Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“Advokatlarning kasbiy malakasini oshirishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2012-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-son “Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri R.K. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-dekabr,
279-mh-son
Kelishildi:
Palata raisi A.K. ERNAZAROV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 19-dekabrdagi 279-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 6-oktabrdagi 221-mh-son “Advokatlarning kasbiy malakasini oshirishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2012, 2009-yil 6-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 444-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 6-oktabrdagi 235-mh-son “Advokatlarning kasbiy malakasini oshirishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2012-1, 2011-yil 6-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 444-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-maydagi 291-mh-son “Advokatlarning kasbiy malakasini oshirishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyruqning muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2012-2, 2018-yil 22-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2018-y., 10/18/2012-2/1250-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 30-sentabrdagi 438-mh-son “Advokatlarning kasbiy malakasini oshirishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyruqning 2-bandiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2012-3, 2019-yil 30-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 10/19/2012-3/3844-son).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2020-y., 10/20/2012-4/1642-son)