05.05.2020 yildagi 270-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori , 05.05.2020 yildagi 270-IV-son
Kuchga kirish sanasi
05.05.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati yuzasidan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining axborotini koʻrib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, mamlakatimizda 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida inson huquqlari sohasidagi mamlakatimizning xalqaro majburiyatlari bajarilishini taʼminlash, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda Oʻzbekiston inson huquqlari sohasidagi 70 dan ziyod xalqaro hujjatga, shu jumladan BMTning 6 ta asosiy va 4 ta Fakultativ protokoliga qoʻshilgan hamda ularning bajarilishi yuzasidan milliy maʼruzalar doimiy ravishda BMTning tegishli organlariga taqdim etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari xalqaro huquq normalari bilan uygʻunlashtirilmoqda. Oʻzbekiston qator nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan shartnoma, bitim va konvensiyalarga qoʻshilmoqda. Xususan, 2017-2020-yilllarda Oʻzbekiston Respublikasi 7 ta shartnoma, 10 ta bitim, 7 ta konvensiya, 5 ta ustav hamda 5 ta bitim va konvensiyaga bayonnomani ratifikatsiya qildi, shuningdek, 6 ta xalqaro konvensiya va shartnomaga qoʻshildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirish boʻyicha qator qonun hujjatlari xalqaro norma va standartlar asosida takomillashtirilmoqda. Jumladan, fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilindi. Kodeksga oʻnlab yangi norma va qoidalar kiritilib, amalda boʻlgan ayrim tartib-taomillar bekor qilindi. Xususan, Ekologik harakatga qoʻyilgan kvota bekor qilinib, siyosiy maydon toʻliq siyosiy partiyalarga berildi, ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning saylovda ishtirok etishini cheklovchi normalar chiqarildi, saylovchilarning yagona elektron roʻyxatini yuritish tartibi joriy etildi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar barcha saylovlarda qatnashishi mumkinligi belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Qonun bilan davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi, xotin-qizlarga nisbatan tazyiqlar va zoʻravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qoʻyishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yaratildi, tazyiqqa duch kelgan xotin-qizlarga himoya orderi berish tartibi joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazoratning asosiy prinsiplarini belgilash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, qonun hujjatlarini inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro-huquqiy normalar bilan uygʻunlashtirish, xususan, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish hamda inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishini taʼminlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqrolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslari, “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi kabi qonunlar qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilib, ular parlament palatalari Kengashlarining qoʻshma qarorlari bilan tasdiqlanmoqda. Jumladan, inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi yakunlariga doir takliflar va tavsiyalarni amalga oshirish, BMTning Inson huquqlari sohasida taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish boʻyicha milliy harakatlar dasturi ijrosi yuzasidan “yoʻl xaritalari” shular jumlasidandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimini yanada takomillashtirish, bu sohasidagi umum eʼtirof etilgan qoidalarni hamda xalqaro shartnomalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, inson huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi ishlarni doimiy ravishda davom ettirish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining “2018 — 2019-yillarda inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalarning fraksiyalari hamda qoʻmitalarga “2018 — 2019-yillarda inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati toʻgʻrisida”gi axborotni oʻz faoliyatlarida eʼtiborga olish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markaziga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi borasidagi ishlarda davlat organlari faoliyatiga koʻmaklashishni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining holatini muntazam ravishda monitoring hamda tahlil qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari sohasida xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni yanada jonlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 5-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
270-IV-son