22.12.2020 yildagi PQ-4933-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tiklanadigan energiyani jadal rivojlantirishni taʼminlash, elektr energiyasi ishlab chiqarish manbalarini diversifikatsiyalash, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish, shuningdek, elektr energetika tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida 2019-yil 20-martda “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar” (BAA) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Investor) bilan Oʻzbekiston Respublikasida umumiy quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini (keyingi oʻrinlarda — SHES) loyihalash, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish loyihasini birgalikda amalga oshirish boʻyicha bitim imzolanganligi (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Shamol Zarafshan Energy” xorijiy korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi (keyinchalik shartnomaga qoʻshilishini hisobga olgan holda) oʻrtasida 2020-yil 10-iyunda investitsiya shartnomasi imzolanganligi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya shartnomasi) hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda, 600 mln AQSH dollaridan ortiq miqdorda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona xaridor boʻlgan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishlari nazarda tutilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida 2020-yil 10-iyunda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) imzolanganligi hamda unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor ushbu bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlaridan Loyiha kompaniyasi foydasiga voz kechishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona xaridor boʻlgan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi oʻz majburiyatlarining lozim darajada bajarilishi boʻyicha 35 mln AQSH dollari miqdorida bank kafolatini taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi SHESning oshiruvchi podstansiyasini qurish va u ishga tushirilgandan soʻng “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga bepul topshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib olish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshirishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi Investitsiya shartnomasi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Investitsiya shartnomasi u imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq ularning amal qilish muddati davomida elektr energiyasini sotib olish uchun xorijiy valyutada denominatsiyalangan qatʼiy tarif oʻrnatilganligi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Navoiy viloyati hokimligiga Investor, Loyiha kompaniyasi va investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etayotgan kreditorlar bilan Loyiha kompaniyasi tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda Loyiha kompaniyasi va Investor huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Loyiha kompaniyasi tomonidan belgilangan tartib-taomillarga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini tanlab olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy ekspertiza va roʻyxatdan oʻtkazmagan holda xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi bilan shartnoma tuzishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga xorijiy valyutada tasdiqlangan tiklanadigan akkreditivni ochishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Investitsiya shartnomasiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga quyidagilarga ruxsat berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlash, xorijiy valyutadagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan boshqalardan tashqari xorijiy valyutada kredit mablagʻlari tushumlari) uchun chet ellardagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet eldagi bank hisobvaraqlaridan xorijiy valyutada kredit olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav kapitali uchun faqat qurilish davrida Loyiha kompaniyasi ishtirokchilari bilan tuzilgan qarz shartnomalari va oraliq qarz bitimlari boʻyicha xorijiy valyutada pul mablagʻlarini qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisidagi xorijiy pudratchilar, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Navoiy viloyati hokimligi (K.B. Tursunov) investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya shartnomasida belgilangan yer uchastkasini ajratib bersin va Investitsiya shartnomasi shartlariga muvofiq Loyiha kompaniyasi bilan yerni ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnomani imzolasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Loyiha kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Adliya vazirligi (R.K. Davletov) investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya shartnomasi qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) loyiha hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim doirasidagi majburiyatlarini bajarishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Komilov) Loyiha kompaniyasining buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga kirish vizalari rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmaganlar orasidan) jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 22-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4933-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2020-y., 07/20/4933/1654-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son)