16.04.2020 yildagi 225-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligining ayrim muhim jihatlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiyot taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, tashki ishlar vaziri hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining “Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligining ayrim muhim jihatlari toʻgʻrisida”gi axborotlarini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, mamlakatimizning iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirish, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) bilan hamkorligi barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlashi, pirovard natijada mavjud iqtisodiy va ijtimoiy nomutanosibliklarni bartaraf etishga xizmat qilishi uchun hozirdan chuqur iqtisodiy tahlillar asosida kelingan xulosalarga asoalanib yoʻl tutish zarur boʻladi. Shuningdek, ushbu hamkorlik yurtimizda barcha sohalarda rivojlanish jarayonlarini jadallashtirish va globallashuv talablariga tezroq moslashish imkonini yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy tamoyillari xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalarini chuqur tadqiq qilish lozimligini taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shundan kelib chiqib, mamlakatimizning EOII bilan hamkorligi masalalarini oʻrganish jadallashib borayotganligini hisobga olib, iqtisodiyotning yirik sohalarning, jumladan tashqi raqobatdan nisbatan himoyalangan sanoat tarmoqlarining oʻrta va uzoq muddatdagi rivojlanishi ssenariylari hamda ularning oqibatlarini baholash muhim ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, barcha sohalarda sogʻlom raqobatga keng yoʻl ochilishi munosabati bilan Oʻzbekistonning ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish segmentlari EOIIning boshqa aʼzo davlatlari korxonalari tomonidan egallab olinishi xavfi yuqoriligi taʼkidlab oʻtildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EOII bilan hamkorlik qilish jarayonida sanoat korxonalarining raqobatbardoshlikligini taʼminlash uchun sanoatning 13 ta yetakchi tarmoqlari, jumladan qisqa muddatli davrda — qora metallurgiya, neft va gaz, koʻmir, farmatsevtika yogʻ-moy, oziq-ovqat sanoati korxonalari, oʻrta muddatli davrda — toʻqimachilik va tikuv trikotaj, charm-poyabzal, elektrotexnika, kimyo, elektr energetika sanoati korxonalari, uzoq muddatli davrda esa — avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari boʻyicha muayyan chora-tadbirlaning oʻz vaqtida qoʻrilishi ahamiyatga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan ushbu sohalarga oid qonun hujjatlarini yangi sharoitlarda ishlashga uygʻunlashtirishimiz, jumladan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik reglamentlarni chuqur oʻrganish maqsadga muvofiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu xalqaro tashkilotga aʼzo davlatlar tomonidan elektron raqamli imzodan foydalangan holda davlatlararo hujjatlar almashinuvi, xalqaro elektron savdo, hujjatlarni elektron ravishda tasdiqlash va xalqaro bank operatsiyalarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikalari “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari – iqtisodiyot taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J. Kuchkarov, tashki ishlar vaziri A. Kamilov hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sadikovning “Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligining ayrim muhim jihatlari toʻgʻrisida”gi axborotlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish masalasini oʻrganishni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning EOII bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish masalasi yuzasidan parlamentdagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalarning xulosalarini olsin hamda umumlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotda keltirilgan maʼlumotlarni Oʻzbekistonning EOII bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish masalasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining xulosasini tayyorlashda inobatga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 16-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
225-IV-son