25.12.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2886-6
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 25.12.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2886-6
Kuchga kirish sanasi
25.12.2020
Hujjat 25.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiNING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 25-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2886-6]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 17-apreldagi 343-V va 14-son qarori (roʻyxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 401-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2020-yil 6-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
343-V-6-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D. RAXIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 3-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 2020-yil 6-noyabrdagi 343-V-6-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 24-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigirma toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli aʼzolari (shu jumladan sobiq);”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻttizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“uchinchi tomon — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan tashkilotlar;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻttiz birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi — chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va oʻz ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini koʻzlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkiliy tuzilmadir (fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari).”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Tijorat banklarining ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari, ular toʻgʻridan toʻgʻri yoki toʻlov agentlari va (yoki) toʻlov subagentlari orqali harakat qilishidan qatʼi nazar, quyidagilardan iborat:”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi “kengashida” degan soʻz “kuzatuv kengashida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“uning tijorat bankining rahbariyati, shu jumladan kuzatuv kengashi va uning qoʻmitalari, boshqaruvi, boshqa boʻlinmalari, ichki audit xizmati hamda chet eldagi shuʼba banklari, filiallari va vakolatxonalari, shuningdek toʻlov agentlari va toʻlov subagentlari bilan oʻzaro munosabati;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“oʻzining funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish huquqiga ega boʻlishi, shuningdek mazkur maʼlumotlarni taqdim etish masalalari yuzasidan hamkorlik qilish boʻyicha tijorat bankining boshqa boʻlinmalari va shuʼba banklari, chet eldagi filiallari va vakolatxonalari, toʻlov agentlari va toʻlov subagentlari xodimlarining majburiyati;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“51. Ichki nazorat xizmati oʻz funksiyalarini bajarishga toʻsqinlik qiluvchi har qanday taʼsirlardan qochish maqsadida bankning foyda olishga qaratilgan boʻlinmalari rahbarlaridan mustaqil hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu mustaqillik quyidagi jihatlar bilan taʼminlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlarini tayinlash, lavozimidan ozod etish, shuningdek ularning faoliyatini baholash va mukofot toʻlovlari miqdori (ish haqi, bonuslar va boshqalar) toʻgʻrisidagi qarorlar faqat kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki nazorat xizmati rahbari bankning foyda olishga qaratilgan boʻlinmalarini boshqarish va operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha vakolatga va moliyaviy majburiyatlarga ega boʻla olmaydi, shuningdek boshqa lavozimlarni qoʻshib olib borishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ichki nazorat xizmatining toʻlov agentlari va toʻlov subagentlari bilan oʻzaro ishlash tartibi;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ichki qoidalar toʻlov agentlari va toʻlov subagentlariga, shuningdek, tijorat bankining barcha boʻlinmalariga hamda chet eldagi shuʼba banklariga, filiallariga va vakolatxonalariga ijro uchun majburiydir.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagi mazmundagi 62-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“62. Banklar, ular va ularning agentlari va subagentlari faoliyat koʻrsatadigan mamlakatlarning vakolatli organlari foydalanishi mumkin boʻlgan toʻlov agentlari va toʻlov subagentlarining yangilangan reyestrini yuritishi kerak.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Tijorat bankining ichki nazorat tizimi bank ishining jihatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, agentlar, subagentlar, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bogʻliq tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 11-bandning birinchi xatboshisidan “tijorat banki boshqaruvi raisining buyrugʻi bilan lavozimiga tayinlanadi va ozod etiladi, ular” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 22-bandning “b” kichik bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 AQSh dollaridan oshgan miqdorda chet el valyutasining sotib olinishi;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchi xatboshi “tangalarini,” degan soʻzdan keyin “oʻlchovli yombilarini,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bank nomidan toʻlov agenti yoki toʻlov subagenti tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravariga teng yoki undan ortiq miqdordagi naqd pul mablagʻlarini bank kartalariga, shu jumladan uchinchi shaxslarning bank kartalariga oʻtkazish uchun qabul qilinishida;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagi mazmundagi 221-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“221. Toʻlov agentlari va toʻlov subagentlari, agar agentlik va (yoki) subagentlik shartnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralarni koʻrish maqsadida mijozning shaxsini tekshirish va identifikatsiya qilishni mumkin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 23-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda tijorat banki, shu jumladan, u oʻzining toʻlov agentlari va (yoki) subagentlari orqali harakat qilganda, bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi va bunday mijoz bilan hamkorlik munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishdan voz kechishi yoxud u bilan har qanday amaliy ish munosabatlarini toʻxtatishi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 25-banddan “Tijorat banki tomonidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagi mazmundagi 291-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“291. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalariga nisbatan ushbu Qoidalar bilan yuridik shaxslar uchun oʻrnatilgan talablar qoʻllaniladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“korrespondentlar oʻrtasida majburiyatlarning aniq va toʻliq taqsimlanishini taʼminlash.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “(shoxobcha, boʻlim va shu kabilar)” degan soʻzlar “(toʻlov agentlari, toʻlov subagentlari, shoxobcha, boʻlim va shu kabilar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“joʻnatiladigan pul oʻtkazmalarini mijoz-joʻnatuvchi haqidagi (joʻnatuvchining nomi; shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat) seriyasi va raqami — jismoniy shaxslar uchun; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning xos raqami; joʻnatuvchining manzili yoki davlat identifikatsiya raqami yoxud mijozning identifikatsiya raqami, jismoniy shaxslar uchun esa — tugʻilgan sanasi va joyi) va oluvchi haqidagi (oluvchining nomi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning xos raqami) aniq maʼlumotlar bilan birga yuborilishini taʼminlashlari;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa)” degan soʻzlar “joʻnatuvchining nomi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“norezident-banklardan va xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi pul mablagʻlarini joʻnatuvchilari haqidagi minimal maʼlumotlarni (joʻnatuvchining nomi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat) seriyasi va raqami — jismoniy shaxslar uchun; joʻnatuvchining manzili yoki davlat identifikatsiya raqami yoxud mijozning identifikatsiya raqami, jismoniy shaxslar uchun esa — tugʻilgan sanasi va joyi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda uning raqami yoki operatsiyaning xos raqami) taqdim etilishini talab qilishlari;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagi mazmundagi 391-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“391. Tijorat banklari, pul oʻtkazmasi boʻyicha ham joʻnatuvchi va ham qabul qiluvchi tomonlarga xizmat koʻrsatgan taqdirda, quyidagilarga majburdirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shubhali operatsiya toʻgʻrisida xabar yuborish zaruriyatini aniqlash maqsadida ham joʻnatuvchi tomondan, ham qabul qiluvchi tomondan olingan barcha maʼlumotlarni hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shubhali pul oʻtkazmasi bilan bogʻliq boʻlgan har qanday mamlakatda shubhali operatsiya toʻgʻrisidagi xabarni vakolatli organlarga yuborish va pul oʻtkazmasi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni taqdim etish.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. 43-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“43. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda tijorat banki, shu jumladan, u oʻzining toʻlov agentlari va (yoki) toʻlov subagentlari orqali harakat qilganda, olingan maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladigan va tijorat banklariga taqdim qilinadigan Roʻyxat hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar roʻyxati bilan solishtirib chiqishi shart.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. 49-bandning oʻn beshinchi xatboshsi “tangalarini” degan soʻzdan keyin “, oʻlchovli yombilarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. 52-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“52. Tijorat banklar, shu jumladan, ular oʻzining toʻlov agentlari va (yoki) toʻlov subagentlari orqali operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoxud Roʻyxatga kiritilgan shaxsning egaligi yoki nazoratidagi tashkilotlar, Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“j” kichik bandi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. 85-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“85. Elektron shaklda toʻldirilgan anketalar tijorat bankining mijozlarning identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga, shuningdek toʻlov agentlari va toʻlov subagentlariga mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron bazada saqlanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. 89-band “lozim darajada tekshirishga doir materiallarni” degan soʻzlardan keyin “, hisobraqamlar boʻyicha fayllarni va xizmat yozishmalarini, oʻtkazilgan har qanday tahlil natijalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Quyidagi mazmundagi 961-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“961. Tijorat banklari toʻlov agentlari va subagentlarini ushbu Qoidalar va bankning ichki qoidalari talablariga rioya qilishlarini taʼminlashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari oʻz toʻlov agentlari va toʻlov subagentlari tomonidan ushbu Qoidalarning talablarini buzganlik uchun javobgar hisoblanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. 3-ilova quyidagi mazmundagi 11 va 12-bandlar bilan toʻldirilsin::
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Mijozning benefitsiar mulkdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mijozning yuqori mansabdor shaxs (uning oila aʼzosi yoki unga yaqin shaxs) ekanligi toʻgʻrisida belgi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2020-y., 10/20/2886-6/1666-son)