ijodkorligi, huquqni qoʻllash amaliyotining dolzarb muammolarini yoshlar ishtirokida muhokama qilish hamda yoshlar oʻrtasida yuzaga kelayotgan koʻplab noxush manzaralar, “ommaviy madaniyat” koʻrinishlarini bartaraf etishga qaratilgan takliflar tayyorlash, yoshlarda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish kabi dolzarb masalalarga kompleks yondashish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarning qonun ijodkorligi va parlament nazoratini amal oshirish jarayonidagi ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida Yoshlar parlamenti (bundan buyon matnda Yoshlar parlamenti deb yuritiladi) tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yilning 17-avgust kuni Yoshlar parlamenti aʼzolari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rahbarlari oʻrtasida oʻtkazilgan uchrashuvda yoshlarni parlament faoliyati, shu jumladan qonun ijodkorligi jarayonining barcha bosqichlariga jalb etish, qonun ijodkorligi faoliyati sifatini oshirishga doir yangi va ustuvor yoʻnalishlarni belgilashda ularning faolligini yanada kuchaytirish hamda yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga Yoshlar parlamentining ikki yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” hamda Ish rejasini ishlab chiqishga kelishib olindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 21-bandini inobatga olgan holda hamda qonun ijodkorligi va parlament nazoratini amalga oshirish jarayonida yoshlar ishtirokini yanada faollashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatiga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi hamkorlik bitimi tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi zimmasiga Yoshlar parlamenti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasiga (A. Aslonov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar parlamenti Nizomida nazarda tutilgan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar parlamenti har bir aʼzosining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va deputatlari bilan oʻzaro aloqasini yoʻlga qoʻygan holda, faol hamkorlik olib borilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar parlamenti aʼzolarida parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish borasida zarur choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar masalalariga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish, ularning ijrosi boʻyicha samarali hamda taʼsirchan parlament va deputat nazoratini amalga oshirish yuzasidan Yoshlar parlamenti tomonidan kiritilgan takliflarga alohida eʼtibor qaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning jamiyat va davlat hayotida tutgan oʻrnini yanada oshirishga, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga doir, shuningdek yoshlar masalalariga oid qonun hujjatlarini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan tashviqot-targʻibot tadbirlarini tashkil qilishga eʼtiborni kuchaytirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 4-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
440-IV-son