Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2025 11.03.2020 yildagi 167-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 11.03.2020 yildagi 167-IV-son
Kuchga kirish sanasi
11.03.2020
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2025
Hujjat 19.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasini tuzish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 18-fevraldagi 524-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida olib borilayotgan islohotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rolini yanada oshirish, shuningdek yoshlarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki va taʼsirini amalda taʼminlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy dunyoqarash, bilim va koʻnikmaga ega yoshlarning bilimlarini va demokratik koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017-yil 11-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi 1184-III-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 10, 617-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida har olti oyda axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 11-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
167-IV-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 11-martdagi 167-IV-sonli Qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMISSIYASI TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

VALIYEV Muxammad Sheraliyevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi, komissiya raisi

GʻIYOSOV Sardorbek Munibillayevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi, komissiya raisining oʻrinbosari

Komissiya aʼzolari

XOLMAXAMATOVA Shaxnoza Baxtiyor qizi

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi

ESHMURZAYEV Bekmirza Xoshimovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi aʼzosi

RAXMONOVA Umida Erkinovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi

RAXMONOV Sherzod Tolibovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi

JUMANIYOZOV Kamol Komilovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi aʼzosi”;

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 19-apreldagi 2045-IV-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
2020-yil 11-martdagi 167-IV-sonli Qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) maqomini, asosiy vazifalarini, vakolatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Komissiyaning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiya oʻz faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) oldida hisobdordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Komissiyaning asosiy vazifalari va vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularda mustaqillik gʻoyalariga sodiqlik, milliy oʻzlikni anglash hissini kuchaytirishga, shuningdek yoshlarning demokratik huquqiy davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda, mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy hayotidagi ishtirokini yanada faollashtirishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim egallashlariga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
besh tashabbus doirasida yoshlarning boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanishi uchun koʻrilayotgan chora tadbirlarga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning, ayniqsa, uyushmagan, ish bilan band boʻlmagan, tayin bir kasb bilan shugʻullanmaydigan yoshlarning kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratishga, bandligini taʼminlashga, ishbilarmonlik koʻnikmalarini rivojlantirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning huquqiy, tibbiy va ekologik madaniyatini yuksaltirishga, ular oʻrtasida kitobxonlikni rivojlantirishga, ularning intellektual, maʼnaviy-axloqiy, estetik, badiiy dunyoqarashini kengaytirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha samarali mexanizmlarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarga oid davlat siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishda, xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va oila muqaddasligi gʻoyalarini keng targʻib qilishga, erta turmush qurish va yosh oilalar ajralishining oldini olishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda deputatlar tomonidan oʻtkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari va oʻrganishlar davomida yoshlar masalalariga oid qonun hujjatlarida aniqlangan boʻshliq, kamchilik va muammolarni tahlil qilib borish, shu asosda tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlarga oid masalalar boʻyicha aniqlangan qonun buzilishlarini hamda ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar masalalariga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda bu sohadagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini taʼminlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar masalalariga oid qonun hujjatlarining ijrosi boʻyicha samarali va taʼsirchan parlament va deputat nazoratini amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning jamiyat va davlat hayotidagi oʻrnini yanada oshirish va mustahkamlashga, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga doir, shuningdek yoshlar masalalariga oid qonun hujjatlarini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan tashviqot va targʻibot tadbirlarini (“davra suhbati”, uchrashuv, seminar, konferensiya va boshqalar) tashkil qilish hamda mazkur tadbirlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiyaning vakolatlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining yoshlar masalalariga oid qonun hujjatlari, Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining qarorlari ular tomonidan qanday ijro etilayotganligi haqidagi axborotini eshitish yuzasidan Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalariga va uning qoʻmitalariga takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlariga yoshlarga oid masalalar yuzasidan parlament va deputat soʻrovini yuborish haqida takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarga oid masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tuzish, ularning tarkibiga davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassis va olimlarni hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar vakillarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan tegishli hujjatlarni, ekspert xulosalarini, statistika maʼlumotlarini va boshqa axborotni talab qilib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarorlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiya oʻz faoliyatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan ijtimoiy hamkorlik oʻrnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Komissiya ishini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya Qonunchilik palatasining qaroriga asosan, yetti nafar deputatdan (Komissiya raisi, uning oʻrinbosari va Komissiya aʼzolari) iborat tarkibda, Qonunchilik palatasining vakolat muddatiga tuziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 19-apreldagi 2045-IV-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya raisi, uning oʻrinbosari va Komissiya aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi loyihasi tayyorlanishini tashkil etadi va Komissiyaning tasdiqlangan ish rejasi bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning yigʻilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya vakolatiga tegishli boʻlgan masalalarni uning yigʻilishida koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarorlarini tasdiqlaydi va ularning ijro etilishiga doir ishlarni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya raisining oʻrinbosari Komissiya raisi yoʻqligida uning vazifasini bajarib turadi, Komissiya tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya oʻz faoliyatini yillik (zaruratga qarab yarim yillik) ish rejasiga asosan amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiya yigʻilishlari Komissiya raisi tomonidan, zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi. Komissiya yigʻilishlari Qonunchilik palatasi Spikeri tashabbusiga koʻra ham chaqirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiya ishining tashkiliy shakli yigʻilish hisoblanadi. Komissiya yigʻilishi unda Komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya qarorlari yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya qarorlari tavsiyaviy harakterga egadir. Komissiya qarorlari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiya qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiya yigʻilishlariga koʻrib chiqilayotgan masalaga aloqador boʻlgan davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining, ilmiy muassasalarning, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari, mutaxassislar, olimlar va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yigʻilishlarida Qonunchilik palatasi Spikeri, uning oʻrinbosarlari, Qonunchilik palatasining qoʻmitalari raislari va aʼzolari, Devoni masʼul xodimlari ham ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Komissiya oʻz faoliyati toʻgʻrisida Qonunchilik palatasining majlisida har olti oyda axborot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Komissiya toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ushbu Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar Qonunchilik palatasining qarori bilan kiritiladi.